Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
722 photos
265 videos
2 files
116 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
👍6🔥3❤‍🔥111👏1💯1🏆1
11.11.2021 - Navkent filiali
10.12.2021 - Afsona filiali
02.02.2022 - Isfarxon filiali
08.02.2022 - Nanay filiali

FLUGGI o’quv markazlar tarmog’i yaralishi.

2021-yilning bahor oylarida Mirzohid bilan o’quv markaz loyihasiga qattiq qiziqib qoldik.

Albatta chin dildan xoxlasangiz Alloh ishlaringizni ochiq qiladi. Uzoq vaqt o’tmay bizning g’oyalarimizga naqd 3 ta investor topildi! 🫨

Yangi qo’rg’ondagi loyihalarimizni bir investor bilan.

Shahardagi loyihalarni esa boshqa ikki investor bilan boshlashga qaror qildik.

O’quv markaz ochishdan asosiy maqsadimiz - bizning yuksak maqsadimiz IT kompaniyamiz shakllantirish uchun sifatli kadrlarni tayyorlash.

2023-yil yanvar oyida barcha filiallarimizni missiyamiz bajarilganligi sababli yopdik va investor ulushlarini sotib olishga muvaffaq bo’ldik. Barcha xodimlar va yetishib chiqqan o’quvchilarimizni bir manzilga jamladik.

Xozirda jamoamiz 20 kishidan ortiq va to’laqonli IT va marketing sohasidagi xizmatlarni muvaffaqiyatli bajarib bormoqdamiz.
👍5🔥2❤‍🔥111👏1💯1🏆1
Mustaqillik bayrami muborak 💐

Yangi O’zbekiston - yangi natijalar davri.
❤‍🔥1
https://youtu.be/wFJuURwzp6U?si=vhccwQHdr6rZ8jlM

Ready for Trade - Xalqaro marketpleyslardagi savdolar bo’yicha treningda ishtirok ettim.

Barcha voqealar Intercontinental mehmonxonasida bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida juda qiziqarli bo’lgan networkinglar topishga muvaffaq bo’ldim. Ikki kishilik tandemda qisqa biznes rejalar tuzishni praktikum qildik.

Bizning loyiha shundan iborat edi-ki:

Milliy ayollar oyoq kiyim brendini yaratish va uni xalqaro marketpleyslarda sotuvini amalga oshirishni rejasi.

Qiziqarli kunimdan videolavha.
6👍2
“Биз энди 37 миллионлик катта халқмиз.

Ўзбекистон ҳозирги кунда аҳоли сони бўйича жаҳондаги энг йирик 40 та давлатдан бири ҳисобланади.

Бу рақамни ислоҳотларимиз, меҳнатимиз, билим ва қобилиятимиз билан катта салоҳиятга айлантиришимиз керак.

Денгизга чиқиш имкониятимиз чекланганини инобатга олиб, эътиборимизни креатив соҳаларга қаратишимиз, уларни жадал ривожлантиришимиз зарур. Жаҳонда креатив саноат маҳсулотлари экспортидан йилига миллиардлаб доллар даромад топаётган мамлакатлар кўп.

Бинобарин, шундай маҳсулот ишлаб чиқаришга бел боғлаган ижодкор ишбилармон-ларимизни, айниқса, ёшларимизни ҳар томонлама рағбатлантирамиз”,

- деди Шавкат Мирзиёев.
5👍2❤‍🔥1
Bilasizmi?

Ikki xil fikrlashning turi mavjud:

1. Ijrochi firklash — bu insonning belgilangan ko‘rsatmalarga yoki rejaga rioya qilib, vazifalarni samarali bajarish qobiliyatidir. Bu fikrlash tarzi tafsilotlarga e'tibor qaratish, intizomli va tartibli bo‘lish, shuningdek, boshlangan ishni oxirigacha yetkazish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Ijrochi fikrlash vazifalarni belgilangan muddatlarda yuqori darajada bajarishni ta'minlash uchun muhim bo‘lib, bu ayniqsa, jamoaviy ishda va loyihalarni boshqarishda qimmatli hisoblanadi.

2. "Rahbarlik fikrlashi" — bu jamoani va tashkilotni boshqarishga yo‘naltirilgan strategik va tizimli fikrlashdir. Rahbar umumiy manzarani ko‘ra olish, qarorlarning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish, resurslarni taqsimlash, xodimlarni motivatsiya qilish va yuzaga keladigan muammolarni samarali hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu fikrlash turi yetakchilik, rejalashtirish, qaror qabul qilish ko‘nikmalarini va natijalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Tashkilotning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlash va jamoani belgilangan maqsadlarga erishishga olib borish uchun rahbarlik fikrlashi zarurdir.

Endi sizga savol:

Faberlik kabi “tarmoqli marketing”da muvaffaqiyatli faoliyat olib boruvchi xodimlar qaysi fikrlashga mansub?

Albatta “ijrochi”. Bunday tipdagi insonlar uchun rejalar aniq berilishi va rejani bajarish qulayroq. Bularni ustida albatta rahbarlik bo’lishi lozim. Strategiyalarga va qarorlarga bu tipdagi insonlar tog’ri kelmaydi.

Aksincha man kabi insonlar esa rahbarlik fikrlashidamiz. Biz muhim qarorlarni o’zimiz qabul qilishni istaymiz, intizomni talab qilamiz ammo o’zimizda bu muammo bo’ladi.

