Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
710 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Qadr surasi

Bismillahir rohmanir rohiym

1. Inna anzalnahu fi laylatil qadr.
(Albatta, Biz uni (Qur’onni) Qadr kechasida nozil qildik.)

2. Va ma adraka ma laylatul qadr.
(Qadr kechasi nima ekanini sen qayerdan bilursan?)

3. Laylatul qadri xoyrum min alfi shahr.
(Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.)

4. Tanazzalul malaikatu var-ruhu fiha bi-izni robbihim min kulli amr.
(U kechada farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorining izni bilan har bir ish (taqdir) uchun tushadilar.)

5. Salamun hiya hatta matla’il fajr.
(U (kecha) tong otguncha tinchlikdir.)

Ibodatlaringizni Allohim qabul qilsin 🤲

@nodirbek_abdulhaev
1
Ey cheksiz gunohlarni
bitta tavbaga sig'diruvchi
Rahmonim!
Sen kechirimni sevasan.
Bizni bu muborak kechada,
tabassum bilan
xonadonimizga kirib,
so'ng vidolashuv chog'i
kelganda g'amgin kelin
kabi yurakni o'rtab chiqib
ketadigan Ramazon sharifning
durdona kechasi
– Qadr kechasi hurmati
bilan mag'firat et.
Habibing Muhammad
alayhissalomning hurmati
uchun bizni afv et!

Allohumma innaka ’afuvvun,
tuhibbul ’afva, fa’fu ’annaa...


@nodirbek_abdulhaev
3❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
inZOI’ning demosi chiqarildi — unda siz o‘z qahramoningizni yaratib, uy qurishingiz mumkin.

Kalitni olish uchun Twitch’dagi drop-larga ega strimni 15–30 daqiqa tomosha qilish kerak.

Erta kirishlar 28-martda boshlanadi!

@nodirbek_abdulhaev
📝 Parallel muhit haqida

Parallel muhit bir vaqtda ikkita (balki uchta) joyda bo'lishga imkon beradi. Qaysi biri sizniki ekanligini topish osonlashadi.

O'zingizni muhitingizni topmaguningizcha noto'g'ri joyda yurganingizni bilmaysiz.

Boshqa muhit izlab yurganlarga - parallel muhit o'zgarish olib kela oladi. 

Parallel muhit odamni qanday o'zgaritadi? Bir dunyo qog'oz uyumini tasavvur qiling. Ozgina cho'g' tushishi bilan yonib ketadi.

Bekorchilikka moyilligi borlar kuchli muhitda ko'p qola olmaydi. Tashqi o'zgarishlar - vaziyat majbur qilganidan bo'ladi.

Parallel muhit loyihasidan ham maqsad shu. Qidirib yurganlar uchun muhit bo'lish. O'zimga o'xshash odamlar bilan birga rivojlanish.

O'xshashlik dunyoqarashlarda emas. Faqat bir turda fikrlaydigan odamlar yig'ilgan joy. O'xshashlik prinsiplarda, qadriyatlarda, xohishlarda va ishga yondashuvda bo'lsin deyman.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki eslatma!

Arafa kuni - faqat Qurbon hayitida bo’ladi.


Bunday nomlanishi sababi - Arofat tog’iga chiqishadi xojilar.

Ishonchim komil, buni ko’pchilik biladi ammo eslatma zarar bo’lmaydi.

@nodirbek_abdulhaev
2👍1
Portsiz iPhone — tez orada savdoda. YEI Apple’ga umuman ulagichsiz smartfon chiqarishga ruxsat berdi.

Majburiy USB-C o‘tishidan so‘ng, kompaniya qoidalarni chetlab o‘tish yo‘lini topdi — faqat MagSafe (taxminan 2,19 million so‘m) orqali quvvatlash.

Eng qiziq tomoni — YEI rasmiylari bu qarorni ma’qulladi.

@nodirbek_abdulhaev
🔥1
📝 Javoblarni endi nima qilamiz?

Biz uzoq vaqt javoblar zamonida yashadik.

Odamlar to'g'ri javob uchun vaqtlari va pullaridan kechishga rozi. Sotilayotgan kitoblar javoblar emasmi? Olayotgan kurslarimiz javoblar emasmi? Hammamiz Google va Chatgpt ishlatayotganimiz javoblarni xohlaganimizdan emasmi?

Javoblar savollarga yarasha bo'ladi.

Javoblardan ilm, ilmdan fikr, fikrdan qaror, qarordan hayot paydo bo'ladi.

Qanchalik zo'r ishlamang limon daraxtini 3 metrdan oshirish qiyin. Salgina qarab qo'ying, yong'oq 20 metrdan oshib ketadi.

Savollar shu urug'lar kabi keyingi natijaga eng katta ta'sir qilib qo'yadi. Sun'iy intellekt o'zi tanishgan matnlar asosida javob beradi.

