Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
144 subscribers
691 photos
253 videos
2 files
108 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Biz loyiq bo‘lgan sovg‘alar

Norvegiyaning "Bryun" futbol klubi g‘alabalar bilan emas, balki... o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan g‘alati sovg‘alari bilan mashhur bo‘lishga erishdi. Tovuq tuxumlari, qo‘zichoq, meva-chevalar savati, mahalliy asal bankalari.

Mana sizga ajoyib misol: qanday qilib butun dunyoda bepul shov-shuv ko‘tarish mumkin. Bir nechta g‘ayrioddiy (ammo yoqimli) sovg'alar - va kichkina klub haqida Yevropadan to AQShgacha bo‘lgan sport ommaviy axborot vositalari yozib chiqdi.

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nanay Vibe ⛈️🌧️

Do’l yog’moqda🥴

@nodirbek_abdulhaev
#challenge

📌 BRANDBOOK – SIZNING BRENDINGIZNING QOIDA KITOBI

Brandbook (brendbuk) – bu sizning brendingiz qanday ko‘rinishi, qanday gapirishi, va qanday esda qolishi kerakligini ko‘rsatadigan rasman hujjat.
Bu – brendingizning “pasporti” deyish mumkin.

🧠 BRANDING DEGANI FAQAT LOGO EMAS!

Ko‘pchilik brend faqat logo deb o‘ylaydi.
Aslida, brend – bu:
• RANGLAR
• SHRIFTLAR
• LOGO QOIDALARI
• FOTOSURAT USLUBI
• GAPIRISH USLUBI (Tone of Voice)
• QADOQLASH, POSTLAR, REKLAMALAR STILI

Brandbook – shu narsalarning barchasini bir joyda jamlab beradi.

🎯 MISOL:

Siz ayollar sport kiyimi chiqaryapsiz.

Brendbukda yoziladi:
• Ranglar: oq, bej, pastel moviy
• Shrift: minimal, yumshoq burchakli
• Til uslubi: motivatsion, ilhomlantiruvchi
• Grafik uslub: yorug‘, orasta, zamonaviy
• Logoni fonda qanday ishlatish mumkin va mumkin emas

🔧 BRANDINGIZ UCHUN FOYDALARI:
1. Bir xil stil – Instagram, Telegram, reklama – hammasi uyg‘un bo‘ladi
2. Vizual tanishlik – Mijoz sizni postdan tanib oladi
3. Tashqi ishonch – Brend professionalligini ko‘rsatadi
4. Ishchilar uchun qulaylik – Dizayner, sotuvchi, SMM hammasi bitta uslubga rioya qiladi
5. Agentliklar bilan ishlashda yengillik – Hamma narsa yozilgan, yangidan tushuntirish shart emas

📌 XULOSA:

Brandbook – bu sizning brendingizning identiteti.
U orqali sizga qarab:

“Ha, bu ular!” deyishadi.

Sizning biznesingiz jiddiy bo‘lsa – brandbook shart.
Sizni professional qiladi, tartib beradi va boshqalar bilan ishlashni yengillashtiradi.

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samsung Apple’ni qattiq masxara qilmoqda.

Koreys giganti yana eski odatiga qaytib, Tim Kukning yuragiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba beradigan reklama chiqardi. Ikkita yangi rolik iPhone 16 Pro‘ning yangi Galaxy S25 Edge’dan og‘irligi va qalinligi bo‘yicha qanchalik ortda qolayotganini ko‘rsatadi. Ogohlantirish: farq juda katta.

Apple qurilmalarning sun’iy intellekt funksiyalari taqqoslanmagani uchun shukr qilishi kerak. Aks holda mag‘lubiyat fojiali bo‘lardi 🤭

@nodirbek_abdulhaev
#challenge

📌 ОXVAT VA VOVLECHYONNOST – IJTIMOIY TARMOQLARDA NIMA UCHUN MUHIM?

Siz Instagram, Telegram yoki boshqa platformalarda post qilasiz.
Lekin savol tug‘iladi:
“Nechta odam ko‘rdi?”
“Nechta odam chindan ham qiziqdi?”

Shuni o‘lchash uchun 2 ta asosiy ko‘rsatkich bor:

📊 1. OXVAT (Reach)

Oxvat – sizning postingizni nechta odam ko‘rganini bildiradi.
Ya’ni haqiqiy odamlar soni.
Agar postni bitta odam 3 marta ko‘rgan bo‘lsa – Reach 1 bo‘ladi.

📌 Misol:
Postingiz Reach’i – 2 500
Bu degani 2 500 ta odam uni kamida bir marta ko‘rgan.

