Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
710 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
JCh-2026 saralashi

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Qirg‘iz R. 🇰🇬

🇮🇷 Eron 2:0 BAA 🇦🇪 (Biz uchun yaxshi natija deb o’ylayman)

🇶🇦 Qatar 5:1 Shimoliy Koreya 🇰🇵

🇮🇷 Eron - 19
🇺🇿 Oʻzbekiston - 16
🇦🇪 BAA - 10
🇶🇦 Qatar - 10

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
DeepL endi ortda qoldi — yangi tarjimon Lara paydo bo‘ldi!

— Istalgan matnni aniq tarjima qiladi;
— Uchtа rejimga ega: aniq, adabiy va ijodiy;
— Kontekstni hisobga olgan holda sifatli tarjima qiladi;
— Hujjatlar va qo‘ng‘iroqlarni tarjima qiladi;
— Bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Til to‘siqlarini buzamiz — shu yerda

@nodirbek_abdulhaev
👍1
📝 Zo'r ishlar qanday qilinadi

Ishlarni zo'r qilish uchun ularni maydalash kerak. Keyin har bir qismini zo'r qilishga harakat qilish kerak.

Dars berish uchun diqqatni qaratish, materialni yaxshi tushunish, sodda misollar keltirish, o'quvchilarni yaxshi tanish, ishni 80%i hisoblanadi. Har birini yaxshilasa, o'qitish yaxshilanadi.

Boshqarish esa vazifalar berish, olish, trening, majlislar, motivatsiya, o'stirishga o'xshash ishlardan iborat. Har birini maydalab chiqsangiz, yana bo'linib ketadi.

Zo'r vazifa berish nima degani? Nima qilish kerakligi, nega qilish kerakligi, tugash muddati qachonligi, tugamasa nima bo'lishini belgilab berish degani.

Ishlarni o'ziga qarasangiz, fokusi yo'qolgan kameraga o'xshaydi. Qarab tayinli narsa tushunmaysiz. Maydalashni boshlasangiz, rasm tiniqlashadi. Har bir ishni shunday bo'lib chiqsa, chiroyli bitta daraxt hosil bo'ladi.

Har birida zo'r bo'lishga 2-7 kun sarflansa, oylar o'tib ishimizni zo'r qilayotganimizga guvoh bo'lamiz.

Nima ish qilayotgan bo'lsak ham uni komponentlar (tarkibiy) qismlarga bo'lib chiqsa bo'ladi.

@nodirbek_abdulhaev
1
YouTube’dagi eng yaxshi sun’iy intellekt kanallari! Bu yerda kurslar, layfxaklar va neyrosetlar tahlili bor.

🔹 Uproger — amaliy kurslar va darslar.
🔹 Serrano Academy — mashinaviy o‘rganish tushunarli tarzda.
🔹 Jeremy Howard ([YouTube]()) — qo‘llanmalar va sun’iy intellekt ilovalari yaratish.
🔹 Hamel Husain — til modellari va ularning baholash usullari.
🔹 Jason Liu — RAG va sun’iy intellektda frilans haqida.
🔹 Dave Ebbelaar — bosqichma-bosqich sun’iy intellekt darsliklari.
🔹 StatQuest — yangi boshlovchilar uchun ML va statistika.
🔹 Andrej Karpathy — tendensiyalar va modellar taqqoslanishi.
🔹 3Blue1Brown — neyrosetlarning ichki ishlashi.
🔹 Lex Fridman — sun’iy intellekt falsafasi va rivojlanishi.
🔹 ML Street Talk — chuqur texnik tahlillar.


Saqlab qo‘ying va kelajak texnologiyalarini o‘rganing! 🚀

@nodirbek_abdulhaev
«До и после»

Bugun ogorodda ishladik 😅

@Skobelev99087 sizga katta rahmat 🔥

@nodirbek_abdulhaev
📝 Qachon amal qilishni boshlaymiz?

Mening kamtargina nazariyamga ko'ra, biz faqat majbur bo'lganda harakat qilamiz. Amal qilamiz.

Majbur bo'lish jabr chekish degani. Bizga zarar keladi degani. Zarar tanaga, nafsga, obro'ga, qalbga, pulga, yaqinimizga yoki boshqa narsalarga bo'lishi mumkin.

Shuni oldini olib harakat qilish – majburlikdan qilish deyiladi. Inson ovqatlanishga majbur – yo'qsa tanasi zarar ko'radi, uxlashga majbur – yo'qsa miyasi zarar ko'radi, o'zini oqlashga majbur – yo'qsa nafsi zarar ko'radi, chiroyli kiyinishga majbur – yo'qsa obro'si zarar ko'radi.

Nimani muhim deb bilsak, o'sha narsa bizni majbur qila oladi. Obro' muhim bo'lmagan odam oddiy yuraveradi, nasli muhim bo'lmagan odam bolalariga qaramaydi, dini muhim bo'lmagan odam xohlagan ishini qilaveradi.

Nima muhimligini bilish uchun qo'rquvlarimiz va istaklarimizga qarash yetarli bo'ladi.

Ishq ham majbur qiladi. Odam sevgani dardida ancha ishlar qilib tashlay oladi.

