Ahmet Batman // Yoz bulutlari
Inson jarlikning tubidan ham chiqa oladi! 🌄
O‘zimiz payqamagan kuchlarga egamiz. 💪 Mag‘lubiyatlarni qabul qilishimiz va nima bo‘lsa ham qat’iyat bilan boshidan boshlashimiz mumkin. Tog‘ri nigoh bilan qarasak, har qanday vaziyatdan chiqib keta olamiz. 👀 Kim bizga nima qilishidan qat’i nazar, biz o‘zimizdan ranjimas ekanmiz, istalgan payt oyoqqa tura olamiz. 🦾 O‘zimizni, bizga singdirilgan mehnatni va sevgini unutmasak — kifoya. ❤️
Inson hayotga eng muhtoj holida kirib keladi va muhtoj bo‘lgan insonlari — oilasi. 👨👩👧👦 Boshqacha tarzda ulg‘aya olmaydi inson. Go‘dakka maosh tayinlab qo‘ysangiz ham, u o‘zini boshqara olmaydi. U go‘dakning, ya’ni sening vaqt va mehnatga ehtiyojing bor. ⏳💼 Boshqacha tarzda sen — “sen” bo‘la olmaysan.
Senga singdirilgan mana shu mehnatni o‘ylaganingda yengilmaysan. 💭 Shartlar nima bo‘lishidan qat’i nazar, senga berilgan o‘sha mehnat uchun oyoqqa turib, kurashasan. 🛠️
O‘ylab ko‘r axir: kimdir sendan hech narsa kutmay, seni sevgancha ulg‘aytirishga harakat qildi. 💕 Sen ulg‘ayganingda, buni o‘zing uchun qila olmaysan. Yanada kuchli bo‘lishingga qaramay… Barchamiz qarzdormiz va sevgiga munosib javob faqatgina sevgidir. 🤝
Eng mushkul damlaringda bolalik suratingga qara. 🖼️ Ayni damda o‘zing istagan yerda bo‘lmasang ham, o‘sha on bo‘lgan yeringga qara. 🔄 Hammasi qanchalar o‘zgargan va sen shu ondagi “sen”ga yetishgansan. 🌱
O‘zingning va senga singdirilgan mehnatning qadrini aslo unutma va nima bo‘lishidan qat’i nazar, voz kechma. ✊ Yo‘lda davom etish yo‘lga chiqishdan mushkulroqdir. 🚶♂️ Sen yo‘lda davom etganlardan bo‘l! 🌟
@nodirbek_abdulhaev

