Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Uchrashuv yakunlandi !

🇪🇺 Chempionlar ligasi | Final

🇫🇷 PSJ 5:0 "Inter" 🇮🇹

⚽️ Gollar: Hakimi 12, Due 20, 63; Kvaratsxeliya 73, Mayulu 86.

@nodirbek_abdulhaev
🇫🇷 Biz ketsak yer kengayib qolar....

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bunaqasi_bo’lmagan

Bir inson sabab uch marta uchgan samolyot uch marta ortga qaytdi…

Liviyalik Amir ismli odam “Haj 2025” safari uchun niyat qildi. Aeroportga keldi, ammo nazoratdan o‘tish paytida ismi bilan bog‘liq muammo chiqdi. Hammasi — barcha ziyoratchilar uchib ketdi, eshiklar yopildi. Samolyot Amirsiz havoga ko‘tarildi.

Aeroport xodimi: “Aftidan, Haj sizga nasib qilmagan”, dedi. Ammo… Yaratganning irodasi boshqa edi. Samolyotda nosozlik aniqlandi va u qaytdi. Ikkinchi marta ham samolyot Amirsiz uchdi va yana ortga qaytdi. Uchinchi marta uchish arafasida uchuvchi:
“Amir samolyotga chiqmaguncha, men uchmayman”, dedi.

Va nihoyat… Amir Allohning izni bilan Saudiya Arabistoniga yetib bordi. Haqiqiy niyat, chin ixlos va sabr — samarasiz qolmaydi.

@nodirbek_abdulhaev
4
#challenge

📌 SAVDO SKRIPTI – QANDAY GAPIRSANGIZ, SHUNDAY SOTASIZ

Savdo Skripti – bu sotuvchini nima deyishini aniq rejalashtirib qo‘ygan matn. U telefonda, yozishda yoki yuzma-yuz savdolarda ishlatiladi.

Bu sizga:
• Hech narsani unutmaslikka
• Ishonch bilan gapirishga
• Har bir mijozga bir xil yondashishga yordam beradi.

🎯 NIMA UCHUN KERAK?

Har doim boshqacha gapirsa – natija boshqacha bo‘ladi.
Skript bo‘lsa – jarayon standartlashadi, test qilib ko‘riladi, natija oshadi.

SKRIPT TUZILMASI:
1. Salomlashish va tanishtirish
“Assalomu alaykum! Sizga yozganimizga sabab – sport kiyimlarimizni ko‘rgansiz.”
2. Muammoni aniqlash
“Qanday turdagi kiyim izlayapsiz? Sport zal uchunmi yoki kundalik kiyinishga?”
3. Yechim taklifi
“Sizga mos to‘plam bor: paxtali, ichini qizitadigan, narxi ham mos.”
4. Ijtimoiy dalil (isbot)
“O‘tgan oyda 300+ ayol aynan shu modelni tanladi.”
5. Cheklangan taklif
“Bugun olsangiz – yetkazib berish tekin. Ertaga narx ko‘tariladi.”
6. Savdoni yopish (yakunlash)
“Qaysi rangni olib qo‘yaylik? Olcham M yoki L?”

🧠 MASLAHAT:
• Skript mijozga qulay, sodda tilda bo‘lishi kerak.
• Javoblar tabiiy eshitilishi lozim – robotday emas.
• Har 2-3 haftada natijaga qarab yangilang.

📌 XULOSA:

Skripti savdo – bu sotuvni o‘z qo‘lingizga olish vositasi. Yaxshi skript mijozni o‘ylantirmaydi, shubhani kamaytiradi va savdoni tezlashtiradi.

@nodirbek_abdulhaev
4
#challenge

📌 KONVERSIYA – KIMLAR FAQAT KO‘RDI, KIMLAR SOTIB OLDI?

Konversiya — bu sizga kirgan odamlarning nechta foizi amaliyot qildi, ya’ni yozdi, buyurtma berdi yoki xarid qildi.

Bu sizga reklamangiz, sahifangiz, sotuvchilaringiz qanchalik samarali ishlayotganini ko‘rsatadi.

