Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
«Яндекс.Музыка» juda xam kreativ-de bu Yandex deganlari…

Bir yillik natijalarimizga kelsak.

Umumiy 5 838 minut yoki 97,3 soat vaqtimni musiqa tinglab o’tkazibman.

Eng sevimli taronam: Tohir Sodiqov - Ko’zlaring Mayus

Eng top 5 taronaga kelsak:
1. Tohir Sodiqov - Ko’zlaring Mayus
2. Shahriyor - Izhor
3. Xojiakbar Haydarov - Yur Muhabbat
4. Shahriyor - Seni ko’rdim
5. Sardor Rahimxon - Faridam


Sevimli janrlardan esa: Alternativ Pop-Rok, Indi-pop, Pop-Rok

Birinchi taronamgacha eslab qolipti: 01.01.2024 - 19:01 - Imagine Dragons - Bad Liar

27-aprel kuni rostan xam uxlamagan edim 😅

Eng sevimli guruhim bu - “Dabro”,
oxirgi 2 yildan beri bu guruhni qo’shiqlari TOPlarimda bo’ladi.

Eng sevimli artistlarim: Dabro guruhi, Lola, Eminem, Shahriyor, Tohir Sodiqov.

@nodirbek_abdulhaev
🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3
BIR YERDA QOLISH BILAN KETISH ORASIDAGI TANLOVGA DUCH KELSANGIZ, KETISHNI TANLANG.
🚶‍♂️🌌

CHUNKI U YER CHINDAN HAM QOLISHINGIZ KERAK BO‘LGAN JOY BO‘LGANIDA, KETISH XAYOLINGIZGA HAM KELMASDI…
🌠💔

Ahmet Batman

@nodirbek_abdulhaev
1
Manchester is red ❤️

Manchester City 1-2 Manchester United

Kambek! Evaziga g’alaba qozondik🔥

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandga baqirish bu sizni kimdur xafa qilishining oqibatida kelib chiqqan negativni Farzandingizga chiqarishmi?

Lekin umid qilaman-ki, farzandga baqirmay xam tarbiyalash imkoni bor/topiladi.

@nodirbek_abdulhaev
🔥1
❄️☃️
❤‍🔥4
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Uyqu tartibim

Hozirgi davrda imkon kam bo‘lsa-da, ma’lum bir uyqu tartibiga ega insonlar bor, albatta. 😴 Men hech qachon o‘sha insonlar qatorida bo‘la olmadim. Hayotimdagi har narsa singari, u ham tartibsizlikni tanladi. Yotoqda bo‘lmagan paytlarim yotoqga kirganimda qanday uyquga ketaman, deya o‘ylardim. 🤔
Yotoqqa o‘tganimda esa gap gapga ulanishi oqibatida keraksiz suhbatlarga aralashib qolardim.

Dunyodagi eng ahmoqona narsalardan biri shu. Uxlash uchun kirgan yotog‘ingiz bir onda suhbat maydoniga aylanadi 🛏️💬 va birozdan so‘ng o‘zingizni noma’lum mavzuning o‘rtasida ko‘rib, xayolingizdagi insonlarni tinglaysiz.
🌀 O‘zingiz bilan suhbat qurishingizning natijasi bu. Insonning har bir xayoli va nizolari xayolidagi bir qancha insondan kelib chiqadi.

Boshqalarni o‘ylash sababli yuzaga kelsa kerak bu vaziyat. 🤷‍♂️
Boshqa inson kabi o‘ylashga urinishdan, hamdard bo‘lishdan kelib chiqadi. 💭 Bir o‘zing bo‘lasan, bir boshqalar haqida o‘ylaysan, so‘ngra ham ularni, ham o‘zingni anglash uchun boshqa insonga aylanasan. Va uxlay olsang — marhamat. 🌙

Ba’zan o‘ylab qolaman: agar hammasi joyida bo‘lsa yoki men hamma narsaga ham parvo qilmaydigan inson bo‘lsam, bunday hayot yoqarmidi? 🤔 Ammo bo‘lganida, yostiqqa boshimni qo‘yar-qo‘ymas uyquga ketarmidim? 🛌 Yoki o‘ylashga ham toparmidim baribir? Qiziq…

@nodirbek_abdulhaev
🔥3
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi amal eng yaxshi amal?» – deb so’ralganida, U Zot: «Tanigan va tanimagan odamingga taom va salom bermog’ingdir», dedilar.
Insonlarning bir-birlariga salom berishlari ularning qanchalik odobu axloqqa ega ekanliklariga dalolat qiluvchi go’zal amallardan biridir.

