Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍇 Uzum'dan 📦 Yandex'ga kichik javobcha

🤔 Xo‘sh, bu video bilan nima deyishmoqchi?

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😁2
📝 Shuni qilay, keyin baxtli bo’laman

IELTS olsam, o‘qishga kirsam, uni bitirsam, mashina olsam, uylansam, bolalik bo‘lsam, ota-onamni Umraga jo‘natsam, ko‘p pul topsam keyin baxtli bo‘laman.

Ungacha-chi? Ungacha ham yashaysiz-ku? Qandaydir natijaga erishganingizdan keyin, sizning miya hujayralaringiz tuzilishi o‘zgarib qolmaydi. Baribir o‘sha-o‘sha odam bo‘lasiz, faqat xotirangizga yangi voqea qo‘shiladi.

Miya - bu kompyuter, uning maqsadi - muammolarni yechish. Bitta masalani yechganidan keyin, u yangisini o‘ylab topadi. Ichki xotirjamlikni qandaydir manzilga bog‘lab qo‘ysangiz, u yergacha hech qachon yetib bormaysiz.

Har yili yangi iPhone chiqishi kabi, yaxshiroq mashinalar va qiziqarliroq sayohat lokatsiyalari ham topiladi. Komfort orqasidan poyga hech qachon tugamaydi, 10 minglik mashinadan keyin 30 minglik, undan keyin 75 minglik va hokazo.

Turishga joy, tinchlik, yeyishga ovqat va yurishga oyoqlaringiz bo‘lsa, siz birlamchi ehtiyojlarni yopib bo‘ldingiz. Undan keyin esa baxtsiz bo‘lish - bu sizning ongli qaroringiz.

@nodirbek_abdulhaev
3
📝 Hozirgi holatingizni 2-3 yil oldin tanlagansiz

O‘tgan kuni eski do‘stim bilan ko‘rishdik, suhbatda muammolarini aytishni bo‘shladi.

"24 yoshman, hech narsaga erishmagandek bo‘lyapman. Mashinam, uyim va oilam yo‘q" dedi.

Mendan nimani noto‘g‘ri qilayotganini so‘radi. Men unga hozir emas, 2-3 yil oldin noto‘g‘ri ishlarni qilganini aytdim.

2-3 yildan beri o‘z ustida ishlamadi, netvorkingni kuchaytirmadi, yangi narsalarni sinab ko‘rmadi.

Agar hozir bo‘sh vaqtingizni maqsadsiz ishlarga sarflayotgan bo‘lsangiz, holatingiz hozir yomonlashadi degani emas.

Buni 2-3 yildan keyin
sezishni boshlaysiz, sizdan o‘tib ketgan tengdoshlaringizga e’tibor berganingizda.

Bugun qiyin, ertaga undan ham qiyin, lekin indinga go‘zal. Ko’pchilik ertaga kechki payt o‘ladi.
(c) Jack Ma

@nodirbek_abdulhaev
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunchalikmasdeeee 🥵🥵🥵

Tariximizda o’zi ikkita renesans davri bo’lsa biri Temuriy davrida ikkinchisi aynan Jadidlar davrida. (subyektiv fikrim bo’yicha)

Shunaqa muhim davr, shunaqa muhim insonlarni xam bilishmasa…

Mayli edi Abdulla Qodiriy, Avloniy, Fitrat, Xamza desa chidarmiz, ammo Beruniy, Al-Buxoriyga nima bor ey?!!!

Ular qaysi davrda yashagan-u…

@nodirbek_abdulhaev
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NOSTALGIYA😁

Pepsi'ning shu reklamasi esingizdadir :)

🤔Unda nima uchun futbolchilardan foydalangan?

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
Forwarded from Shokirjonov news
Тошкентда ўқиётган ҳиндистонлик 1-курс талабасининг ҳаяжонли фиғони:

«Тошкент тиббиёт академияси — ҳақиқий даҳшат. Бу ерга келманг.

Мен Тошкент тиббиёт академияси (ТТА)да таҳсил олаётган ҳиндистонлик биринчи курс талабасиман. 2025 йил феврал ойида қабул қилинганман. Мен чин юракдан бу ўртача даражадаги университет бўлади, деб ўйлагандим — арзон ўқиш, хорижий MBBC, ажойиб муҳит ва ҳ.к. Аммо вазият мутлақо бошқача экан. Бу ерда таълим сифати шунчалик аянчлики, айниқса биз каби хорижий талабалар учун, тасаввур қилиб бўлмас даражада.