Google biror saytda bor narsanigina topadi. Ular hali so'ralmagan savollarni so'ray olishmaydi. Savol berishni o'rganaman deganlar uchun maslahat - ilm olishni soha bilan chegaralamang.

@nodirbek_abdulhaev
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OpenAI eng kuchli ovozli neyrosetni taqdim etdi — endi u istalgan ovozni takrorlay oladi!

Siz shunchaki ovozni so‘rovda tasvirlab berishingiz yoki tayyor variantlardan birini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, turli uslublar ham mavjud — tungi ertakdan tortib, noir detektivigacha, hatto aks-sado effektigacha.

OpenAI’dan navbatdagi imba — mana shu yerda.

@nodirbek_abdulhaev
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Inson astrologiya va Taroga qanchalik ko‘p ishonsa, u shunchalik ahmoqdir – bu amerikalik olimlarning xulosasi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, munajjimlar bashorati va xaritalarga e’tiqod ko‘proq bilim darajasi va kognitiv qobiliyati past odamlarda uchraydi. Bunday odamlar ko‘pincha astrologiyani fan deb bilishadi.

Olimlar bunday toifadagi odamlarga tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni maslahat berishmoqda.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
🥳Ramazon Hayiti Muborak Bo'lsin! 🎉

Allohu akbar! Allohu akbar!
La ilaha illallohu vallohu akbar!
Allohu akbar va lillahil hamd!

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1🥰1
Fransuzlar Midjourney’ga raqobatchi bo‘lgan eng realistik tasvir generatorini taqdim etdilar!

• Hayratlanarli aniqlikda fotorealistik sifat.
• Hech qanday artefakt va xatolar yo‘q, hatto ortiqcha barmoqlar ham.
• Matnni inson qo‘lyozmasiga o‘xshatib mukammal generatsiya qiladi.
• Mutlaqo bepul ishlaydi.

Sinab ko‘ramiz — mana shu yerda.

@nodirbek_abdulhaev
👍1
🇺🇿 O‘zbekistonning 2025 yildagi mudofaa byudjeti: milliardlar qayerga ketmoqda?

O‘zbekiston 2025 yilda Markaziy Osiyoda eng katta harbiy xarajatlarga ega davlatga ayladi. Global Firepower ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat armiyani mustahkamlash uchun $2,8 milliard ajratmoqdə, bu qo‘shni davlatlardan ancha ko‘p.

💰 Byudjet qayerga sarflanmoqda?
- Harbiy texnika yangilanishi va ta’miri
- Harbiy infratuzilmani modernizatsiya qilish
- Harbiy xizmatchilar va nafaqaxo‘rlar uchun to‘lovlar

Qurollanish yangilanmoqda
Eskirgan tanklar va bronemashinalar zamonaviy texnikaga almashtirilmoqda. Rafale isro‘batchilari va turk dronlari sotib olinmoqda.

⚙️ Asosiy qurol yetkazib beruvchilar:
🇷🇺 Rossiya – 40%
🇨🇳 Xitoy – 24%
🇫🇷 Fransiya – 18%


2018 yilda mudofaa byudjeti YAIMning 4%ini tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich yil sayin oshib bormoqda.

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Non yopishni bilasizmi?

👍 - Xa
♥️ - Yo’q
👍84
Daraxtlardan rivojlanishni o'rganamiz

Shamol baland daraxtlarni qiynashini ko‘rgan holatda shuncha ovoragarchilik nega kerak deb o‘ylab qolasiz.


O‘rmonda o‘sganda fotosintez uchun quyosh talash bo‘ladi. Kim sal balandroq bo‘lsa o‘sha daraxt ko‘proq ozuqa ishlab chiqaradi, uzunlikdagi ozgina farq, vaqt o‘tishi bilan katta farqqa aylanadi.

Yolg‘iz o‘sganda esa baland bo‘lishga sabab topilmaydi. Yolg‘iz daraxtning yuqoriga intilish uchun raqobatchilari bo‘lmaydi.

Odamlar bilan ham shunday. Shaxsiy rivojlanaman degan odam uchun muhit kerak.

Qiynalmayotgan bo‘lsangiz - o‘smayapsiz. Adlerning gapi bilan aytganda ma’lumot olgan kishi mazza qiladi, ilm olayotgan kishi qiynaladi. Odam xatosini bilib qoladi. Uni tan oladi. Mana shu tan olish og‘riq beradi.

Rivojlanmayotgan odamning birinchi belgisi u hamma narsani biladi. U hamma narsani qilib bo‘ldi. Unga savol berish yarashmaydi, unga savol berishlari yarashadi. U xato qilmaydi, qilsa ham xatoga hisoblanmaydi.

Falastindan chiqib, unga qarshi chiqqan, o‘n millionlab obunachi yig‘ib 99% muxlislarini o‘ziga dushman qilgan NasDaily bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Rivojlanib bo‘ldim deganda odamda rivojlanish tugayotgan bo‘ladi.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1💯1