Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
710 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulug’imsan vatanim ♥️

Saudiyada “Bunyodkor” stadioni qivolishdi 😅

Zo’ri bo’lsang aytkaning muhayyo :)

@nodirbek_abdulhaev
Al qasosul minal Haq 🔥♥️

@nodirbek_abdulhaev
P.S.

Bo’ldi boshqa yozmayman 😂

Uzr ozgina ko’p xursand bo’lib kettim :)
🐍 Hech o'ylab ko'rganmisiz, dunyoda hech qanday kafolat yo'q!

🫥Shunday gaplarni ko'p eshitganmiz:

🔴Maktabni tugatsang, yaxshi bo'ladi;
🔴Universitetdan keyin hammasi 100% yaxshi bo'ladi;
🔴Ish topsang, ishlasang — nafaqaga chiqib yaxshi dam olasan;

☯️Odamlar aytib yurgan bu gaplar, bu kafolatlar, haqiqatdan ham ishlayapti deb o'ylaysizmi? Bizning har bir kunimiz, so'ngisi bo'lishi mumkin. Shunday ekan, keling shu omonat hayotimizni o'zimiz istagancha, go'zal qilib yashaylik.

🫥 Qo'shilaman desangiz, olovchalarni ayamang! 🔥

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
😨Sokin zo‘ravonlik – bu ham zo‘ravonlik!"

U sizga hech qachon baqirmaydi. Urmaydi. Qo‘l ko‘tarmaydi.
Lekin...
Har safar siz ketmoqchi bo‘lsangiz:
– “Sensiz yashay olmayman.”
– “Agar meni tashlab ketsang, o‘laman.”
– “Sendan boshqa hech kim kerak emas.”
– “Agar boshqa birov bilan bo‘lsang, oʻzimni oʻldiraman.”

...deydi. Bu nimani anglatadi?

Bu sevgi emas. Bu – emosional manipulyatsiya.
Bu – sizni aybdor qilish, qo‘rqitish, ruhiy bosim o‘tkazish.
Ko‘rinmas, lekin juda xavfli.
Bu – sokin zo‘ravonlik. Va bu ham haqiqiy zo‘ravonlikdir.

Siz yoki yaqinlaringiz shunaqa holatga tushganmi? Bunday "muhabbat"dan qutulish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?

Qizlar ko'proq shunday qiladi - 👍
O'gil bolalar shunday qiladi - 🔥

@nodirbek_abdulhaev
👍41🔥1
Savodsiz yozilgan matn — bu siz haqingizda noto‘g‘ri taassurot.

Siz juda zo‘r xizmat yoki mahsulot taklif qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Lekin matnda xatolar bo‘lsa — mijoz ishonchni yo‘qotadi. Chunki har bir xato — bu e’tiborsizlik belgisi.

Nima uchun bu muhim?
1. Islohotli matn = ishonch. Tovushsiz, lekin kuchli signal. To‘g‘ri yozilgan matn sizni professional sifatida ko‘rsatadi.
2. Xatolik – diqqatni asosiy g‘oyadan chalg‘itadi. Mijoz mahsulot emas, “sh” va “ch”ni aralashtirganingizga e’tibor beradi.
3. Brending bu faqat logo emas. Sizning yozuvingiz, caption’laringiz, reklama matningiz — hammasi brending bir qismi.

Shuning uchun post yozayotganingizda, reklama tayyorlayotganingizda yoki mijozga yozayotganingizda — ikki marta tekshiring. Yaxshisi — mutaxassisga bering.

Sifatli matn = sifatli taassurot = ko‘proq mijoz.

@nodirbek_abdulhaev
3🔥1😁1
POV: mani instagramim oxirgi bir soatdan beri:

- Bazida juda afsuslanaman…
Iflos odamlarni isqirt yuzlariga toza so’zlar aytganim uchun.

- Orqangdan g’iybat qilib. Uyinga tirjayib kirib kelishlariga o’lib qolasanda…

- Odamiylik nima?
Tupurilishi kerak bo’lgan yuzlarga kulib qarash…

- Vijdoningni yengil qilish uchun meni ayblashda davom et.
Albatta vijdoning bilan qolgan yolg’iz tunlar bo’ladi…

- Mening xam tilim bor gapirar hamon,
Haqiqatni gapirsam ko’tarmas zamon!