❤🔥2🔥1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari
Yerdan biroz baland devorlar 🏰
Ba’zi insonlarga bergan va ular uchun qilgan har narsang vaqt o‘tib, sening vazifangdek qabul qilina boshlaydi. ⏳ Bu holat insonni hayotdan sovutadi, chunki bunday vaziyatda andisha qilinmaydi…
Vaqt o‘tib, bu holat barchamiz uchun baxtsizlik manbayiga aylanadi. Har bir insonning atrofida yoki oilasida mana shunday insonlar bor. 🌍 Ya’ni, qisqacha qilib aytganda, yolg‘iz emassan. 🤝
Va ishon, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi, aslida keladi, ammo sen unday inson emassan. Agar unday inson bo‘lganingda, allaqachon ketgan bo‘larding. 🚶♂️ Sendan foydalanishlarini yoqtirmaysan, ammo insonlarni sevasan. ❤️
Hech kim murakkab vaziyatda qolmasin, der ekansan, o‘zingning ne hollarga tushayotganingni hech kimga aytmaysan. 🤐 Afsuski, mana shunday holatlar boshimizga keladi.
Yagona yechim — qarshingdagi insonlar kabi munosabatda bo‘lish. Ammo bu ham har doim imkoni bo‘lgan narsa emas. 🤷♂️
Odamlar orasida “El nima deydi?” degan jumla bor. 📣 Ba’zan buni ham ko‘rmaslikka olib, shunchalar yuksak devorlar qurging keladiki, undan oshib, yoningga kelishlarini istamaysan. 🧱 Ammo buni qura olmaysan. Qarshingda oilang bor, yaqinlaring bor. 👨👩👧 Ular seni ranjitsa ham, sen ularni ranjita olmaysan.
Bularning barchasi sening o‘sha mas’um qalbing sababli bo‘ladi. 💫 Ammo qilish mumkin bo‘lgan kichik bir narsa bor, albatta… Tizzalaringgacha yerdan biroz yuksak devorlar qura olasan, masalan. 🛠️ Hamma narsa sening vazifangdek qabul qilinmasligi uchun. Ilk fursatda foydalaniladigan sen bo‘lmasliging uchun.
Qo‘ya qol, senga kelayotganlarida oyoqlari qoqilsin. 🚶♀️ O‘sha kichik devorlarga tutilsin oyoqlari. Yuzingni ko‘ra olishsin, ammo osonlikcha kela olishmasin yoningga. 💭
Sen esa ketishga majbur bo‘lma. Seni ham ranjitmasinlar. 🙅♀️ Devorlarni sen ko‘targan bo‘lsang, g‘ishtlarni ular tashigan. 🧱 Hech narsa bir kishining harakati bilan bo‘lmasligini ko‘rsinlar.
Yerdan yuksak, qalbdan qattiq devorlar lozim barchamizga. 🏗️ Balki shundagina bizni anglab yetishar. 🌟

❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklarga shu qonun kerakmikan o‘zi?
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, farzand tug‘ilganda erkaklarga ham turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turish uchun 5 kunlik ta’til berish ko‘zda tutilmoqda ekan.
Bunda oylik maosh saqlab qolinadi.
Qiziq: erkaklarga o‘zi bunaqa qonun kerakmikan? Bunga qanchalik ehtiyoj bor o‘zi?
Qonunni manosini tushunmadim albatta. Manimcha ayoliga yordam beradigan erkaklar ko’paygan shekilli. Bu albatta yaxshi. Lekin ta’til olib shunchaki divanga propiska olganlar xam ko’p bo’ladi..
Avval farzand ikki ota onaniki ekanligini tushuntirish kerakmikin. Bilmadim negadir bizni otalar fikricha tarbiya va nazorat bu onalar vazifasidek. Pul topkaningiz bilan bu vazifangizdan ozod bo’lib qolasiz degani emasku.
Manfaatli bo’lsin.

💯1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari
Dasturxonni men tuzaman, ammo palovni sen tayyorla! 🍚
Oshxonaga birgalikda kirasizlar, ammo avvaliga u chiqadi, shunday emasmi? 👩🍳 Sen oshxonaning hokimi kabi yashar ekansan, u mehmon kabi yuradi bu yerda. Go‘yo hamma narsaga begona va u boshqa insonning uyida yurgandek tuyuladi senga. Masalan, hatto choy finjonlarining doimiy joyini bilmaydi.
“Choynak ostiga olov yoq”, desang, “Bu tugma qaysiniki?” deb so‘raydi. 🤔 Ko‘p hayratlanmaslik kerak, vaziyat, ming afsus, ana shunday.
Onam dasturxonni tayyorlardi, dadam esa hatto salat qilmas, limonning suvini chiqazardi, xolos. 🍋 Axir kuch talab qiladi, shunday emasmi? Dadam salat tayyorlamasligi uni yomon insonga aylantirmasdi, albatta, chunki u butun oilasi uchun yashaydigan inson edi. Ammo oshxona bilan kelishmasdi, chunki onam uning qahramoni, qo‘li shirin pazandasi edi. 🍳
Har bir ayol superqahramon! 🦸♀️ Balki hammasi ham emas, ammo aksariyati o‘zini shunday hisoblasa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mas’uliyat tushunchasi bir erkakning nazdida juda o‘zgacha va chegarasiz. Ayollar esa hamma narsaga ulguradi. ⏰
Biz erkaklar avtobusga ulguramiz yoki shunga o‘xshash narsalarni bajaramiz, bu ham qandaydir ma’noga ega. 🚍 Ammo ayollar uy ichidagi har narsaga ulguradilar va bu vaziyat vaqt o‘tib erkakni mas’uliyatsizlikka yetaklaydi. Dastlab “Salatni men qilaman” degan odam, keyinchalik limon sharbatini chiqarish bilan cheklanib qoladi.
Nega? Chunki uyning farishtasi, oshxonaning qahramoni bor. 👩🍳
Ammo oshxona — faqat ayolning maydoni emas, xuddi mehmonxona erkakning doimiy yashash joyiga aylanmasligi kerak bo‘lganidek. To‘g‘ri, xonadondagi har burchak hammaga tegishli. Gazni yoqishni bilmaydigan erkak, rafigasi xasta bo‘lsa, sho‘rvani tashqaridan buyurtma qiladi. 🍲
Limonning sharbatini birga chiqaraylik, choyni birga damlaylik. ☕
Dasturxonni men yozaman, ammo palovni sen tayyorla, uddalay olmayapman — o‘rgat menga. 🙌