Salom berish va alik olish xususida axloq-odobimizning quyidagi bir qancha ko’rsatmalari bor:
1. «Avval salom, keyin kalom» (ya’ni boshqa gap-so’zlar).
2. «Salom bermagunicha, birovni taomga chaqirmanglar».
3. «Oila a’zolaringiz huzuriga, ya’ni uyingizga salom bilan kiring, shunda sizga ham, oilangiz a’zolariga ham baraka yog’iladi».
4. «Odamlarning Yaratganga eng yaqin bo’lgani boshqalarga eng avval salom berganidir».
5. «Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar, shunda o’rtangizda mehr-muhabbat uyg’onadi».
6. «Odamlarning bir-birlarida oltita haqlari bor: salom berish; chaqirsa, borish; maslahat so’rasa, javob qaytarish; aksirsa, sog’liq va shifo tilash; bemor bo’lsa, borib ko’rish; vafot etsa, janozasida qatnashish».
7. «Salomga alik olish farz, bordiyu alik olinmasa, salom beruvchiga zarari yo’q».
8. «Yo’ldan o’tib ketayotgan odam ko’pchilikdan bir kishiga salom bersa kifoya qiladi, o’tirganlardan bir kishi alik olsa yetadi, bordiyu hech kim alik olmasa barcha gunohkor bo’ladi».

Salom to’liq, so’zlarini buzmay, odob bilan beriladi.
U «salom», «somalaykum» (ma’nosi: sizga o’lim bo’lsin), «salom berdik» kabi buzilgan shakllarda bo’lmasligi lozim.

Ulov (ot, eshak, mashina kabi)dagilar piyodaga, piyoda ketayotgan odam o’tirganlarga, ozchilik ko’pchilikka, kichiklar kattalarga, yuqori mavqedagi kishi pastroq mavqedagi odamga birinchi bo’lib salom beradi.

Boshni qimirlatib, ovozsiz, faqat qo’lni ko’ksiga qo’yish bilangina salom berib ham, alik olib ham bo’lmaydi. Salom-alik baralla, eshittirib aytilishi kerak.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning majlislari oldidan o’tib ketayotib: «Assalomu alaykum», – dedi. «O’nta savob», – dedilar.

Boshqa bir kishi o’tayotib: «Assalomu alaykum va rohmatullohi», – dedi.
«Yigirmata savob», – dedilar.

Yana boshqa bir kishi o’tayotib: «Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu», – dedi.
«O’ttizta savob», – dedilar.

To’liq aytishga urining.
Iltimos kimdur sizga To’liq aytsa bu uni “Mulla” bo’lib qolganidan emas, ko’proq savob xoxlaganidan. Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokotuh deyish norma!


Manba: Juma namozidagi ma’ruza va Islom.uz saytidagi maqola.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Inson jarlikning tubidan ham chiqa oladi! 🌄

O‘zimiz payqamagan kuchlarga egamiz. 💪 Mag‘lubiyatlarni qabul qilishimiz va nima bo‘lsa ham qat’iyat bilan boshidan boshlashimiz mumkin. Tog‘ri nigoh bilan qarasak, har qanday vaziyatdan chiqib keta olamiz. 👀 Kim bizga nima qilishidan qat’i nazar, biz o‘zimizdan ranjimas ekanmiz, istalgan payt oyoqqa tura olamiz. 🦾 O‘zimizni, bizga singdirilgan mehnatni va sevgini unutmasak — kifoya. ❤️

Inson hayotga eng muhtoj holida kirib keladi va muhtoj bo‘lgan insonlari — oilasi. 👨‍👩‍👧‍👦 Boshqacha tarzda ulg‘aya olmaydi inson. Go‘dakka maosh tayinlab qo‘ysangiz ham, u o‘zini boshqara olmaydi. U go‘dakning, ya’ni sening vaqt va mehnatga ehtiyojing bor. 💼 Boshqacha tarzda sen — “sen” bo‘la olmaysan.

