Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
137 subscribers
713 photos
262 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Ну погоди!’ multfilmi esingizdami?

Buni detektiv janrdagi komikslari chiqibti.

@nodirbek_abdulhaev
🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍 FLUGGI MCHJ yaqinda Istanbulda bo‘lib o‘tgan ISAF 2024 ko‘rgazmasida ishtirok etdi — bu xavfsizlik texnologiyalari va mobil sanoat bo‘yicha yetakchi tadbirlardan biri.

🇹🇷 Turkiya Yevropa bozoriga chiqish uchun ideal ko‘prik ekanini yana bir bor isbotladi! Biz uchun hamkorlik va innovatsion yechimlarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud.

🔒 Ko‘rgazmada xavfsizlik tizimlari, kuzatuv texnologiyalari va ma’lumotlarni himoya qilish uchun mobil ilovalar kabi ilg‘or ishlanmalar namoyish etildi.

🌍 FLUGGI MCHJ texnologiyalar rivojida yetakchi bo‘lish va xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga doim intilamiz.

🕊Telegram 📱 Instagram Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍422🔥2❤‍🔥1👏1
“Lyutsifer” sindromi haqida…
👍42🔥2
Rasman!

Sevimli “Fines va Ferb” multfilmi yangi mavsumi 2025 yilda chiqadi.

Kutamiz 😍

@nodirbek_abdulhaev
🔥4
“Puldan boshqa xech vaqosi yo’q kishi odamlarning eng qambag’alidir”.

Umar Souel - Musulmon Tadbirkor”

@nodirbek_abdulhaev
💯4
Uchta boshqaruv tsikli

Cheklovlar ketma-ketligini tushunib, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni va ularga erishishga nima to‘sqinlik qilayotganini bilgan holda, biz bu maqsadlarga erishish jarayonini boshqarishni boshlaymiz. Ushbu boshqaruv bir necha darajada, uchta boshqaruv tsiklida amalga oshadi:

1. Strategik tsikl — bu tsiklda biz strategik maqsadni aniqlaymiz, qayerga yo‘l olmoqchi ekanligimizni belgilaymiz va shu maqsadga erishish uchun zarur qadamlar ketma-ketligini tuzamiz. Odatda, bu tsiklda maqsadlar ierarxiyasi belgilanadi: uch yillik, bir yillik, uch oylik, bir oylik maqsadlar.
2. Taktik tsikl — bu yerda biz hozir nimaga e’tibor qaratish kerakligini aniqlaymiz, asosiy cheklovimiz qayerda ekanini belgilaymiz va ushbu cheklovni yengish uchun gipotezalarni ishlab chiqamiz.
3. Operatsion tsikl — bu haftalik rejalashtirish jarayoni bo‘lib, gipotezalarni aniq vazifalarga joylashtirish va haftalik sprintni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘plamini yaratamiz.

Siz o‘z hayotingiz va loyihalaringizni qanday boshqarasiz? Maqsadlarni qanday qo‘yasiz? Ularga erishishda sizga nima to‘sqinlik qiladi?

@nodirbek_abdulhaev
👍5🔥2
Ko’pincha Ayollar “Ishlamasam, nega o’qidim?” deb so’rashadi. Bu bo’yicha ChatGPT bilan fikr almashdim:


1. Shaxsiy rivojlanish
O‘ziga bo‘lgan ishonch: O‘qish orqali ayol o‘z bilimlarini oshirib, o‘ziga ishonch hosil qiladi.
Intellektual o‘sish: Ilm olish orqali u yangi bilimlar egallab, dunyoqarashini kengaytiradi.
Shaxsiy qoniqish: O‘qish va bilim olish ayolga shaxsiy qoniqish va baxt hissini beradi.

2. Oila va farzandlar tarbiyasi
Farzandlarga ibrat bo‘lish: O‘qimishli ona farzandlariga ta’lim va bilimga bo‘lgan ehtiyojni ibrat orqali ko‘rsatadi.
Bolalarning intellektual rivojlanishi: Bilimli ona farzandlariga bilim olishga rag‘bat beradi va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’naviy tarbiya: Ma’rifatli ona bolalariga axloqiy va madaniy qadr-qimmatlarni singdiradi.

3. Oilaviy muhit va boshqaruv
Oila muhitiga ijobiy ta’sir: Bilimli ona oilada intellektual muhit yaratadi va sog‘lom muloqot madaniyatini rivojlantiradi.
Muammolarni hal qilish qobiliyati: O‘qimishli ayol hayotiy muammolarni mantiqiy va bilimli yondashuv bilan hal qila oladi.
Byudjet va resurslarni boshqarish: Ta’limli ona oilaviy byudjetni to‘g‘ri rejalashtirib, resurslarni samarali boshqaradi.

——————

Lekin, man AI ning fikrlariga qo’shimcha qilmoqchiman. Faqatgina Karyerani orqasidan quvgan ayollar hech qachon baxt nimaligini xis qila olmaydi. Ammo buni teskarisi Oilani birinchi o’ringa qo’ygan ayollar bemalol muvaffaqiyatli karyera qura oladi.


@nodirbek_abdulhaev
💯6
“Alloh taoloning yaratiqlaridan ibrat olib tafakkur qiling.

Masalan, Arslon. U antiloplarni ovlab, yeydi. Arslon kun kelib qariydi va o’ladi. Jasadi boshqa jonzotlar tomonidan yeyiladi.

Xuddi shunday, siz nimanidir olyapsizmi, nimadir bera olishingiz xam kerak!”

Umar Souel - “Musulmon Tadbirkor”

@nodirbek_abdulhaev
3
Beeline ilovasini yangiladi, endi u “Hambi

“Beeline Uzbekistan” oʻz ilovasini yangiladi. Endi u “Hambi” deb nomlanadi, bu “Hammasi birda”ning qisqartmasi.

Ilovada eski funksiyalar saqlab qolingan, interfeysda ham oʻzgarish yoʻq. Logotip yangilangan, endi sariq fonda 1 shaklini eslatuvchi kesmali “h” harfi turadi. Ammo buni toʻlaqonli rebrending deb boʻlmaydi.

Shuningdek, “Hambi”ga shifokorlardan onlayn maslahat olish mumkin boʻlgan “Davo” xizmati va “Kettik!” — aviachiptalar sotuvini yoʻlga qoʻydi. Bundan tashqari, “Beeline”ning boshqa xizmatlari ham ushbu ilovada yigʻilgan.

@nodirbek_abdulhaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kim İstanbul’u görmemişse, güzel sanmasın kendini.” 🕌 — Aytishadiki, Stambulni ko‘rmagan kishi asl go‘zallikni ko‘rmagan.

16 yoshimdan beri bu shaharga borishni orzu qilardim! Stambulning o‘ziga xos atmosferasini his etish va qadimiy tarixiga sho‘ng‘ish men uchun haqiqiy mo‘’jiza bo‘ldi. Va nihoyat, bu orzu amalga oshdi! Stambul o‘zining betakror energiyasi va tarixiy boyligi bilan meni mutlaqo maftun etdi.

🌊 Shaxzodalar orollari — go‘yo suv ustidagi ertak! Tinchlik, maftunkor manzaralar va osoyishta ko‘chalari bilan boshqa olamga tushib qolganday bo‘ldim.

🕊 Qiz minorasi, Galat minorasi. Ularning atrofidagi afsonalar yurakni larzaga soladi va go‘yo u yuzlab sirlarni saqlayotgandek tuyuladi. Stambulni tomosha qilish — bu o‘ziga xos tajriba. Shahar nihoyasizday tuyuladi — masjidlardan zamonaviy osmono‘par binolargacha.

🕌 Masjidlar — Ko‘k, Ayasofya, Laleli… masjidlari ularning har biri nafaqat me’moriy mo‘’jiza, balki ruhiyat va asrlar osha kelayotgan tarix bilan to‘lib-toshgan.

🎡 Taksim, Grand va Laleli bozorlari va albatta taniqli “Istiqlol” ko’chasi hayot bilan to‘lib-toshadi!

Stambul — oddiy shahar emas. Bu — orzu, vanihoyat, mening haqiqatimga aylandi! Endi esa bilaman, bu faqat Turkiya bo‘ylab sayohatlarimning boshlanishi!

@nodirbek_abdulhaev
👏322🔥2🎉1
Janoblar, Tramp Prezident bo’ldi deyishyapdi… 🇺🇸

Shahsiy fikrimcha, Tramp Rossiya bilan aloqalarni yaxshilaydi. Urush yakunlanishiga eng yaqin holatni Tramp qila oladi deb o’ylayman.


Siz nima fikrdasiz, manga juda qiziq kommentda yozing 👇

@nodirbek_abdulhaev
👍4👎2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Perevalda tuman 🌫️, Toshkentda yomg’ir 💦
🔥2
💳 200 mln so‘mdan ko‘proq: Qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘ladi?

— Smart bank ilovasi orqali — 100 mln so‘mgacha (kunlik 10 mln);
— Humans ilovasi — 50 mln so‘mgacha;
— “Agrobank”ning Agrobank mobile ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
— “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
— Chakanapay ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
— “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— SQBning Joyda ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— Oson ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;
— “Milliy bank”ning Milliy ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— SelloPay ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— Alif ilovasi — 1 mln so‘mgacha.


Yaqinlarga yuborib, xabardor qilib qo‘yinglar.

@nodirbek_abdulhaev
Forwarded from Zakovat: Namangan (ShavkatbeK ShokiroV)
NamDU | Zakovat klubi B-guruhi 1-tur oʻyinida faol qatnashgan "Fluggi" jamoasi aʼzolari.

Manzil : @Zakovat_NamDU
Bir paytlar 😅