Baxtli inson
Baxtli inson “baxtliman” deya o‘zini ko‘rsatishga urinmaydi. 😊
Nima bo‘lsa ham tabassum qiladigan inson, albatta, azob chekkan bo‘ladi, aks holda bunday qilmagan bo‘lardi.
O‘zini chindan ham yaxshi his etayotgan inson buni isbotlashga ehtiyoj tuymaydi. ☕
Bir chetda qahvasini ichib, huzuridan bahra oladi. Dengizni kuzatadi, samoni kuzatadi, yaqinlari bilan suhbat quradi, ammo:
“Men yaxshiman, qarang, hanuz oyoqdaman, qanchalar kuchliman, qanchalar baxtliman,” — deya o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaydi.
Ahmet Batman

❤5
Farg’onada ish boshladim.
Oldin ham aytkan edim, tekstil sohasi menga juda xam yaqin. Yaxshi tushunarli soha.
Yaqinda yaxshi taklif kelib tushdi.
Farg’onada “O’zto’qimachilik sanoat” uyushmasining hududiy boshqarmasi qayta tashkil qilinyapti ekan, yangi darajada.
2 oy davomida shu tashkilotning Bosh mutahassis lavozimida ishlashga rozi bo’ldim.
Bu mani fikrimcha hayotimda bo’layotgan “Выгорание” dan chiqishga yordam beradi. Balkim bu yer aynan menga yetmayotgan narsalarni topishga yordam berar.
Allohning rejalari biznikidan yaxshiroq. Albatta u istamaganda bugun bu yerga kelib birinchi ish kunimni o’tkazmasdim.
Aytkancha, FLUGGI ni yig’ishtirib qo’yish niyatimiz yo’q albatta. Bu shunchaki qo’shimcha ish sifatida 🤑
FLUGGI har doim prioritetda birinchi o’rinda!
Sharoitla yaxshi ekan. Menga yoqyapti xozircha.

👍6❤🔥1
RASMAN
⚡️Amerikada Endi LGBT Yo‘q. Trump: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni – erkak va ayolni tan oladi.
U, shuningdek, «erkaklarni ayollar sportida ishtirok etishga yaqinlashtirmaslik»ka va’da berdi.
«Men bolalarning jinsiy mayib qilinishiga chek qo‘yish, harbiylar hamda boshlang‘ich, o‘rta maktablarda transgender siyosatiga barham berish to‘g‘risidagi buyruqni imzolayman», dedi Trump Arizona shtatining Feniks shahrida yosh konservatorlar uchun o‘tkazilgan tadbirda.

👍4
Jorj Oruell - “Molxona” asari haqida qisqacha.
Hayvonlar yashaydigan Mister Jounzning «Manel» nomli fermasida hayvonlar yig‘ilib majlis o‘tkazishadi va Keksa Mayor nomi bilan mashhur bo‘lgan cho‘chqa erkinlik, hurklik haqida hayvonlarga ma’ruza o‘qiydi va ularni ma’nan inqilobga tayyorlaydi. U ko‘zlagan insonlarga qarshi qo‘zg‘olon amalga oshmasidan avval Mayorning o‘zi vafot etadi.
Lekin uning sodiq izdoshlaridan Snouboll va Napoleon Keksa Mayor boshlagan ishni oxiriga yetkazishadi va odamlarni fermadan quvib solishadi. Boshqalarga nisbatan aqlliroq bo‘lgan cho‘chqalar qolgan hayvonlarni boshqarishadi. Dastlab barchasi Keksa Mayor aytgani kabi bo‘layotgandek tuyuladi, lekin voqealar rivoji boshqacha kecha boshlaydi.
Asarda mantiqiy obrazlar orqali “Manel ferma”sida ro‘y bergan voqealar tasvirlanadi. Sobiq Sovet Ittifoqi mustabid tuzumining g‘aroyib “o‘yinlari” asar mazmuniga singdirib yuborilgan. Hayvonlar mustaqillik, erk, ozodlik, baxt, farovon hayot uchun kurashadilar. Lekin ularning maqsadlari sarobga aylana beradi. Asarda qatag‘onlik davrining xalq boshiga solgan fojealariga ham alohida e’tibor berilgan.
Albatta tanlov o’zingizda. Hali xam shu “aqilli” cho’chqalar boshqaruv davri zo’r bo’lganmi?

❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1🤗1
YandexGO ilovasida endi reklama joylash mumkin!
BRB banki o’zining kreditlarini reklama qilipti.
Bir qiziqish kerak, YandexGO da qancha ekin..
@nodirbek_abdulhaev
BRB banki o’zining kreditlarini reklama qilipti.
Bir qiziqish kerak, YandexGO da qancha ekin..
@nodirbek_abdulhaev
❤1
❗️Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Bugun, 25-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:28 da Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot quladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Boku shahridan Rossiyaning Grozniy shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Samolyot bortidagi 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a'zosidan 32 nafari, jumladan, 2 nafar bola aviahalokatda omon qolgani xabar qilinmoqda. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.
Hozirda Qozog‘iston hukumati tomonidan tuzilgan komissiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Ba'zi taxminlarga ko‘ra, halokatga samolyot boshqaruv tizimining ishdan chiqqani, ikkala dvigatelning bir vaqtda ishlamay qolgani yoki parvoz vaqtida qushlar bilan to‘qnashib ketilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hodisadan so‘ng, MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgda bo‘lib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev shoshilinch ravishda Bakuga qaytib ketdi.
26-dekabr kuni Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev samolyot halokati oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik bildirdi.
Inna Lillahi va Inna Ilayhi rojiun 🤲

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qarg'alar uchsa qaraylik, Marg'ilonning yo'liga"
- Nega aynan Marg'ilon yo'li?
- Nima uchun aynan qarg'alar uchgan vaqtda Marg'ilon yo'liga qarash kerak?
Ushbu she'rni yillar o'tib xalqimiz raqs bop, sho'x qo'shiqqa o'zgartirishgan. Aslida esa ushbu qo'shiqqa o'ynashimiz emas, yig'lashimiz kerak!
Ne-ne qonxo'rliklarni ko'rmadi bu Turkiston!
"Turkiston qayg'usi" asari shu haqida ekan.