Senga singdirilgan mana shu mehnatni o‘ylaganingda yengilmaysan. 💭 Shartlar nima bo‘lishidan qat’i nazar, senga berilgan o‘sha mehnat uchun oyoqqa turib, kurashasan. 🛠️

O‘ylab ko‘r axir: kimdir sendan hech narsa kutmay, seni sevgancha ulg‘aytirishga harakat qildi. 💕 Sen ulg‘ayganingda, buni o‘zing uchun qila olmaysan. Yanada kuchli bo‘lishingga qaramay… Barchamiz qarzdormiz va sevgiga munosib javob faqatgina sevgidir. 🤝

Eng mushkul damlaringda bolalik suratingga qara. 🖼️ Ayni damda o‘zing istagan yerda bo‘lmasang ham, o‘sha on bo‘lgan yeringga qara. 🔄 Hammasi qanchalar o‘zgargan va sen shu ondagi “sen”ga yetishgansan. 🌱

O‘zingning va senga singdirilgan mehnatning qadrini aslo unutma va nima bo‘lishidan qat’i nazar, voz kechma. Yo‘lda davom etish yo‘lga chiqishdan mushkulroqdir. 🚶‍♂️ Sen yo‘lda davom etganlardan bo‘l! 🌟

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥2🔥1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Yerdan biroz baland devorlar 🏰

Ba’zi insonlarga bergan va ular uchun qilgan har narsang vaqt o‘tib, sening vazifangdek qabul qilina boshlaydi. Bu holat insonni hayotdan sovutadi, chunki bunday vaziyatda andisha qilinmaydi…

Vaqt o‘tib, bu holat barchamiz uchun baxtsizlik manbayiga aylanadi. Har bir insonning atrofida yoki oilasida mana shunday insonlar bor. 🌍 Ya’ni, qisqacha qilib aytganda, yolg‘iz emassan. 🤝

Va ishon, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi, aslida keladi, ammo sen unday inson emassan. Agar unday inson bo‘lganingda, allaqachon ketgan bo‘larding. 🚶‍♂️ Sendan foydalanishlarini yoqtirmaysan, ammo insonlarni sevasan. ❤️

Hech kim murakkab vaziyatda qolmasin, der ekansan, o‘zingning ne hollarga tushayotganingni hech kimga aytmaysan. 🤐 Afsuski, mana shunday holatlar boshimizga keladi.

Yagona yechim — qarshingdagi insonlar kabi munosabatda bo‘lish. Ammo bu ham har doim imkoni bo‘lgan narsa emas. 🤷‍♂️

Odamlar orasida “El nima deydi?” degan jumla bor. 📣 Ba’zan buni ham ko‘rmaslikka olib, shunchalar yuksak devorlar qurging keladiki, undan oshib, yoningga kelishlarini istamaysan. 🧱 Ammo buni qura olmaysan. Qarshingda oilang bor, yaqinlaring bor. 👨‍👩‍👧 Ular seni ranjitsa ham, sen ularni ranjita olmaysan.

Bularning barchasi sening o‘sha mas’um qalbing sababli bo‘ladi. 💫 Ammo qilish mumkin bo‘lgan kichik bir narsa bor, albatta… Tizzalaringgacha yerdan biroz yuksak devorlar qura olasan, masalan. 🛠️ Hamma narsa sening vazifangdek qabul qilinmasligi uchun. Ilk fursatda foydalaniladigan sen bo‘lmasliging uchun.

Qo‘ya qol, senga kelayotganlarida oyoqlari qoqilsin. 🚶‍♀️ O‘sha kichik devorlarga tutilsin oyoqlari. Yuzingni ko‘ra olishsin, ammo osonlikcha kela olishmasin yoningga. 💭

Sen esa ketishga majbur bo‘lma. Seni ham ranjitmasinlar. 🙅‍♀️ Devorlarni sen ko‘targan bo‘lsang, g‘ishtlarni ular tashigan. 🧱 Hech narsa bir kishining harakati bilan bo‘lmasligini ko‘rsinlar.

Yerdan yuksak, qalbdan qattiq devorlar lozim barchamizga. 🏗️ Balki shundagina bizni anglab yetishar. 🌟

@nodirbek_abdulhaev
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklarga shu qonun kerakmikan o‘zi?

Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, farzand tug‘ilganda erkaklarga ham turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turish uchun 5 kunlik ta’til berish ko‘zda tutilmoqda ekan.

