Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
136 subscribers
713 photos
263 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
2-TAYM

🇦🇪 BAA 0:0 O’ZBEKISTON 🇺🇿

Duoda bo’ling, bugun tarixda ilk bor Jaxon Chempionatiga chiqishimiz mumkin!

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alhamdulillah ♥️🔥🔥🔥

Biz AQSHGA boramiz ♥️

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
Yo Alloh, man buni ko’rdim ♥️

Aynan shu kunni ko’rmagan nechta muhlislar o’tib ketishdi. Lekin aynan bizni davrimizga tog’ri kelgani, bu albatta bizning eng omadli ekanligimizdir 😊♥️

JCHga pley-off orqali emas, aynan tog’ridan to’g’ri chiqdik bu katta natija ♥️

@nodirbek_abdulhaev
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayitga eng yaxshi sovg’a 🫀🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕌 Qurbon Hayiti Muborak Bo‘lsin! 🌙

Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni ulug‘ va muqaddas bayram – Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman! 🌟

Bu muqaddas kun bizga mehr-oqibat, saxovat, sabr-toqat va insoniylik fazilatlarini eslatadi. 🤝💖
Alloh qilgan duo va ibodatlaringizni qabul qilsin, xonadoningizga fayzu baraka, qalbingizga tinchlik va farovonlik ato etsin. 🏡🌾

Doimo sog‘-salomat bo‘ling, oilangiz bilan birga har bir kuningiz bayramday o‘tsin! 🎉👨‍👩‍👧‍👦
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, rizqimiz mo‘l-ko‘l bo‘lsin, inshaAlloh! 🇺🇿🕊

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
🕋🐑

@nodirbek_abdulhaev
2
#challenge

📌 CTR – REKLAMANGIZ QANCHA QIZIQISH UYĞOTDI?

CTR (Click-Through Rate) – bu reklamangizni ko‘rganlardan qanchasi bosganini ko‘rsatadigan raqam.
Oddiy qilib aytganda: reklama ko‘rilgan, lekin bosilmagan bo‘lsa – foydasi yo‘q.

CTR – reklamaning diqqat jalb qilish darajasini o‘lchaydi.

🔢 FORMULA:

CTR (%) = (Bosganlar soni ÷ Ko‘rganlar soni) × 100

MISOL:

👟 Siz ayollar uchun sport to‘plam reklamasini berasiz.
• Reklamani 10 000 kishi ko‘rdi
• Ulardan 300 kishi bosdi

CTR = 300 ÷ 10 000 × 100 = 3%

Demak, 3% odam reklama sizga qiziqib, ustiga bosgan.

🎯 YAXSHI CTR NECHCHA?
• Instagram reklamalari uchun o‘rtacha CTR: 0.5% – 1.5%
• 2% va undan yuqori bo‘lsa – juda yaxshi natija hisoblanadi.

📉 AGAR CTR PAST BO‘LSA:
• Rasmingiz odamni jalb qilmayapti.
• Matn “dardiga tegmayapti”
• Taklif ojiz
• Tugma (call to action) yo‘q yoki chalkash
• Target noto‘g‘ri tanlangan

📈 CTR OSHIRISH YO‘LLARI:
1. Bir qarashda to‘xtatadigan rasm yoki video
2. Qiziqtiradigan sarlavha – “3 kunlik aksiya”, “Faqat ayollar uchun”
3. Aniq foyda – “Ichini iliq tutadigan kostyumlar 99 000 dan”
4. Tugma – “Hoziroq buyurtma berish”, “Batafsil ko‘rish”

📌 XULOSA:

CTR – bu odamlar reklamangizga befarq emasligini isbotlovchi raqam. U orqali siz reklamangiz qiziqtiryaptimi yoki yo‘qmi, aniqlaysiz.

Agar CTR past bo‘lsa – reklama matni, rasm, taklif ustida ishlash kerak.

@nodirbek_abdulhaev
4
#challenge

📌 CPC / CPA / CPM – REKLAMA PULI QANDAY HISOBLANADI?

Marketingda siz reklama uchun pul to‘laysiz. Ammo qanday holatda to‘laysiz – bu muhim savol.

Reklama platformalari (Facebook, Instagram, Google) odatda 3 xil asosda hisoblaydi:

1️⃣ CPC – Cost Per Click

👉 Har bir bosish uchun qancha to‘layotganingiz.

