Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
712 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
👋 Pen pal degan so‘z eshitganmisiz?

Bu — hech qachon ko‘rmagan, faqat xat orqali muloqot qilgan do‘st degani. Oldinlari bu xatlar pochta orqali kelardi, hozir esa email yoki messengerdan.

Menda shunday pen pal do‘stlar ko‘p bo‘lgan — Indoneziya, Hindiston, Janubiy Koreyadan. Har biri bilan ingliz tilida yozishganmiz, madaniyat, hayot tarzi, orzular haqida gaplashganmiz. Juda qiziqarli tajriba edi!


Ayniqsa, o‘sha vaqtda xorijlik bilan muloqot qilish — bu katta dunyoni derazadan tomosha qilishdek edi. 🌏

Sizda ham shunaqa tajriba bo‘lganmi?

Aytkancha til o’rganuvchilar uchun eng zo’r usuli aynan shu, bu uchun bir nechta ilova tavsiya qilishim mumkin:

1. HelloTalk
2. Tandem
3. Speak Pal


@nodirbek_abdulhaev
#challenge

📌 TRIPWIRE – “HA” DEYISHNI OSON QILADIGAN TAKLIF

Tripwire – bu marketingdagi maxsus narxli mahsulot yoki xizmat bo‘lib, asosiy maqsadi – odamni ilk marta xarid qilishga undash.

Bu mahsulot orqali foyda ko‘rilmasligi mumkin, lekin mijoz siznikiga aylanishi – katta yutuq.

🎯 NIMA UCHUN TRIPWIRE?
• Odam sizdan birinchi marta nimanidir sotib oladi
• Sizga ishonch ortadi
• Keyin u asosiy, qimmat mahsulotni olishga tayyor bo‘ladi

MISOL:

👚 Siz erkaklar va ayollar kiyimlarini sotasiz.
Asosiy to‘plamlar narxi 250 000 – 400 000 so‘m.

Siz tripwire sifatida:
→ “100% paxtali futbolka – faqat bugun 69 000 so‘mga” deysiz.

Bu orqali odam:
• Sizga yozadi
• Pul to‘laydi
• Sizni sinab ko‘radi
• Ishonch orttiradi

Va keyinchalik siz unga:
• Sport to‘plam
• Kostyum
• Oilaviy to‘plam kabi katta paketlarni sotasiz

🧠 MUHIM XUSUSIYATLARI:
1. Narxi past, lekin qiymati yuqori
2. Sifat – yuqori bo‘lishi shart (mijozni yo‘qotmang!)
3. Zaxirada yetarli bo‘lishi kerak
4. Taklif cheklangan: “Bugungacha”, “50 dona”, “1 kishi – 1 dona”

🔥 BONUS G‘OYA:

Ayollar kiyimi uchun:
“5 ta mashhur rangdagi ro‘mol – atigi 49 000 so‘m, faqat bugun.”

Keyinchalik unga tunika, to‘plam, aksessuar sotiladi.

📌 XULOSA:

Tripwire – bu daromad emas, mijoz olish strategiyasi. Agar siz birinchi xaridni tezlashtirsangiz – keyingi sotuvingizni ham kafolatlaysiz.

@nodirbek_abdulhaev
1
#challenge

📌 UP-SELL VA CROSS-SELL – BITTA XARIDORGA KO‘PROQ SOTISH SIRI

Up-sell va Cross-sell – bu sizga allaqachon xarid qilayotgan odamga yana qo‘shimcha mahsulot yoki qimmatroq variantni taklif qilish strategiyasi.

Bular yordamida bir mijozdan ko‘proq daromad olish mumkin.

🎯 FARQI NIMA?
Up-sell – qimmatroq, yaxshiroq variantni taklif qilish
Cross-sell – asosiy mahsulotga qo‘shimcha mahsulot taklif qilish

MISOLLAR:

👕 Siz erkaklar uchun futbolka sotasiz (asosiy mahsulot – 99 000 so‘m).

UP-SELL:
“Bu futbolkaning premium versiyasi bor – paxtasi zichroq, rang bermaydi – 149 000 so‘m.”

CROSS-SELL:
“Sizga mos keladigan shorti ham bor – faqat bugun 79 000 so‘mga.”

Odam qimmatrog‘ini yoki qo‘shimchasini olsa – sizning foydangiz oshadi.

