Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
722 photos
266 videos
5 files
117 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugundan shahsiy blog yuritishga qaror qildim.

O’z chekinmalarim, xayollarimdagi gaplar, dunyoda bo’layotgan voqealarga shahsiy “subyektiv” fikrlarim, kitoblarda o’qigan o’zimga yoqqan va to’g’ri deb bilgan jumlalarim, qiziqarli ma’lumotlar bilan va albatta hayotim bilan bo’lishib borishni istadim.

Barchaga Assalomu aleykum! Blogimda ko’rganimdan xursandman.

20.08.2024
👍5🔥31❤‍🔥1👏1😁1🐳1
Endi, albatta o’zim bilan tanishtirsam.

Nodirbek Abdulxayev Zohidjon o’g’li - 2002-yil, 08-yanvarda Namangan shahrida o’qituvchilar oilasida tug’ilganman. Dinim Islom, mazhabim - Xanafiy.

2017-yilda - Namangan shahar 49-sonli umum ta’lim maktabini 9-sinfini tamomladim.

2020-yilda - Davlatobod Yengil Sanoat Kasb-hunar kollejining Murabbiy Instruktor yo’nalishini bitirdim.

2023-yilda - Namangan Davlat Universiteti - Jismoniy madaniyat fakultetini tamomladim.

2023-yil sentabr oyidan buyon, sirtqi ta’lim ikkinchi mutaxassislik asosida Mirzo Ulug’bek nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali - Axborot xavfsizligi talabasiman.

2012-yildan - 2021-yilgacha sportning Suv polosi turi bilan shug’ilanganman. Sport ustasiga nomzod toifasiga egaman.



Karyeram xaqida qisqacha,

2019-2020 - Imron Textile Group - PR-Manager, Savdo menejeri lavozimlarida ishladim.

2021 - Muazzam Textile - Savdo menejeri

2021-yil noyabr oyidan buyon, FLUGGI MCHJ korxonasiga asos solib xozirda korxona rahbari lavozimida faoliyat olib boryapman.

Korxonamiz IT va marketing sohalarida xizmat ko’rsatadi.
❤‍🔥5👍2🔥211👏1😍1🐳1
Hayotga qo’ygan eng yuksak maqsadlarim:

1. Robbimning rizoligi.

2. Ota-onamning roziligi.

3. Ummat ravnaqi uchun foydali va manfaatli inson bo’lib yetishish.

4. Insonlarning dardlariga shifo ulashishga qodir bo’lgan boylikka erishish.

5. Go’zal oila qurish va solih-soliha, muhsin farzandlarni tarbiya qilish.

6. Yuksak bilimlarga ega tojir va tadbirkor bo’lish.

7. Kamida 1000 ta shogirt tarbiyalash.


Bu ro’yxat albatta kun sayin to’ldirib boriladi, chunki biz nafas olamizki yangi ilm o’rganamiz va albatta yangi orzu-maqsadimiz paydo bo’ladi.
❤‍🔥3👍32🐳2🏆2
Keling, xronometraj bo’yicha tanishtirib boraman.

Manimcha o’zimni oldingi ishlarimni tanishtirishimga bir oycha yetsa kerak.

2019-yil sentabr oyi. Moskva shahri, Textilegprom 2019 Xalqaro Tekstil ko’rgazmasidan lavha.

Imron Textile korxonasi uchun xayotimdagi eng yorqin voqealarga start berishgani va bunday muhim vazifani “yosh” menga ishonishganiga minnatdorman.
3🔥21🥰1👏1🐳1