Аввало — ўқитувчилар деярли инглизча гапира олишмайди. Мен ҳазиллашмаяпман — уларнинг ярим гаплари гўё Google Translate орқали ўқилаётгандай туюлади. Биз шифокор бўлишни ўрганишимиз керак, уларни эса умуман тушунмаймиз. Улар биз учун 4 соатлик инглиз тили дарси ўтказишади — гўёки мен бу ерга анатомия эмас, алифбо ва грамматикани ўрганишга келганман! Анатомияга эса 20 дақиқа ажратилади — у ҳам кулгули тарзда. Улар ҳеч нима тушунтиришмайди. Дарсга келишади, дарсликка ишора қилишади ва буюрилади: «Мана мавзу, ўқиб, ўрганиб кел». Баъзида дарс бошланишига бир дақиқа қолганда: «бу дарс онлайн бўлади», деб айтишади, лекин, ҳайрон қоларли ҳолат — ҳеч қандай онлайн дарс ўтказилмайди. Аслида, биз ўзимиз ўрганамиз, улар эса маош олишади ва фақат ўзларига қулай пайтда бизга жавоб беришади.

Энди декан ҳақида. Бу одам — мутлақо ақлдан озган. Доимо соқол масаласи билан безовта қилади — гўё, соқол олиш керак, деб таъқиб қилади. Мен тушунаман, «вазирлик қоидалари» бор, лекин, ака, тинчланинг — менинг соқолим имтиҳонларнинг ёмон ўтишининг сабабчиси эмас. Ўзи эса бутунлай самарасиз — ҳеч қандай муаммога ечим топмайди, фақат муҳим шахс каби юради, холос. Ҳа, ҳинд талабалар яшайдиган ётоқхона эса — ҳақиқий даҳшат. Қўланса ҳид, моғорлаган деворлар, мудом оқиб турувчи қувурлар — кимдир қизамиққа чалинса, худди фермадаги чорвани эмлагандек, ҳаммага қандайдир вакцина уриб чиқишади. Гигиена? У бу ерга қадам босмаган.

Бу ердаги таълим шунчалик ёмонки, нимадан бошлашни ҳам билмайман. Ўқитувчилар келганда, фақат слайд ўқишади ёки ўзинг ўқи, деб кетишади. Токи бизга ҳеч нарса ўргатишмас экан, биз қандай қилиб яхши шифокор бўламиз? Имтиҳонлар — ғирт цирк. PDF кўринишида тахминан 50 та савол беришади, уни ёдлаймиз ва имтиҳон вақтида ҳам ўша саволлар тушади. Ҳаммаси қандай ёдлашга боғлиқ. Ёдлаб ўтасиз, эсдан чиқарасиз, кейинги босқичга ўтасиз. Бундай имтиҳонлар осон — аммо улардан фойда нима? Мен бу ерга ўйин-кулги учун эмас, инсонларни даволашни ўрганиш учун келганман. Бу «университет» қандай қилиб ҳалигача «доктор» деган ном билан одамларни чиқариб юборяпти? Унга Ҳиндистоннинг NMC (Медицинал Кенгаши) томонидан қандайдир тан олиш берилганми? Буни кимдир текшириши керак».

Бирор сўз қўшиб ёки айириб бўлмайди. «Келинимиз фоҳишалигини билардик, ушлаб олганимиз чатоқ бўлди-да», деган гап бор-ку…

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shokirjonov news
Тошкентда ўқиётган ҳиндистонлик 1-курс талабасининг ҳаяжонли фиғони: «Тошкент тиббиёт академияси — ҳақиқий даҳшат. Бу ерга келманг. Мен Тошкент тиббиёт академияси (ТТА)да таҳсил олаётган ҳиндистонлик биринчи курс талабасиман. 2025 йил феврал ойида қабул…
Afsuski biz buni aytkanimizda “Terrorist” deb dekanatga olib kirib “tushuntirish xati” olishdi.

Mana xaqiqatni baribir berkita olmaymizku.

Bu qanchalik uyatli holat…

Toshkentda shunaqa bo’lsa viloyatdagilar gapirmasa xam bo’ladi. Studentlar o’zlari orzu qilgandek, kinolarda ko’radigan Universitetlardan asar xam yo’q.

Faqat davomat, soqoli va formasi qiziq..

Afsus.

@nodirbek_abdulhaev
1
YANGILIKKA EMAS, MUAMMOGA YECHIM TOP

AI zamonida ishda "yashab qolish"ga 6 tavsiya

1. Oʻzgarishga tayyor tur
– AI sohasida hozirgi yechimlar tez eskiradi. Doim moslashishga tayyor arxitektura tuzish kerak.

2. Yangilik uchun emas, muammo uchun yechim top
– Foydalanuvchilarning haqiqiy qiyinchiliklarini hal qiladigan AI funksiyalarni yaratish kerak, shunchaki qiziqarli texnologiyalar uchun emas.