- Orqamdan g’iybat qilib yurgan insonlarni men bilan kulib tushgan rasmlari galereyamda bor…

- Xafa bo’lmasin deb ayblarini yuzlariga aytmadik
Lekin ularning bizga aytmagan gaplari qolmadi 😅

- Menga sadoqatdan gapirmang. Men haliyam hiyonatkorlarni sirlarini saqlab yuribman.

- So’zsiz ketish - jinoyat emas,
Bu oxirgi xurmat!

- Qay tarzda bo’lmasin har kim,
Manfaatlari tugagach ketadi:)

- Bolam xammaniyam o’zingga yaqin olib sodiq bo’laverma xamma ham sen o’ylaganchalik xaqiqiy va sodiq emas…

- Alloh aytarkan,
Men, senga ularni yuzini ko’rsatdim, davom ettirish esa senga bog’liq.


Kak-budto ichingni o’qiydigandek bu Instagram…

@nodirbek_abdulhaev
3💯3🔥1
O'tgan hafta Aygen xaltali odamlar bozorlarni egallab oldi

2-aprel kuni Toshkentning bir qancha bozorlarida 2000-yillar boshlarida urfda bo'lgan Aygen paketlar dizaynida ishlangan bozor xaltalarni taqib olgan kishilar haqida postlar birin-ketib chiqishni boshladi.

Ushbu kreativ xaltalar "Yandex Uzbekistan" kompaniyasining "Market Yandex Go" xizmati uchun ishlangan va kompaniya shu orqali mahalliy auditoriyaga yaqinligini namoyish qildi.

Ko'pchilik Aygen paketlarini baquvvat bo'lgani bilan eslaydi va bu kampaniya auditoriya orasida o'ziga xos nostalgiyani qo'zg'atib yubordi.

Yandex tomonidan ishlangan kreativlar "Aygen xalta" keysi bilan cheklanib qolmagan, balki shahar bo'ylab ko'plab LED-ekranlarda "Kango", "Zi-zi" va "Chocotella" mahsulotlarining bir necha yil oldingi kreativlarini ham o'zgacha uslubda "Yandex market"ga mos talqinda taqdim qilishgan.

Sohadagi muvaffaqiyatli marketing keyslardan foydalanish yaxshi yechim ekanligiga isbot..

@nodirbek_abdulhaev
2😁2👏1
Rossiya bozori: trikotaj mahsulotlari uchun 5 muhim xususiyat
1. Sifat va narx balansi muhim. Rossiya mijozlari o‘rtacha narxdagi, lekin chidamli va qulay kiyimlarni qadrlaydi. Yaxshi trikotaj = iliqlik + uzun umr.
2. Klassik va bazavoy dizaynlar talabda. Minimalistik, oddiy, har kuni kiyiladigan kiyimlar (casual)— aynan shu segment eng ko‘p sotiladi (futbolka, xudi, sport kostyumlari).
3. Sezonlik muhim rol o‘ynaydi. Kuz-qish kolleksiyalari (jinsi bilan ketadigan sviterlar, issiq kostyumlar) – katta talabga ega. Bahor va yozda esa yengil futbolkalar va polo.
4. Logistika va yetkazib berish tezligi — hal qiluvchi omil. Rossiya xaridorlari (ayniqsa, B2B segmenti) tez yetkaziladigan, muammosiz bojxona va hujjatlar bilan ishlovchi yetkazuvchilarni qadrlaydi.
5. Mahalliylashtirish va rus tilidagi xizmat muhim. Sayt, katalog, aloqa va sotuvdan keyingi xizmat rus tilida bo‘lishi kerak. Bu sotuvni kuchaytiradi.



Xulosa: Uzoq muddatli hamkorlik uchun sizga nafaqat sifatli mahsulot, balki professional xizmat, mos narx va tayyor kataloglar kerak. Rossiya bozori katta — lekin raqobat ham kuchli. Sizni boshqalardan ajratib turadigan narsa kerak.

P.S. Agar mahsulotni chet elga sotish niyatida bo’lsangiz, noo’rin “vatanparvarlik” qilishni to’xtating.

*O’zbek tilida reklama qilishni.

Mijoz bilan bir tilda muloqot qilish kerak!

Siz ko’p eksport qiling, eng katta “vatanparvarlik” manimcha shu bo’ladi.


@nodirbek_abdulhaev
1👍1
🇨🇳 Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushdi.

Yuklab olish — 9834 Mbit/s, uzatish — 1008 Mbit/s, kechikish esa atigi 3 millisekundni tashkil etadi.

Ikki soatlik 8K filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin.

@nodirbek_abdulhaev
😱21