Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔧 MR Tex’da rivojlanish vaqti keldi — biz raqamli transformatsiyani boshladik!

Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan MR Tex to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega, sifatli mahsulot tayyorlaydi va mijozlarga moslashuvchan yondashadi.
Lekin biz shuni ko‘rdikki:

❗️ Assortiment tor — asosan futbolkalar
❗️ Mahsulotlar haqida kontent, tavsif va katalog yo‘q
❗️ Raqamli ko‘rinish (sayt, katalog, kontent) ishlab chiqilmagan
❗️ Xalqaro savdoga tayyorgarlik yetarli emas

🧠 Shu sababli, FLUGGI GROUP mutaxassislari quyidagi yechimlarni yo‘lga qo‘ymoqda:

📸 Mahsulotlar uchun sifatli fotosessiya
🎨 Kreativ va sotuvga yo‘naltirilgan katalog tayyorlash
🌐 Brendga mos zamonaviy veb-sayt ishlab chiqish
📄 Tijorat taklifi (KP) tayyorlash, mijozlar bilan ishlashni avtomatlashtirish

🎯 Maqsad — MR Tex’ni ichki va tashqi bozorlar uchun raqamli jihatdan tayyor holatga keltirish va savdoni ko‘paytirish!

💡 Siz ham xohlaysizmi?


Direct’ga yozing yoki bizga bog’laning
📞 20 010 60 05— sizning kompaniyangiz uchun ham bepul audit o‘tkazamiz!

🕊Telegram 📱 Instagram Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
💔 U 5 kun avval uylangandi, 1 oy oldin Millatlar ligasini, 1,5 oy avval Premyer ligani yutgandi.

Liverpul klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Diogu Jota vafot etibdi. U Ispaniyada 🇪🇸 Samoradan Palasios-de-Sanabriaga eltuvchi yo’lda avtohalokatga uchragan. Jota 28 yoshda edi. Yaqinda oila qurgandi. Juda achinarli xabar.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, futbolchi ukasi Andre bilan mashinada bo‘lgan. Mashina yo‘ldan chiqib, yonib ketgan.

Orqasidan rafiqasi va 3 farzandi qoldi...

Diogu Jotaning yaqin do'sti bo'lmish Ruben Nevesh marhumning oilasini o'z qaramog'i va himoyasiga olganini ma'lum qildi.

Bechora "Fluminense"ga qarshi o'yindan oldin rosa yig'ladi😭

@nodirbek_abdulhaev
2👍2
Hayot bir lahza ichida tugashi mumkin…

Ko‘pincha buni unutib qo‘yamiz. Rejalar tuzamiz, orzular quramiz, “ertaga qilaman” deb o‘zimizni ovutamiz.

Lekin go‘zal yakun — bu tasodif emas. Bu tanlov. Va bu tanlov bugun qilinadi, hozirgi soniyada.

Hech kim bizga kafolat bermaydi: ertaga hammasi o‘z holicha davom etadi, deb. Kimdir ketadi, kimdir qoladi. Yagona narsa aniq — kechikish afsus bilan tugaydi.

📍 Shuning uchun, bugun:
• Ota-onangizga qo‘ng‘iroq qiling.
• Farzandingizni quchoqlang.
• Do‘stingizdan kechirim so‘rang yoki shunchaki holini so‘rang.
• Orzuni bir qadamga yaqinlashtiring.
• Yaxshilikni ertaga surmang.

Go‘zal yakun bugun boshlanadi. “Ertaga qilaman” degan so‘z sizni undan uzoqlashtirmasin.

📌 Hayot bu — vaqt. Uni kimga va nimaga sarflayotganingiz — bu sizning hikoyangiz yakunini belgilaydi.

@nodirbek_abdulhaev
4
🍵 Bir finjon choy ustida…

Hayot — go‘yo sahnada ketayotgan film. Har bir inson — o‘z roliga ega aktyor. Kimdir kiradi, kimdir chiqadi. Har bir kirishning va chiqishning o‘z vaqti bor.

Shu voqeada siz ham kimningdir hayotida bir sahifalik, bir lahzalik rol o‘ynaysiz. O‘sha rolni chin dildan, yurak bilan o‘ynay olsangiz — qadr topasiz.

Ba’zida esa hammasidan charchaysiz. Nafaqat ishlardan — balki har doim bir narsa qilishga majburlikdan.

Shu payt ich-ichingizda sog‘inasiz… oddiy suhbatlarni.

Hech qanday “rejali uchrashuv” emas, shunchaki “beg’ubor”, “be’tashvish” samimiy suhbatlar.

Bugun shunday bo‘ldi.

Bir finjon choy ustida, bexavotir, gaplashib o‘tirdik. To‘g‘rirog‘i, hayot bir lahzaga sekinlashdi. Va men bu jimjitlikni, bu oddiylikni sog‘ingan ekanman.

@nodirbek_abdulhaev
3🔥2
❗️O‘quvchilarning g‘oyalarini startapga aylantirishga 100 mlrd so‘m grant ajratiladi

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 mln so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

@nodirbek_abdulhaev
👍41
🇦🇲 ARMANISTONDA VERTOLYOT TAKSI XIZMATI YOʻLGA QOʻYILIBDI

😁 Endi siz osmonda ham "xoʻjayin" boʻlasiz, agar pulingiz boʻlsa!


@nodirbek_abdulhaev
3
Yaxshigina momoqaldiroq bo’lyapti. Qorqib ketkanla bormi?

🔥 - men

@nodirbek_abdulhaev
🔥3
Chilonzor metro yo‘lida tarix va kelajak uchrashdi.

Bir tomonda — Qodiriy, Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat kabi buyuk jadidlarimiz.
Ikkinchi tomonda esa — zamonaviy yoshlar, bilim, ilm va taraqqiyot sari intilish.

Bu loyiha — Yoshlar ishlari agentligi va metropoliten hamkorligida amalga oshirilgan.

Poyezdni ko‘rganlar!
Uni suratga oldingizmi?

P.S. Aytib o’tish kerak, Patriotizmga yo’naltirilgan davlat marketing loyihasi juda xam zo’r ishlamoqda. Audiomarketing desak bo’ladi qo’shiqni 😅

Masalan manga bu juda katta motivatsiya va patriotizm tuyg’usiji beryapti.


@nodirbek_abdulhaev
Tuxum nech minutda pishadi degan savolga javob.

Sizga qanchalik pishirilgani yoqadi?

@nodirbek_abdulhaev
🔥31👍1
Sergey Nochovniy — millioner bo‘la turib, nega kuryerlik qildi?

U Rossiyadagi muvaffaqiyatli tadbirkor edi. Kompaniyasi millionlab daromad keltirar edi.
Ammo pandemiya davrida u kutilmaganda Moskvada oziq-ovqat yetkazib beruvchi kuryer bo‘lib ishladi.

🚶‍♂️ Har kuni u 20 km piyoda yurdi, yorqin sariq forma kiyib, kuniga atigi $15 ishlab topardi.
Lekin gap pulda emasdi. U hayotga yangi nigoh izlayotgan edi.

💬 "Bu formani kiyganingda hech kim seni kimligingni, ilgari kim bo‘lganingni bilmaydi..."

🔑 Bu tajriba uni ichki jihatdan o‘zgartirdi.

Ba'zida haqiqiy o‘sish — bu komfort zonasidan chiqib, o‘zingni yangidan kashf qilishdir.

📌 Har bir mehnat — qadrlidir. Oddiy ko‘ringan ishlar ham katta saboq berishi mumkin.

@nodirbek_abdulhaev
👍32🔥1
🔹 ESET NOD32 Antivirusni yangilash 🔹

🌐 Основной: https://esetfree.uz
🔒 Логин: EAV-29384756
🔑 Пароль: vf1lz7w0

O’xshadimi? 👇 izohlarda yozib keting.

EsetNod32 yuklash 👉
O'rnatish va yangilash 👉

@nodirbek_abdulhaev
🔥1
DUNYONI QIZG'ANMA

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'inar mozorlarim bor.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.


©Abdulla Oripov

@nodirbek_abdulhaev
1👍1