3. Insonni jarayondan chiqarib yuborma
– AI ko‘p narsani avtomatlashtirsa ham, oxirgi qaror va nazorat insonga qolishi kerak.

4. Jamoatchilik oldida o‘rgan
– AI xususiyatlarini foydalanuvchilarning tajribasiga asoslanib takomillashtirish zarur.

5. Foydalanuvchi ishonchini qozon
– AI xususiyatlari ochiq va foydalanuvchi nazorat qiladigan bo‘lishi shart, yoʻqsa ishonch yo‘qoladi.

6. Faqat mahsulot emas, butun biznesni oʻyla

– AI nafaqat servisni yaxshilashi balki butun biznes modelini yangilaydi. Kelajakda AI hatto shartnoma tuzish yoki muzokara o‘tkazishda ham yordamchi bo‘lishi mumkin.

Manba

@nodirbek_abdulhaev
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
F-FARQ.

Hozir biz kimni xisobiga rivojlanyapmiz?

Afsuski, 1995 yillargacha tug’ilgan insonlar xisobiga.

Bundan kegingi avlod ichida katta qismi degradatsiyada.

Albatta hamma emas, katta qismi*.

Bunga lekin aynan o’sha 95 gacha tug’ilgan, xozirda ota-onalar sababmikin deb o’ylayman…

Ularni yuksak fikrlashida ota-onasi eng katta rol o’ynagan.

@nodirbek_abdulhaev
2
⚡️Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi

Joriy oʻquv yilidan barcha yoʻnalishda sirtqi taʼlimga qabul butunlay yopiladi. Hozirgi sirtqi talabalar oʻqishini davom ettiraveradi.

🟢 Prezident farmoniga koʻra, 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

🟢mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi;

🟢bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yoʻnalishlarda tugatiladi.

🟢hozir oʻqiyotgan yuqori bosqich talabalari oʻqishini sirtqida davom ettiraveradi.

🟢sirtqining oʻrniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu koʻproq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitishga ruxsat beriladi;

🟢 oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan koʻp qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan oʻlchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin boʻladi;

🟢magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida oʻqitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham oʻqitsa boʻladi.


Yengil masofaviyda o’qiymiz endi, kimga mazza? Introvertlarga mazza bo’ldi, bemani domlalarni xam ko’rish, saviyasi pastligidan shikoyat qilish xam kerak bo’lmaydi.

Forma kiyasanmi, soqol olasanmi? Davomat qani? Degan savollarga xam xayr! 😅

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📝 Rozi va norozilik o’rtasini topamiz

“Kutilma katta bo‘lsa harakat katta bo‘ladi”, degandi Uilyam James. Kutilma katta bo‘lib o‘xshamasa, norozilik ham katta bo‘ladi.

Erishgani kutganidan katta bo‘lsa – odam rozi.
Erishgani kutilmasidan kichik bo‘lsa – norozi.
Telefon sovg‘a qilishdi. Gul kutgan – quvonadi.
Mashina kutgan – xo‘mrayadi.

Norozilikka katta sabab atrofimiz.
Hayot yaxshilanganda hammaniki yaxshilanadi.
O‘tmishga solishtirishimiz qiyin – eslay olmaymiz.
Atrofimizga esa oson – har kuni ko‘rib turamiz.
Norozilik noshukurlikka olib bormaydimi?

Shukr qilishga buyurilganmiz-ku.
Norozilik rivojlanishga olib borar ekan.
Rivojlanib bo‘lib ham yo‘qolmas ekan.
Hayotimiz sifati oshdi – shukr ko‘paydi emas ekan.

Norozi bo‘lishga doim bahona bor ekan.
Shukr qilib tursak, norozilik ketar ekan.

Xulosa qiladigan bo‘lsak:
Natijalar bizga bog‘liq emas – harakatlarimiz bog‘liq.
Natijalarimizga rozi bo‘lsak – siqilmaymiz.
Harakatlarimizga rozi bo‘lsak – to‘xtab qolamiz.
Harakatlarimizga norozi bo‘lsak – yaxshilaymiz.


Yaxshilay oladigan harakatlarimizga birinchi norozi bo‘lsak – yutamiz.

Yaxshilay olmaydiganimizdan norozi bo‘lishdan esa foyda yo‘q.
Harakatlarimiz yaxshilansa – natijalarimiz yaxshilanadi.

@nodirbek_abdulhaev
11👍1
Нет будущего у людского племя
Пока на глупости растрачивает время
А глупости, переходя в овации,
Приводят к полной деградации.

———
Yesenin’ning bu misralari xozirgi kunda xam juda aktual.

Har qadamda “PIARCHILAR”. Ikki insonning chapak cholishu uchun o’ziga xiyonat qilishdan tab tortmayapti. Afsus.

@nodirbek_abdulhaev
2
Hozirgi zamonda bir necha tillarni ishlatib gapirish urfga kirdi.

Eng taniqlilarini keltirib o’taman:


1. Case – voqea
2. Fuck-up – muvaffaqiyatsizlik
3. Training – o‘quv, tayyorgarlik
4. Creepy – qo‘rqinchli
5. Leave – tark etmoq
6. ROFL – kulgu, hazil
7. Research – tadqiqot
8. Random – tasodifiy
9. Sold out – anshlag, joy qolmagan
10. HR (Human Resources) – kadrlar bo‘limi
11. Check – tekshirmoq
12. Target – maqsad, yoki maqsadli auditoriyaga pullik reklama
13. Skill – ko‘nikma
14. Income – daromad
15. Fix – tuzatish
16. Roadmap – reja, yo‘l xaritasi

@nodirbek_abdulhaev
1
Zamonaviy o‘zbek qizi — qanday?

Mening fikrimcha, hozirgi kunda tobora ko‘proq qizlar o‘ziga xos yangi obrazni shakllantirmoqda. Ular hijobda. Qulog‘ida AirPods max*:) — ko‘pincha K-pop tinglaydi, anime ko‘radi, badiiy adabiyot o‘qiydi va ijtimoiy tarmoqlarda faoldir.

Men bu holatni tanqid qilmoqchi emasman, bu shunchaki subyektiv kuzatuvim. An’analar va zamonaviy oqimlar uyg‘unlashgan yangi avlod bu. Va bu uyg‘unlikda o‘ziga xos go‘zallik bor.

Siz nima deb o‘ylaysiz?
• Sizningcha, zamonaviy o‘zbek qizi qanday bo‘lishi kerak?
• Hijob va zamonaviy madaniyat uyg‘unlasha oladimi?

Fikringizni kommentariyada kutaman! 👇

@nodirbek_abdulhaev
Olovli Manchester Yunayted 🔥

@nodirbek_abdulhaev
👍1
♦️-may – tinchlik va ozodlik uchun kurashgan, kelajak avlod uchun jonini fido qilganlar chuqur ehtirom bila yodga olinadigan kun.🇺🇿

Xotira va qadrlash kuni – bu katta avlodga hamda jasorat, shijoat va Vatanga sadoqatni namoyon etgan holda sinovli yillarni boshidan kechirganlarga minnatdorligimiz ramzidir.🇺🇿

Qahramonlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Oilangizda doimo tinchlik, farovonlik va totuvlik hukm sursin.😊

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Manipulyatsiya - bu siz unga, uni sizga nisbatan qilayotgan hurmatsizligiga nisbatan qarshilik bildirsangiz u o’zini emas sizni ayblaydi va o’zining kamchiliklarini muhokama ham qildirmaydi.

- “Siz tushunmayapsiz…”

@nodirbek_abdulhaev
3👍1
“Makedonskiyning eng zoʻr taktikasi qanaqa boʻlgan, bilasanmi?” — mana shu savolda butun boshli siyosiy va strategik dahoning siri yashiringan.

Aleksandr Makedonskiy — harbiy dahodan ham koʻproq, u kuchli brend quruvchisi edi. U har bir bosib olingan hududda hokim sifatida mahalliy kishini tayinlab, xalqning ishonchini qozondi. Ammo yoniga oʻzining ishonchli odamini — Ikkinchini qoʻydi. Tashqi ko‘rinishda “hokim – sizlarnikidan”, ammo real kuch – Makedonskiyning qo‘lida.

Bu – psixologik pozitsion strategiya. Iqtisodda, marketingda ham xuddi shunday ishlaydi.
Brend qachon kuchli bo‘ladi?
– Qachonki mijoz o‘zini erkin tanlov qilayotgandek his qilsa, ammo aslida sen unga kerakli variantni allaqachon tanlab qo‘ygan bo‘lsang.

Mijozga o‘zi hokim bo‘lgandek tuyuladi, biroq sen — Ikkinchisan.
Orqada turib strategiyani boshqarasan. Bu — marketingdagi “ko‘rinmas ip” strategiyasi.

Aytgancha, bu taktika o‘z vaqtida imperiyalarni kuchaytirdi, hozir esa — brendlar va kompaniyalarni.

Savol: Sizning biznesingizda Ikkinchi kim?
Kim strategiyani nazorat qiladi: sizmi yoki raqibingiz?

Manba: Tushdan kechgan umrlar (O’tkir Hoshimov)

@nodirbek_abdulhaev
2