🛠 QANDAY TAKLIF QILISH?
• Savdo vaqtida: “Siz olgan mahsulotga eng ko‘p sotiladigani bu…”
• Saytda: “Buni olganlar bularni ham olishgan”
• Korzinka (savat) bosqichida: “Yana shularni ham qo‘shishni istaysizmi?”
• Yetkazib berishda: “Keyingi safar sizga mos to‘plam olib kelaylikmi?”

📌 XULOSA:

Siz yangi mijoz topishga ko‘p pul sarflaysiz.
Lekin mavjud mijozga yana bir narsa sotish – eng arzon va eng foydali strategiya.

Up-sell va Cross-sell bilan o‘rtacha chekni oshiring va har bir mijozdan maksimal daromad oling.

@nodirbek_abdulhaev
2
🕋 Arafa Kuni Muborak Bo‘lsin! 🤲🌙

Aziz yurtdoshlar!
Bugun — Allohga eng yaqin kunlardan biri, Arafa kuni. Bu kun duo va istagimiz qabul bo‘lishiga eng yaqin vaqtlardan biridir. 🕌

Sizlarni ushbu fazilatli kun bilan chin dildan tabriklayman!
Alloh taolodan barchangizga sog‘liq, tinchlik, baxt va fayzu baraka tilab qolaman. 💫🤲

Bugun qilinadigan har bir duo, o‘qiladigan Qur’on, aytiladigan istig‘for — gunohlarimizga kafforat, qalbimizga nur bo‘lsin. 📿🕯

Ota-onangizga, yaqinlaringizga, butun musulmon ummatiga duo qilishni unutmang!
Bu kun — mehr, kechirim va samimiylik kunidir. 💞🫂

Arafa kuni muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin, hayitimiz xayrli kelsin! 🇺🇿🕊

@nodirbek_abdulhaev
5🔥1👏1
#challenge

📌 TARGET – REKLAMANI TO‘G‘RI ODAMLARGA KO‘RSATISH

Target (yoki “targeting”) – bu siz reklama qilmoqchi bo‘lgan aniq auditoriyani tanlash jarayoni. Har kimga emas, faqat sizdan xarid qilishi mumkin bo‘lgan odamlarga reklama ko‘rsatishdir.

🎯 NIMA UCHUN MUHIM?

“Hammaga reklama” – bu pulni shamolga sovurish.
“O‘z mijozim kim?” degan savolga aniq javob topib, faqat shu odamlarga reklama berish – bu marketing.

MISOL:

👶 Siz Fluggi Wear’da bolalar kiyimlari sotasiz.

Sizga kerakli auditoriya:
Ayollar
Yoshi 22–40
Farzandi bor (1–10 yosh)
O‘zbekistonda yashaydi, ayniqsa Namangan, Andijon, Farg‘ona
Instagram ishlatadi, online buyurtma berib ko‘rgan

Aynan shular sizning ideal mijozingiz – reklama shularning “ekraniga tushishi” kerak.

🎯 TARGET TUR(LARI):
1. Geografik – Qaysi hududda yashaydi (masalan, faqat Namangan)
2. Demografik – Yoshi, jinsi, oilaviy holati
3. Qiziqishlari – Kimni kuzatadi, nimalarga qiziqadi
4. Harakati – Internetda nimalarni bosgan, nimalarni ko‘rgan
5. Retargeting – Oldin sahifangizga kirgan, lekin sotib olmaganlar

📈 NATIJASI:

To‘g‘ri tanlangan target:
Reklamaga ko‘p odam bosadi
Yozuvlar ko‘payadi
Savdo ko‘tariladi
Reklama narxi tushadi (CPM / CPL)

📌 XULOSA:

Marketingda eng katta savol:
“Men kimga sotmoqchiman?”

Javob topilsa – pul ketmaydi, savdo tushmaydi, mijoz topish osonlashadi.

@nodirbek_abdulhaev
1
2-TAYM

🇦🇪 BAA 0:0 O’ZBEKISTON 🇺🇿

Duoda bo’ling, bugun tarixda ilk bor Jaxon Chempionatiga chiqishimiz mumkin!

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alhamdulillah ♥️🔥🔥🔥

Biz AQSHGA boramiz ♥️

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
Yo Alloh, man buni ko’rdim ♥️

Aynan shu kunni ko’rmagan nechta muhlislar o’tib ketishdi. Lekin aynan bizni davrimizga tog’ri kelgani, bu albatta bizning eng omadli ekanligimizdir 😊♥️

JCHga pley-off orqali emas, aynan tog’ridan to’g’ri chiqdik bu katta natija ♥️

@nodirbek_abdulhaev
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM