Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
21.05.2008 ♥️

Manchester United Chempionlar Ligasi kubogi bilan.

Bugun albatta kubok egasi bo’lamiz ♥️🔥

Qani boshlandi 🙂‍↔️

@nodirbek_abdulhaev
4
Yoshligingizda uylaning.
Chunki yoshingiz ulg’aygani sari siz dono bo’lasiz, donolar uylanmaydi.


Agata Kristi
4😁3🤔2
#challenge

📌 MAQSADLI AUDITORIYA (MA) – BU KIM?

Har bir biznes o‘z mahsulotini “hamma uchun” qilmaydi. Chunki har bir mahsulotni aynan unga muhtoj odamlar sotib oladi. Ana shu odamlar — sizning MAQSADLI AUDITORIYANGIZ, ya’ni asosiy mijozlaringiz.

🎯 MAQSADLI AUDITORIYA — bu sizning mahsulotingiz yoki xizmatingizni sotib olish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan odamlar guruhi.

MASALAN:

Agar siz bolalar kiyimi sotsangiz:
• Sizning MA — onalar va otalar, yoshi 25-45, bolalari bor, bolalar salomatligi va qulayligi ular uchun muhim.

Agar siz erkaklar kostyumi sotsangiz:
• MA — 25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, to‘ylarga, ishga yoki tadbirlarga borganida chiroyli ko‘rinishni xohlaydiganlar.

❗️NEGA MA MUHIM?

Agar siz MA ni bilmasangiz:
• Noto‘g‘ri reklama qilasiz.
• Noto‘g‘ri dizayn, narx yoki til tanlaysiz.
• Pul sarflaysiz, ammo natija bo‘lmaydi.

Ammo MA ni aniq bilsangiz:
Aynan o‘sha odamlar tilida gapirasiz.
Aynan ularga mos mahsulot, narx va taklif berasiz.
Reklama arzonroq va samaraliroq bo‘ladi.

📌 XULOSA:

Maqsadli Auditoriya — bu siz kimga sotyapsiz degan savolga aniq va tushunarli javob.

@nodirbek_abdulhaev
5👍1
Challenge boshlaymizmi?

Marketingdagi eng taniqli 25 ta terminni to’liq oddiy tilda tushuntirishga xarakat qilib ko’raman.

Kuzatib boring ♥️

Men siz bilan ♥️
Go, foydali bo’ladi 👍

@nodirbek_abdulhaev
5👍3
Erkak kishi doim o’zi bilan kurashib yashaydi:

- Tanasi uxlashni xohlaydi.
- Boshi qanday qilib pul topishni o’ylaydi.
- Yuragi oilasi bilan ko’proq vaqt o’tkazishni xohlaydi.

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥51🔥1👏1
#challenge

📌 UTP – UNIKAL SAVDO TAKLIFI

UTP degani – sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qilishini oddiy va tushunarli qilib aytish.

Bu sizning asosiy afzalligingiz. Xaridorni aynan sizdan sotib olishga undaydigan sabab.

🎯 UTP BU – NIMA UCHUN AYNAN SIZ?

Savol: “Nima uchun mijoz sizni tanlashi kerak?”
Javob: “Chunki bizda…”

eng yaxshi narx
faqat tabiiy material
24 soatda yetkazib beramiz
3 yoshgacha almashtirish kafolati
buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqaramiz

MISOLLAR:

👕 TIKUVCHILIK KOMPANIYASI:

“Biz 7 kun ichida sizning dizayningiz bo‘yicha 1000 dona futbolka tikib beramiz. Yetkazib berish bepul.”

👶 BOLALAR KIYIMI DUKONI:

“Bizda faqat 100% paxta kiyimlar – chaqalog‘ingiz terisi uchun xavfsiz.”

🥖 TANDIR NON:

“Har tong yangi tandirdan – 5:30 da birinchi non tayyor!”

KO‘PCHILIK QILADIGAN XATO:
• “Sifatli, tez, arzon” – bular umumiy gaplar. Barcha raqobatchilar ham shuni aytadi.
• Siz UTP ni aniqlik va foyda bilan aytishingiz kerak.

📌 XULOSA:

UTP – bu sizning reklamangizdagi asosiy gap. U orqali mijoz darrov tushunishi kerak: “Ha, aynan mana shu menga kerak!”

@nodirbek_abdulhaev
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kia K5 ni Test Drayv qilib ko’rdim.

Olishga arzirkan 🔥🔥🔥

Juda tez… 7 soniyada 100 ga chiqarkan.

@nodirbek_abdulhaev
🔥42👏1
❗️Faqatgina tirik baliqlar oqimga qarshi suzadi
Dead fish go with the flow.

Bugungi kunda har kim “trend” ortidan quvmoqda. Hammaning biznesi bir xil: reklama bir xil, mahsulot bir xil, gap-so‘zlar bir xil. Natijada esa — mijoz yo‘q, farqlanish yo‘q, o‘sish yo‘q.

Agar siz haqiqiy tadbirkor bo‘lsangiz — oqimga qarshi suzishingiz kerak.
O‘z yo‘lingizni toping.
Mijoz bilan boshqacha gaplashing.
Marketingda shaxsiy yondashuv bo‘lsin.
Sotuvda hissiyot bo‘lsin, faqat narx emas.

Esda tuting: tirik bo‘lish — o‘z gapingizni ayta olish, risk qilish, boshqalar qilmayotganini qilish. Aynan shunday yondashuv sizni bozorga olib chiqadi, mijozni jalb qiladi, brendingizni kuchaytiradi.

👉 Siz hozir tirik baliqmisiz yoki oqim bo‘ylab ketayotgan o‘lik baliqmisiz?

Fikringizni kommentda qoldiring 👇

@nodirbek_abdulhaev
🔥4👍21
#challenge

📌 SAVDO VORONKASI (VORONKA PRODAJ) – MIJOZ QANDAY QILIB SOTIB OLADI?

VORONKA degani – mijoz sizni qanday topadi, qanday qiziqadi va qanday qilib sotib oladi – shu yo‘lning bosqichma-bosqich sxemasi.

Bu savdo jarayonini tushunishga, muammoli joylarni aniqlashga va konversiyani oshirishga yordam beradi.

🔻 VORONKA NIMA UCHUN “VORONKA”?

Chunki boshida ko‘p odam kiradi, oxirida esa faqat bir qismi sotib oladi.

📶 ODDIY VORONKA MISOLI:
1. E’TIBOR (Reklama)
– Instagramda post ko‘rdi.
2. QIZIQISH (Profilga o‘tdi)
– Narx, dizayn, yetkazib berishga qaradi.
3. ISTAK (Yozdi yoki telefon qildi)
– “Menga yoqdi, bolamga mana shuni olmoqchiman.”
4. HARAKAT (Sotib oldi)
– Pul to‘ladi, buyurtma berdi.

AMALIY MISOL:

👶 BOLALAR KIYIMI DUKONI
• 10 000 odam reklama ko‘rdi →
• 2000 kishi profilga o‘tdi →
• 300 ta odam yozdi →
• 100 ta odam buyurtma berdi.

Sotuv: 100 ta
Konversiya: 1% (10 000 dan 100)

Agar siz qayerda odamlar chiqib ketayotganini bilsangiz, o‘sha joyni yaxshilaysiz.
Masalan, ko‘p odam yozadi, lekin kam sotib oladi? Balki:
• Narx tushunarli emas,
• Yetkazib berish uzoq,
• Ishonch yo‘q.


📌 XULOSA:

Voronka – bu mijozning xarid yo‘li. Kim qancha kiryapti, qancha chiqyapti – buni o‘lchab borish sizga pulingizni to‘g‘ri ishlatishga yordam beradi.

@nodirbek_abdulhaev
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
49-Maktabni bitirganimga xam 8 yil bo’lipti 🥲

Man 9 yil o’qiganman xolos.

Maktab yillari davomida “E”, “G”, sinflarida va “D” sinfda bitirganman 😅

Eng ko’p xotiralar “D” sinf bilan, chunki sinf juda xam aktiv xech bir bayram shunchaki o’tib ketmasdi..

TeamBuilding tushunchasini aynan shu yerda anglab yetkanman desa xam bo’ladi.

Xozir asosan “E” klassdagila bilan ko’proq ko’rishamiz.

Sog’inaman ♥️

@nodirbek_abdulhaev
7👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xar yakshanba Fluggi Team bilan futbol yoki Counter Strike tashkillashtirib turamiz.

Yakshanbani damlarini aynan shu yerda olamiz 😁

@nodirbek_abdulhaev
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEN INTERNETDA BIZNES QILMAYMAN, MENING MAHSULOTIMNI HAMMA BILADI, DEGAN AKALAR. BU TOMONGA BIR QARAB QOʻYSIN-A...

