Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
«Кинопоиск» talqiniga ko’ra 2024-yilda eng ko’p man ko’rgan filmlar janri - bu Drama ekan.

2024-yilning 207 soatini «Кинопоиск» bilan o’tkazibman.

Umumiy hisobda:

23 ta film 🎥
284 seriya tomosha qilibman.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Ikki finjon turk qahvasi

Yaqinda bir do‘stim bilan qahva ichish uchun restoranga kirdik. 🏙️ Joy tanladik va o’tirdik. Bu men uchun har doim muammo bo‘lib kelgan. Eng chetdagi stolni tanlashga harakat qilaman. 🔍 Insonlar kamroq bo‘lgan joyni tanlayman, va u yer bir chetda qolgan, ofitsiantlarga uzoqroq joy bo‘ladi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tgach taomnoma keldi va:
“Taomnoma emas, ikki finjon oddiy turk qahvasi olsak bo‘ladimi?” dedim.
“Shakarsiz bo‘lsinmi?” degan savol berilgach:
“Oddiy bo‘lsin”, dedim.
“Ya’ni, shakarsiz?”
“Ha”, dedim.
“Xo‘p, shakarsiz bo‘lsin”, dedim va mavzuni yopdik, aks holda suhbat uzayib ketardi.


Nega kelib-kelib bu holat haqida gapiryapsan, deyishing mumkin. Kelib-kelib kelishni istagan joyim bor va hozir o‘sha yerdaman. 🛤️
Ba’zan ayni tilda muloqot qilgan insonlaring bilan ham kelisha olmasliging mumkin. 🌊 Oddiy va shakarsiz ayni ma’noga ega bo‘lsa ham, tushunish vaqt oladi.

Muammolarni uzoqqa cho‘zmay qo‘yganimga ancha bo‘ldi. Bu charchashmi yoki voz kechishmi — bilmayman, ammo zinhor qiynalish emas. Uzaysa, balki qiynalardim, ammo yo‘l qo‘ymadim.

Aytmoqchi bo‘lganim shuki: chuqurlashmang va buni o‘zingiz uchun qiling. 💡 Kelishishni istagan inson nima qilib bo‘lsa ham anglaydi, kelishishni o‘rganing. 🫱
Qahvam oddiy bo‘lsin, sening tarzingda shakarsiz desa ham bo‘ladi.

Muammo chiqmasa kifoya, har birimizning ko‘ngli toq bo‘lsin.
Xo‘sh, siz qanday qahvani afzal ko‘rasiz?

Ba’zan ayni tilda muloqot qilgan insonlaringiz bilan ham kelisha olmasliging mumkin.

@nodirbek_abdulhaev
1
«Яндекс.Музыка» juda xam kreativ-de bu Yandex deganlari…

Bir yillik natijalarimizga kelsak.

Umumiy 5 838 minut yoki 97,3 soat vaqtimni musiqa tinglab o’tkazibman.

Eng sevimli taronam: Tohir Sodiqov - Ko’zlaring Mayus

Eng top 5 taronaga kelsak:
1. Tohir Sodiqov - Ko’zlaring Mayus
2. Shahriyor - Izhor
3. Xojiakbar Haydarov - Yur Muhabbat
4. Shahriyor - Seni ko’rdim
5. Sardor Rahimxon - Faridam


Sevimli janrlardan esa: Alternativ Pop-Rok, Indi-pop, Pop-Rok

Birinchi taronamgacha eslab qolipti: 01.01.2024 - 19:01 - Imagine Dragons - Bad Liar

27-aprel kuni rostan xam uxlamagan edim 😅

Eng sevimli guruhim bu - “Dabro”,
oxirgi 2 yildan beri bu guruhni qo’shiqlari TOPlarimda bo’ladi.

Eng sevimli artistlarim: Dabro guruhi, Lola, Eminem, Shahriyor, Tohir Sodiqov.

@nodirbek_abdulhaev
🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3
BIR YERDA QOLISH BILAN KETISH ORASIDAGI TANLOVGA DUCH KELSANGIZ, KETISHNI TANLANG.
🚶‍♂️🌌

CHUNKI U YER CHINDAN HAM QOLISHINGIZ KERAK BO‘LGAN JOY BO‘LGANIDA, KETISH XAYOLINGIZGA HAM KELMASDI…
🌠💔

Ahmet Batman

@nodirbek_abdulhaev
1
Manchester is red ❤️

Manchester City 1-2 Manchester United

Kambek! Evaziga g’alaba qozondik🔥

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandga baqirish bu sizni kimdur xafa qilishining oqibatida kelib chiqqan negativni Farzandingizga chiqarishmi?

Lekin umid qilaman-ki, farzandga baqirmay xam tarbiyalash imkoni bor/topiladi.

@nodirbek_abdulhaev
🔥1
❄️☃️
❤‍🔥4
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Uyqu tartibim

Hozirgi davrda imkon kam bo‘lsa-da, ma’lum bir uyqu tartibiga ega insonlar bor, albatta. 😴 Men hech qachon o‘sha insonlar qatorida bo‘la olmadim. Hayotimdagi har narsa singari, u ham tartibsizlikni tanladi. Yotoqda bo‘lmagan paytlarim yotoqga kirganimda qanday uyquga ketaman, deya o‘ylardim. 🤔
Yotoqqa o‘tganimda esa gap gapga ulanishi oqibatida keraksiz suhbatlarga aralashib qolardim.

Dunyodagi eng ahmoqona narsalardan biri shu. Uxlash uchun kirgan yotog‘ingiz bir onda suhbat maydoniga aylanadi 🛏️💬 va birozdan so‘ng o‘zingizni noma’lum mavzuning o‘rtasida ko‘rib, xayolingizdagi insonlarni tinglaysiz.
🌀 O‘zingiz bilan suhbat qurishingizning natijasi bu. Insonning har bir xayoli va nizolari xayolidagi bir qancha insondan kelib chiqadi.

Boshqalarni o‘ylash sababli yuzaga kelsa kerak bu vaziyat. 🤷‍♂️
Boshqa inson kabi o‘ylashga urinishdan, hamdard bo‘lishdan kelib chiqadi. 💭 Bir o‘zing bo‘lasan, bir boshqalar haqida o‘ylaysan, so‘ngra ham ularni, ham o‘zingni anglash uchun boshqa insonga aylanasan. Va uxlay olsang — marhamat. 🌙

Ba’zan o‘ylab qolaman: agar hammasi joyida bo‘lsa yoki men hamma narsaga ham parvo qilmaydigan inson bo‘lsam, bunday hayot yoqarmidi? 🤔 Ammo bo‘lganida, yostiqqa boshimni qo‘yar-qo‘ymas uyquga ketarmidim? 🛌 Yoki o‘ylashga ham toparmidim baribir? Qiziq…

@nodirbek_abdulhaev
🔥3