Siz ko’rib turgan videoda man 1 soat davomida “Rahbarlik fikrlash”im asosida “Ijrochi fikrlash”ga mansub xodimlarni fikrini o’zgartirishga xarakat qilibman. Bu albatta xato!

Buni marketingda - Notogri Auditoriya Analizi deyiladi.
👍42❤‍🔥1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 2-sentabr kuni mamlakatimizda 1-prezidentni xotirlash kuni bo’lib o’tmoqda.

Bundan roppa-rosa 8 yil avval O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov vafot etgan edi.

Tarixda o’z muxrini qoldirgan, shaxsan mening fikrimcha yaqin tariximizdagi eng katta “Renessans” ustida bizga boshlovchilik qilgan inson. Har joyda o’zining jasorati va aql-idroki bilan odamlar qalbida joy ola-olgan inson.

Alloh rahmatiga olgan bo’lsin.
❤‍🔥1
Angren Charm Invest - Tog’ bag’rida joylashgan so’lim go’sha ekan o’zi xam.

Teri qayta ishlab chiqish korxonasida katalog fotosessiyasiga keldik.

3 kun davomida tog’da mazza qilib “dam” oldik.

Juda shinam ishchilar uchun yotoqxonalar bilan ta’minlangan ekan.
👍42❤‍🔥1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yigit va shu kabi vatanparvar sportchilarni ko’rib barcha g’amlaring aslida hech narsa emasligini anglab yetasan.

Hayotga bo’lgan muhabbatim oshib ketti…

Motivatsiyam oshib ketti.
👍51❤‍🔥1🔥1
Karyeramda yangi sahifa.

MosShoes 2022 - Xalqaro charm ko’rgazmasi.

Juda xam qiziqarli xodisalarga boy bo’lgan komandirovkam, birma-bir aytib beraman :))

Eng avvalo bu ko’rgazmaga qanday tushib qolganim, karantin davri, bir kun kechki payt London do’konidagi mijozim telefon qilyapti

- Uka, Moskva borib kelaverasizmi? Ko’rgazmaga…
- Aaa ? Nech kunga? Qachon? Davay 😂
- 1 xaftadan kegin uchib ketasila
- Yo-mayo tayyorlanish kerak…

1 xaftada qattiq ishladik… samolyot Moskva Domodedovo aeroportiga qo’ndi..

Taksi topish kerak. Bir arman oldimizga keldi-da:
- Yandex?
- Xa-xa yandex kerak
- Kettik ana moshina…
Dars-dars o’tirdik. Yo’lda ketyapmiz man bilan xaydovchi suhbat qilib ketyapti, va o’zbekligim xaqida aytkanimdan so’ng man musulmon ekanligimni bilib bir-ikkita Qur’ondan suralarni xam aytib berdi. Man ishonib ketyapman.. va o’zini ishi xaqida gapira boshladi:

- bizda ko’p bo’ladi taksida, yo’lovchilar yo’l xaqqi qimmat deb to’lamaymanga tushib oladi bilasanmi biz nima qilamiz ularni?
- yo’q
- biz o’rmonga olib borib madaniyatdan dars o’tamiz..

Va mani miyyamga chaqib qoldi, bu apris bizni pulga tushurmoqchi.

Mehmonxonaga esa 1 km qolgan edi afsuski. Yetib xam keldik. Tasavvur qiling Domodedovodan Tretyekovkaga 100$ talab qildi.. e’tiboringiz uchun Dollar shunda - 14 000 rublga teng davr edi.

Ko’p urushib o’tirmay pulni bera qoldik 😅

Birinchi “qovinni” tushurdim 🥲
👍4🔥3🥰2❤‍🔥1
Ming xijolatda mexmonxonaga kirdim. Pasportlarimizni receptiondagi qizga bersam sizning broningizda bitta xona bir kishi uchun deb bron qilingan desa bo’ladimi? 😅🫨

Ikkinchi “qovin” xam tezda yetib keldi 🙃

Ozgina qo’shib berdik, bir xonani ikki kishiga gaplashdim.

Va xonaga ko’tarildik, kirsak bu oilaviy xona ekan 😅 ikki erkak uchun!

Ana bo’lmasam dedimda,

- Aka man yana 100$ beray-u, shu yana bitta xona uyishtiraylik dedim.

Ko’p o’ylab o’tirmay sherik ko’ndilar.

Receptiondagi qizni oldiga tushib rosaaaa avradim 😄. “Xarizmam” kuchi sabab 180 $ lik xonalarni ikkovini qanday 100$ berib qo’yganini bilmay qoldi bechora 🥹

Shunday qilib sherigimni 200$ ni 100$ keshbek qilib, o’zimning 100$ ni xam saqlab qoldim 😌.

Shu bilan Taksistga yutqazgan 100$ oqladim desa xam bo’ladi 🙂
👍6🔥3👏21
Faqat qovin tushuripti deb o’ylayapsizmi? 😂

Yo’q albatta 🙂‍↕️

Ko’rgazmani ko’tarinki ruhda o’tkazdik.

Bundan tashqari Moskvaning xar-xil tumanlariga borib oyoq kiyim ishlab chiqaruvchilari bilan maslaxat qildik.

Izmaylovo rayonidagi ko’rgazmaga xam ulgurdik 😅

Namangandan sovg’a salomlar berib yuborishgan edi, uni xam egalariga yetkazdim. Fabrikadagi sheriklarim kvartirasiga borib osh yeb kelishga xam ulgurdim 🙂‍↔️

Bundan tashqari Lyublino bozori rahbariyati bilan uchrashuvga bordik.
👍5🔥3👏3