🔢 FORMULA:

Konversiya (%) = (Ma’lum bir amalni bajargan odamlar soni ÷ Kirgan odamlar soni) × 100

MISOL:

👟 Siz krossovka sotasiz.
Instagram reklamasi orqali sahifangizga 10 000 kishi kirdi.
Shulardan 300 kishi yozdi – bu yozishga konversiya:
→ 300 ÷ 10 000 × 100 = 3%

300 kishidan 90 tasi sotib oldi – bu xaridga konversiya:
→ 90 ÷ 10 000 × 100 = 0.9%

🎯 KONVERSIYA TUR(LAR)I:
1. Saytga kirishdan yozishga (Lead generation)
2. Yozishdan sotib olishgacha (Sales conversion)
3. Reklama ko‘rishdan raqam qoldirishgacha
4. Telegramga o‘tishdan kanalga a’zo bo‘lishgacha

📉 KONVERSIYA PAST BO‘LSA:
• Sahifa ishonch uyg‘otmayapti
• Mahsulot nomuvofiq
• Narx yoki xizmat tushunarsiz
• Javoblar sust yoki kechikkan
• Mahsulot sifati noaniq

📈 QANDAY OSHIRSA BO‘LADI?
• Kuchli va aniq matn
• Foydalanuvchi uchun qulay sahifa (UX)
• Jozibali taklif
• Isbot (mijozlar fikri, video)
• Tezkor va samimiy javoblar

📌 XULOSA:

Konversiya – bu sizga kirgan odamlar orasidan qancha real xaridor chiqayotganini o‘lchaydigan asosiy raqam.

Uni har hafta kuzating va har bir bosqichda oshirish ustida ishlang.

@nodirbek_abdulhaev
2👍2🔥1
👋 Pen pal degan so‘z eshitganmisiz?

Bu — hech qachon ko‘rmagan, faqat xat orqali muloqot qilgan do‘st degani. Oldinlari bu xatlar pochta orqali kelardi, hozir esa email yoki messengerdan.

Menda shunday pen pal do‘stlar ko‘p bo‘lgan — Indoneziya, Hindiston, Janubiy Koreyadan. Har biri bilan ingliz tilida yozishganmiz, madaniyat, hayot tarzi, orzular haqida gaplashganmiz. Juda qiziqarli tajriba edi!


Ayniqsa, o‘sha vaqtda xorijlik bilan muloqot qilish — bu katta dunyoni derazadan tomosha qilishdek edi. 🌏

Sizda ham shunaqa tajriba bo‘lganmi?

Aytkancha til o’rganuvchilar uchun eng zo’r usuli aynan shu, bu uchun bir nechta ilova tavsiya qilishim mumkin:

1. HelloTalk
2. Tandem
3. Speak Pal


@nodirbek_abdulhaev
#challenge

📌 TRIPWIRE – “HA” DEYISHNI OSON QILADIGAN TAKLIF

Tripwire – bu marketingdagi maxsus narxli mahsulot yoki xizmat bo‘lib, asosiy maqsadi – odamni ilk marta xarid qilishga undash.

Bu mahsulot orqali foyda ko‘rilmasligi mumkin, lekin mijoz siznikiga aylanishi – katta yutuq.

🎯 NIMA UCHUN TRIPWIRE?
• Odam sizdan birinchi marta nimanidir sotib oladi
• Sizga ishonch ortadi
• Keyin u asosiy, qimmat mahsulotni olishga tayyor bo‘ladi

MISOL:

👚 Siz erkaklar va ayollar kiyimlarini sotasiz.
Asosiy to‘plamlar narxi 250 000 – 400 000 so‘m.

Siz tripwire sifatida:
→ “100% paxtali futbolka – faqat bugun 69 000 so‘mga” deysiz.

Bu orqali odam:
• Sizga yozadi
• Pul to‘laydi
• Sizni sinab ko‘radi
• Ishonch orttiradi

Va keyinchalik siz unga:
• Sport to‘plam
• Kostyum
• Oilaviy to‘plam kabi katta paketlarni sotasiz

🧠 MUHIM XUSUSIYATLARI:
1. Narxi past, lekin qiymati yuqori
2. Sifat – yuqori bo‘lishi shart (mijozni yo‘qotmang!)
3. Zaxirada yetarli bo‘lishi kerak
4. Taklif cheklangan: “Bugungacha”, “50 dona”, “1 kishi – 1 dona”

🔥 BONUS G‘OYA:

Ayollar kiyimi uchun:
“5 ta mashhur rangdagi ro‘mol – atigi 49 000 so‘m, faqat bugun.”

Keyinchalik unga tunika, to‘plam, aksessuar sotiladi.

📌 XULOSA:

Tripwire – bu daromad emas, mijoz olish strategiyasi. Agar siz birinchi xaridni tezlashtirsangiz – keyingi sotuvingizni ham kafolatlaysiz.

@nodirbek_abdulhaev
1
#challenge

📌 UP-SELL VA CROSS-SELL – BITTA XARIDORGA KO‘PROQ SOTISH SIRI

Up-sell va Cross-sell – bu sizga allaqachon xarid qilayotgan odamga yana qo‘shimcha mahsulot yoki qimmatroq variantni taklif qilish strategiyasi.

Bular yordamida bir mijozdan ko‘proq daromad olish mumkin.