📌 Misol: Siz reklamaga 100 000 so‘m sarfladingiz.
Uni 200 kishi bosdi.
Demak, 1 klik = 500 so‘m.

Bu usul, agar sizga muhim bo‘lsa: “Kimdir sahifamga kirsa bas”, aynan sizga to‘g‘ri keladi.

2️⃣ CPA – Cost Per Action

👉 Foydalanuvchi harakat qilganida to‘lanadi. Masalan: forma to‘ldirdi, yozdi, ro‘yxatdan o‘tdi, xarid qildi.

📌 Misol: Siz reklama uchun 150 000 so‘m sarfladingiz.
Undan 10 kishi buyurtma berdi.
Demak, 1 xaridor = 15 000 so‘m.

CPA – natijaga asoslangan reklama. Pul faqat foydali harakat uchun ketadi.

3️⃣ CPM – Cost Per Mille (1000 ko‘rsatish uchun narx)

👉 Reklamangizni 1000 marta ko‘rsatish uchun qancha to‘laysiz.

📌 Misol: Siz 50 000 so‘m sarfladingiz, reklamangiz 10 000 marta ko‘rsatildi.
CPM = 50 000 ÷ 10 = 5 000 so‘m

CPM – agar siz brending qilmoqchi bo‘lsangiz, ko‘proq odam ko‘rishini istasangiz foydali.

🧠 QANDAY TANLASA BO‘LADI?

Maqsad Model
Trafik kerak (bosish) CPC
Faqat buyurtma kerak CPA
Ko‘rsatish, taniqlilik CPM

📌 XULOSA:

Siz reklama qilayotganingizda:
“Men nimaga pul to‘layapman?” degan savolni tushunib, shunga qarab strategiya tanlang.

Reklama – bu sarmoya. Uni to‘g‘ri hisoblasangiz – foyda ko‘payadi, yo‘qsa pul ketaveradi.

@nodirbek_abdulhaev
2
#challenge

📌 RETARGETING – BIR MARTA QARAGAN MIJOZGA YANA REKLAMA KO‘RSATISH

Retargeting (yoki qayta nishonga olish) – bu sizning sahifangizga kirgan, mahsulotni ko‘rgan, lekin sotib olmagan mijozlarga yana reklama ko‘rsatish strategiyasi.

Odam har doim birinchi marta ko‘rib turib sotib olmaydi. Retargeting – eslatish, ogohlantirish va xaridga undash yo‘lidir.

🎯 MISOL:

👕 Siz sport kostyumlar sotasiz. Ayol Instagramda reklamangizni ko‘rib, sahifangizga kirdi, lekin:
• Hech narsa yozmadi
• Buyurtma bermadi
• Chiqib ketdi

Retargeting orqali siz unga yana reklama ko‘rsatasiz:
“Siz ko‘rgan sport to‘plam endi 10% chegirma bilan!”

Natijada – mijoz eslaydi, qiziqadi va sotib oladi.

📊 NIMA FOYDA?
• Siz qiziqish bildirgan, lekin sotib olmaganlar bilan ishlaysiz
• Bu auditoriya eng yaqin xaridorlar hisoblanadi
• Retargeting reklama arzonroq bo‘ladi
• Savdo konversiyasi yuqori bo‘ladi

🔄 QAYSI HOLATLARDA RETARGETING QILINADI?
1. Saytingizga kirganlar
2. Sahifangizni ko‘rganlar
3. Savatga solib, lekin tugatmaganlar
4. Postlaringiz bilan o‘zaro aloqa qilganlar (like, comment)
5. Story’ni ko‘rganlar

🔧 QANDAY QILISH MUMKIN?
• Facebook Ads Manager’da “Custom Audience” yaratish
• “Website visitors”, “Instagram engagers” kabi variantlar tanlash
• Maxsus reklama tayyorlash: eslatuv, chegirma, cheklangan taklif

📌 XULOSA:

Marketingda “Yana bir marta ko‘rsatish” – sotuvni 2 baravar oshirishi mumkin.
Retargeting – bu potentsial mijoz bilan aloqa uzilmasligi uchun eng kuchli vosita.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
Forwarded from Asrorbek Abdulhaev
Nahotki sevib qolish ko‘ngil qo’yish shunchalik qiyin

Sizlar qanday eplayabsizlar ?