Bunda oylik maosh saqlab qolinadi.

Qiziq: erkaklarga o‘zi bunaqa qonun kerakmikan? Bunga qanchalik ehtiyoj bor o‘zi?

Qonunni manosini tushunmadim albatta. Manimcha ayoliga yordam beradigan erkaklar ko’paygan shekilli. Bu albatta yaxshi. Lekin ta’til olib shunchaki divanga propiska olganlar xam ko’p bo’ladi..

Avval farzand ikki ota onaniki ekanligini tushuntirish kerakmikin. Bilmadim negadir bizni otalar fikricha tarbiya va nazorat bu onalar vazifasidek. Pul topkaningiz bilan bu vazifangizdan ozod bo’lib qolasiz degani emasku.

Manfaatli bo’lsin.

@nodirbek_abdulhaev
💯1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Dasturxonni men tuzaman, ammo palovni sen tayyorla! 🍚

Oshxonaga birgalikda kirasizlar, ammo avvaliga u chiqadi, shunday emasmi? 👩‍🍳 Sen oshxonaning hokimi kabi yashar ekansan, u mehmon kabi yuradi bu yerda. Go‘yo hamma narsaga begona va u boshqa insonning uyida yurgandek tuyuladi senga. Masalan, hatto choy finjonlarining doimiy joyini bilmaydi.

“Choynak ostiga olov yoq”, desang, “Bu tugma qaysiniki?” deb so‘raydi. 🤔 Ko‘p hayratlanmaslik kerak, vaziyat, ming afsus, ana shunday.

Onam dasturxonni tayyorlardi, dadam esa hatto salat qilmas, limonning suvini chiqazardi, xolos. 🍋 Axir kuch talab qiladi, shunday emasmi? Dadam salat tayyorlamasligi uni yomon insonga aylantirmasdi, albatta, chunki u butun oilasi uchun yashaydigan inson edi. Ammo oshxona bilan kelishmasdi, chunki onam uning qahramoni, qo‘li shirin pazandasi edi. 🍳

Har bir ayol superqahramon! 🦸‍♀️ Balki hammasi ham emas, ammo aksariyati o‘zini shunday hisoblasa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mas’uliyat tushunchasi bir erkakning nazdida juda o‘zgacha va chegarasiz. Ayollar esa hamma narsaga ulguradi.

Biz erkaklar avtobusga ulguramiz yoki shunga o‘xshash narsalarni bajaramiz, bu ham qandaydir ma’noga ega. 🚍 Ammo ayollar uy ichidagi har narsaga ulguradilar va bu vaziyat vaqt o‘tib erkakni mas’uliyatsizlikka yetaklaydi. Dastlab “Salatni men qilaman” degan odam, keyinchalik limon sharbatini chiqarish bilan cheklanib qoladi.

Nega? Chunki uyning farishtasi, oshxonaning qahramoni bor. 👩‍🍳

Ammo oshxona — faqat ayolning maydoni emas, xuddi mehmonxona erkakning doimiy yashash joyiga aylanmasligi kerak bo‘lganidek. To‘g‘ri, xonadondagi har burchak hammaga tegishli. Gazni yoqishni bilmaydigan erkak, rafigasi xasta bo‘lsa, sho‘rvani tashqaridan buyurtma qiladi. 🍲

Limonning sharbatini birga chiqaraylik, choyni birga damlaylik.
Dasturxonni men yozaman, ammo palovni sen tayyorla, uddalay olmayapman — o‘rgat menga. 🙌

@nodirbek_abdulhaev
2
Baxtli inson

Baxtli inson “baxtliman” deya o‘zini ko‘rsatishga urinmaydi. 😊
Nima bo‘lsa ham tabassum qiladigan inson, albatta, azob chekkan bo‘ladi, aks holda bunday qilmagan bo‘lardi.

O‘zini chindan ham yaxshi his etayotgan inson buni isbotlashga ehtiyoj tuymaydi.
Bir chetda qahvasini ichib, huzuridan bahra oladi. Dengizni kuzatadi, samoni kuzatadi, yaqinlari bilan suhbat quradi, ammo:
“Men yaxshiman, qarang, hanuz oyoqdaman, qanchalar kuchliman, qanchalar baxtliman,” — deya o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaydi.

Ahmet Batman

@nodirbek_abdulhaev
5