🎯 FARQI NIMA?
Up-sell – qimmatroq, yaxshiroq variantni taklif qilish
Cross-sell – asosiy mahsulotga qo‘shimcha mahsulot taklif qilish

MISOLLAR:

👕 Siz erkaklar uchun futbolka sotasiz (asosiy mahsulot – 99 000 so‘m).

UP-SELL:
“Bu futbolkaning premium versiyasi bor – paxtasi zichroq, rang bermaydi – 149 000 so‘m.”

CROSS-SELL:
“Sizga mos keladigan shorti ham bor – faqat bugun 79 000 so‘mga.”

Odam qimmatrog‘ini yoki qo‘shimchasini olsa – sizning foydangiz oshadi.

🛠 QANDAY TAKLIF QILISH?
• Savdo vaqtida: “Siz olgan mahsulotga eng ko‘p sotiladigani bu…”
• Saytda: “Buni olganlar bularni ham olishgan”
• Korzinka (savat) bosqichida: “Yana shularni ham qo‘shishni istaysizmi?”
• Yetkazib berishda: “Keyingi safar sizga mos to‘plam olib kelaylikmi?”

📌 XULOSA:

Siz yangi mijoz topishga ko‘p pul sarflaysiz.
Lekin mavjud mijozga yana bir narsa sotish – eng arzon va eng foydali strategiya.

Up-sell va Cross-sell bilan o‘rtacha chekni oshiring va har bir mijozdan maksimal daromad oling.

@nodirbek_abdulhaev
2
🕋 Arafa Kuni Muborak Bo‘lsin! 🤲🌙

Aziz yurtdoshlar!
Bugun — Allohga eng yaqin kunlardan biri, Arafa kuni. Bu kun duo va istagimiz qabul bo‘lishiga eng yaqin vaqtlardan biridir. 🕌

Sizlarni ushbu fazilatli kun bilan chin dildan tabriklayman!
Alloh taolodan barchangizga sog‘liq, tinchlik, baxt va fayzu baraka tilab qolaman. 💫🤲

Bugun qilinadigan har bir duo, o‘qiladigan Qur’on, aytiladigan istig‘for — gunohlarimizga kafforat, qalbimizga nur bo‘lsin. 📿🕯

Ota-onangizga, yaqinlaringizga, butun musulmon ummatiga duo qilishni unutmang!
Bu kun — mehr, kechirim va samimiylik kunidir. 💞🫂

Arafa kuni muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin, hayitimiz xayrli kelsin! 🇺🇿🕊

@nodirbek_abdulhaev
5🔥1👏1
#challenge

📌 TARGET – REKLAMANI TO‘G‘RI ODAMLARGA KO‘RSATISH

Target (yoki “targeting”) – bu siz reklama qilmoqchi bo‘lgan aniq auditoriyani tanlash jarayoni. Har kimga emas, faqat sizdan xarid qilishi mumkin bo‘lgan odamlarga reklama ko‘rsatishdir.

🎯 NIMA UCHUN MUHIM?

“Hammaga reklama” – bu pulni shamolga sovurish.
“O‘z mijozim kim?” degan savolga aniq javob topib, faqat shu odamlarga reklama berish – bu marketing.

MISOL:

👶 Siz Fluggi Wear’da bolalar kiyimlari sotasiz.

Sizga kerakli auditoriya:
Ayollar
Yoshi 22–40
Farzandi bor (1–10 yosh)
O‘zbekistonda yashaydi, ayniqsa Namangan, Andijon, Farg‘ona
Instagram ishlatadi, online buyurtma berib ko‘rgan

Aynan shular sizning ideal mijozingiz – reklama shularning “ekraniga tushishi” kerak.

🎯 TARGET TUR(LARI):
1. Geografik – Qaysi hududda yashaydi (masalan, faqat Namangan)
2. Demografik – Yoshi, jinsi, oilaviy holati
3. Qiziqishlari – Kimni kuzatadi, nimalarga qiziqadi
4. Harakati – Internetda nimalarni bosgan, nimalarni ko‘rgan
5. Retargeting – Oldin sahifangizga kirgan, lekin sotib olmaganlar

📈 NATIJASI:

To‘g‘ri tanlangan target:
Reklamaga ko‘p odam bosadi
Yozuvlar ko‘payadi
Savdo ko‘tariladi
Reklama narxi tushadi (CPM / CPL)

📌 XULOSA:

Marketingda eng katta savol:
“Men kimga sotmoqchiman?”

Javob topilsa – pul ketmaydi, savdo tushmaydi, mijoz topish osonlashadi.

@nodirbek_abdulhaev
1
2-TAYM

🇦🇪 BAA 0:0 O’ZBEKISTON 🇺🇿

Duoda bo’ling, bugun tarixda ilk bor Jaxon Chempionatiga chiqishimiz mumkin!

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1