📊 2. VOVLECHYONNOST (Engagement)

Vovlechyonnost – bu odamlar post bilan qanday harakat qilganini ko‘rsatadi:
• Layk
• Komment
• Ulashish
• Saqlash
• Reaksiyalar (stories’da)

Qancha ko‘p harakat bo‘lsa – shuncha yaxshi.
Chunki algoritmlar sizni yuqoriga ko‘taradi va yana ko‘proq odamga ko‘rsatadi.

📌 FORMULA (foizda):

Engagement rate = (Harakatlar soni ÷ Ko‘rishlar soni) × 100

Masalan:
500 ta ko‘rish bo‘lsa, 50 ta harakat (like, comment va h.k.) bo‘lsa

Engagement = (50 ÷ 500) × 100 = 10%

📈 QANDAY OSHIRISH MUMKIN?

Qiziqarli savollar bering
Hissiy postlar yozing (shaxsiy fikr, voqea)
Foydali maslahatlar bering
Mijoz fikrini so‘rang
Stories’da ovoz berish, savol javob qiling
Izohlarga aktiv javob yozing

🧠 XULOSA:
Oxvat – sizni nechta odam ko‘rdi
Vovlechyonnost – kim siz bilan “muloqot” qildi

Faqat ko‘rish emas, aloqa va qiziqish muhim.
Eng yaxshi kontent – bu odamni harakatga undaydigan kontent.

@nodirbek_abdulhaev
Vov, Seulda dunyodagi eng baland charxpalagi qurilmoqda ekan!

XVII asrdagi Janubiy Koreya astronomik soatlaridan ilhomlangan bu inshoot ham ikki halqadan iborat bo‘lib, balandligi 180 metrga yetadi.

Qurilish ishlari 2025-yilda boshlanib, 2028-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 769 million dollarni tashkil etadi.

@nodirbek_abdulhaev
📌 Savdoda emotsional trigger nima? Oddiy qilib tushuntiraman.

Emotsional trigger — bu mijoz miyasi ichidagi tugma. Shu tugmani bossang, u fikrlamaydi, u hissiyotga beriladi.

🧠 Fikr = mantiq
❤️ Hissiyot = xarid

🎯 Oddiy misol:

Farzandlar uchun kiyim sotasiz. Shunday deyishingiz mumkin:

🔸 «Premium sifat, 95% paxta»

Yoki boshqacha:

🔹 «Bu futbolka bolangizning eng sevimli kiyimi bo‘ladi — onasining quchog‘idek yumshoq.»

Birinchisi — fakt.
Ikkinchisi — hissiyot, tasavvur, mehr.

🧩 Emotsional triggerni yoqadigan iboralar:
• «Ko‘z oldingizga keltiring…»
• «Sizni qanday his qilishingizni tasavvur qiling…»
• «Xuddi buvi uyingizdagidek qulaylik»
• «Farzandingiz uchun ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi»
• «Endi bu muammo yo‘q bo‘ladi…»
• «Ishonchingiz har kuni ortadi»
• «Bolangiz ko‘zidagi quvonch»
• «Xuddi bolalikday…»

Bular — xotira, tasavvur, qo‘rquv yoki orzuni ishga soladi.

💥 Emotsional trigger formulasi:

Hissiyot + Tasvir + Mijoz foydasi

Misol:
«Dazmolga ketadigan vaqtingizni tejaysiz — o‘rniga bolangiz bilan o‘ynaysiz»
(Hissiyot: baxt, Tasvir: oila, Foyda: vaqt)


🚫 Ko‘p uchraydigan xatolar:
1. Juda umumiy gaplar ishlatish:
«Bu zo‘r»
«Xuddi siz uchun tikilgandek qulay o‘tiradi»
2. O‘zingiz haqida gapirish:
«Biz harakat qildik»
«Siz shunaqa kiyim olasizki, echgingiz kelmaydi»
3. Ortiqcha dramatizatsiya:
«Baxtdan yig‘lab yuborasiz» — hammaga bu yoqmaydi

🔚 Xulosa:
Hissiyot bu — drama emas.
Hissiyot bu — mijoz o‘zini sizning taklifingizda ko‘rishi.
His qildi → Tasavvur qildi → Xohladi → Xarid qildi.

@nodirbek_abdulhaev
Midjourney Simpsonlarga "insoniy qiyofa" berdi

Kichkintoy Meggi ayniqsa jozibador chiqdi

Chamasi, bir-ikki yildan so‘ng neyron tarmoqlar butun boshli filmlarni yaratishni bemalol uddalay oladigan bo‘ladi.

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Memlarni zo’r joylashipti. Bizam Chingiz memlari bilan olib ko’raylikmikin-a 😅

🔗cafellinikz

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni montajiga mazza qildim, dynamic 🔥 musiqqga ideal tushgan.

🔗rajstudioo

@nodirbek_abdulhaev