Chunki bugun dunyo raqamli olamga ko‘chib bo‘ldi. Sizning mahsulotingiz zo‘r bo‘lishi mumkin, lekin agar uni internetda ko‘rishmasa, bilishmasa, bu mahsulot bor degan gap ham yo‘q.

Hozir odamlar kerakli narsani avval Google yoki Instagram orqali izlaydi, keyin sotib oladi.

Shuning uchun “menga reklama shart emas” deyish zamonaviy bozorga befarqlik qilishdir. Internet — bu imkoniyat, uni to‘g‘ri ishlata olganlar esa yutadi.


📍 Bozorda sizdan yomonroq mahsulot ustun bo‘lishiga rozi bo‘lasizmi?

🚀 @develup_uz / @fluggi_group @nodirbek_abdulhaev
2
#challenge

📌 KPI – ASOSIY NATIJA KO‘RSATKICHLARI

KPI — bu inglizcha so‘z: Key Performance Indicators, ya’ni Asosiy Ish Natijasi Ko‘rsatkichlari.

Oddiy qilib aytganda, bu siz yoki xodimlaringiz ishni yaxshi qilayotganmi yoki yo‘qmi, shuni o‘lchaydigan raqamli mezonlar.

NIMA UCHUN KERAK?

Agar KPI bo‘lmasa:
• Kim yaxshi ishlayapti – bilinmaydi.
• Ish ko‘pmi yoki samarasizmi – aniqlash qiyin.
• Maqtash va jazolash adolatsiz bo‘ladi.

MISOLLAR:

🛍 Sotuvchi uchun KPI:
• Kunlik/haftalik savdo summasi (masalan: 1 mln so‘m/kun)
• Kuniga nechta mijozga xizmat ko‘rsatdi (masalan: 20 kishi)
• Konversiya: kirgan mijozdan nechta sotib oldi (masalan: 30%)

📱 SMM menejer uchun KPI:
• Haftasiga nechta post + stories
• Postlarni o‘qishlar soni (reach)
• Follower o‘sishi (%)

👷‍♂️ Tikuvchi uchun KPI:
• Kuniga tikilgan buyumlar soni (masalan: 50 dona)
• Brak (nuqsonli mahsulotlar) foizi (masalan: < 2%)

⚠️ MUHIM:

KPI:
• Aniq bo‘lishi kerak: raqamli, o‘lchanadigan.
• Erishsa bo‘ladigan darajada bo‘lishi kerak.
• Hammaga tushunarli va adolatli bo‘lishi kerak.

📌 XULOSA:

KPI — bu ish yuritishda kompas. Qayerga ketayotganingizni ko‘rsatadi. Har kim o‘z KPI sini bilsa, natija ham, mas’uliyat ham oshadi.

@nodirbek_abdulhaev
7
#challenge

📌 ROI – REKLAMA QANCHALIK FOYDALI BO‘LDI?

ROI — bu inglizcha so‘z: Return on Investment, ya’ni Sarmoyaning Qaytimi.
Oddiy qilib aytganda: reklamaga sarflagan pulingiz qancha foyda keltirdi?

🔢 FORMULA:

ROI = (Foyda – Xarajat) ÷ Xarajat × 100%

MISOL:

Siz Instagram reklamasiga 1 000 000 so‘m sarfladingiz.
Reklama orqali 3 000 000 so‘mlik sotuv bo‘ldi.
Ushbu 3 milliondan foydangiz (ya’ni xarajatni ayirganda qolgan pul) – 1 500 000 so‘m.

Formulaga qo‘yamiz:

ROI = (1 500 000 – 1 000 000) ÷ 1 000 000 × 100% = 50%

Demak, reklamangiz 50% foyda keltirdi.

❗️ ROI NIMAGA KERAK?
• Pulni qayerga sarflash foydaliroq – shuni bilasiz.
• Qaysi platforma (Instagram, Telegram, banner) yaxshi ishlayapti – solishtirasiz.
• Kelajakda qanday reklama qilishni oson rejalashtirasiz.

XATOLAR:
• Sotuvni daromad deb hisoblash – noto‘g‘ri.
• ROI ni har doim “pulda” emas, “foyda” da hisoblang.

📌 XULOSA:

ROI – bu siz reklama uchun to‘lagan har 1 so‘m qancha foyda olib keldi, degan savolga aniq javob.

Aqlli tadbirkor har doim ROI ni kuzatadi va past natijani ko‘rgan joyni o‘zgartiradi.

@nodirbek_abdulhaev
👍31