Sababi SSSR davrida ozodlik uchun bosh ko'targan o'zbeklarning hammaga ko'rinishligi uchun Marg'ilon yo'lining daraxtlariga osishgan, jasadlarni dafn qilish taqiqlangan. Osilgan jasadlarni yeyish uchun qarg'alar to'dasi Marg'ilonga yopiriladi...
Ne-ne qonxo'rliklarni ko'rmadi bu Turkiston!
"Turkiston qayg'usi" asari shu haqida ekan.
@nodirbek_abdulhaev
😢2
Garchi bir qiz o'z
burchlaridan bo'lgan
satri avrat masalasida
chegarani buzsa ham,
sendan, zimmangdagi
ko'zni tiyish majburiyatini
soqit qilib qo'ymaydi...
@nodirbek_abdulhaev
burchlaridan bo'lgan
satri avrat masalasida
chegarani buzsa ham,
sendan, zimmangdagi
ko'zni tiyish majburiyatini
soqit qilib qo'ymaydi...
@nodirbek_abdulhaev
❤1👍1
Yandex Maps'da e'tiborga molik tarixiy binolarning 3D chizmasi ko'rsatilmoqda, tunda ularning chirog'i ham yonadi
Yandex Maps’ga Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xivadagi diqqatga sazovor joylarining uch o‘lchamli modellari qo‘shildi. Bu haqda kompaniyaning davlat organlari bilan aloqalar direktori Sardor Qodirov xabar berdi.
Hozircha jami 27 ta joyning 3D modeli chizilgan. Bunda Toshkentda Hazrati Imom ansambli, Ko‘kaldosh madrasasi va Chorsu bozori, Buxoroda Poy Kalon va Labi hovuz me’moriy ansambllari, Samarqandda Registon maydoni va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xivada esa Kaltaminor minorasini ko'rish mumkin.
Barcha modellarda arxitektura xususiyatlari, yozuvlar, ranglar, soyalar ko‘rinadi, tekstura aniqlanadi. Tungi vaqtda uning chiroqlari yoritiladi, xuddi real shaharda qosh qoraygandek bo‘ladi.
Xaritadagi 3D modellarni ko'rish uchun yuqoridagi keltirilgan joylardan birini qidirish va yaqinlashtirish kifoya.

Aytma!
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadi:
"Shayton insonga har
tomondan hiyla qiladi.
Uning amallarini sug'urib
olmagunicha qo'ymaydi.
Inson kechasi namoz o'qisa
bu qilgan amalini
"kechgi namoz juda lazzatli-da!"
— deb o'zi boshqalarga aytadi.
Agar ro'za tutsa
"saharlikka turish juda qiyin-da!",
"chanqash juda mashaqqatli-da!"
— deb boshqalarga ro'za ekanini
o'zi bildirib qo'yadi.
Natijada riyo qilgani uchun
amali bekor boʻladi".
Shu gap masjidga exson qilib, ismini “YOZDIRIB” ketadiganlarga xam tegishli bo’lsa kerak.

👍1
Startapchilar o‘qiydigan kitoblar
«Startup Garage» haqida eshitmagan bo‘lsangiz, hozir eshitasiz — startaplarni qo‘llab quvvatlab, ularni katta bozorga olib chiqishga yordam beradigan loyiha.
Yaqinda shu loyiha jamoasi har bir tadbirkor va ularning startaplari uchun muhim qo‘llanmani taqdim etdi — yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladigan 5ta yangi kitoblar:
1. Startup yo‘li: boshlovchilar uchun qo‘llanma
2. Startuplar uchun samarali biznes modeli
3. Startuplar uchun asosiy marketing strategiyalari
4. Startuplar uchun mukammal sotuv qo‘llanmasi
5. Venture mindset: startuplar uchun yangi nigoh
Yangi biznesni rivojlantirib, sotuvlar, ishlaydigan biznes modellar va «venture mindset» haqida kerakli bilimlarni olsangiz bo‘ladi.
Startup Garage ilovasida kitoblarni hammasi bepul. Ilovani shu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.