Har kim qaysi biri bo'lishini o'zi tanlaydi.

@nodirbek_abdulhaev
IT-mutaxassislar uchun shpargalkalar — OverAPI

✔️ Eng mashhur dasturlash tillari va texnologiyalar.
✔️ Ma’lumotlar doimiy yangilanadi.
✔️ Bir marta bosish — va buyruqning to‘liq tavsifi.
✔️ Bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Mukammal vosita shu yerda

@nodirbek_abdulhaev
Bilasizmi, eng qiziq narsa nima?

Hamma yaxshi erkakni xohlaydi…
U paydo bo‘lguncha.

Keyin esa ma’lum bo‘ladi:
u chegaralarga ega, o‘zini hurmat qiladi. Hayotdan va ayoldan qandaydir kutilmalarga ega.

Nimadur unga yoqadi, nimadur yoqmaydi va u uni ayta oladi.

U ruhiy jihatdan sog‘lom,
drama yaratmaydi, oyoqda mustahkam turadi…
Va ba’zan «bashorat qilsa bo’ladigan» yoki hatto «zerikarli» tuyuladi.

Va to‘satdan u endi «yaxshi» emas,
balki «juda talabchan» yoki «zeriktiruvchi»ga aylanadi.

Lekin, balki, muammo unda emasdir? 😉

Yaxshi insonning o’zining printsiplari bor - shuning uchun u shu darajaga erishdi. Qabul qila olsangiz - baxt, bo’lmasam vaqtimi olmang
. 🥲

@nodirbek_abdulhaev
1
📝 Odamga qomusiylik yarashadi.

Ilmiy qomusiylik eng kerak va eng kerak bo'lmagan zamonda yashayapmiz.

Qomusiylikni uch yo'nalishda ko'rgan bo'lardim:

1. Ilmda. O'z sohasidan boshqa sohalarni ham tushunish.

2. Inson sifatlarida. Komil axloqqa ega bo'lish.

3. Ko'nikmada. O'z hunaridan boshqalarini ham eplay olish.

Ilmda qomusiylikka yorqin misol Ibn Sino bo'ladilar.

Ilmda qomusiy bo'lishimiz, o'zimizni qutqarish degani. Hayotimizni tushunish osonlashadi degani.

Ilmda qomusiy bo'lish uchun sohadagi kitoblarni o'qishni boshlab, bir-birini takrorlayotganini sezganingizda to'xtatish kifoya qiladi.

Aqlli va ahmoq odam o'rtasidagi farq, ahmoq odam va eng aqlli hayvon o'rtasidagi farqdan kam. 

Ishida eng ustasi bo'lish – yaxshi pul topishni boshlagandan keyin ham rivojlanishda to'xtamaslik degani. 

@nodirbek_abdulhaev
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizga AR texnologiyali katalogni taqdim etamiz, unda suratlarni jonlantirish imkoniyatiga egasiz.

Zamonaviy texnologiyalar va bizning Album AR mobil ilovamiz yordamida siz uchun unutilmas katalog yaratamiz. Bu mijozlaringizning e’tiborini tortadi va sizni yanada jozibador qiladi.

Bugunoq bizdan fotosessiya, dizayn hamda AR katalog xizmatlarini buyurtma qiling!

📩 @fluggi_sales
📞 +998 20 010 60 05

🕊Telegram 📱 Instagram Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Bloger Tesla avtopilotini aldagan holda 65 km/soat tezlikda yo‘l rasmi chizilgan devorga urilishiga majbur qildi.

Bu Tesla lidarlarni ishlatishdan voz kechib, faqat kameralar orqali boshqarishga tayanishi sababli mumkin bo‘ldi.

Bunday sharoitda mashinalar tuman yoki yomg‘irda yaxshi harakatlana olmaydi.

@nodirbek_abdulhaev
😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizning Moskva shahrida tashkil qilgan tadbirimiz haqida O’zbekiston24 telekanalida videolavha qo’yishipti.

@nodirbek_abdulhaev
👍4👏21🔥1
📝 Uzun yo'llar haqida

Kollejda o'qib yurganimizda psixologimiz test olgandi. Bitta savoli hali ham esimda: "Uyingga borishing kerak. Ikkita yo'l bor. Bittasi g'adir-budur, loyqa, shunga yarasha kesib chiqadi. Ikkinchisi tekis, asfalt qilingan, ikki-uch barobar uzoq vaqt ketadi. Qaysi birini tanlaysan?

Uzun yo'lni tanlaydiganlar – jarayonni tanlaydiganlar. "Qilayotganlarimiz to'g'ri bo'lsin" deydiganlar.

Qisqa yo'lni tanlaydiganlar natijani tanlaydiganlar. "Nima qilsang ham yutug'ing bo'lsin" deydiganlar.

Uchinchi tur ham bor. Ular uzun yo'lni katta tezlikda yurib o'tmoqchi bo'ladilar. Ya'ni optimizatorlar – katta tezlikda yurish uchun hamma narsada voz kechadilar.

"Kesib chiqaman" deydiganlarga sportdan ko'ra chiroyli tana qiziqroq. Kesib chiquvchilarga "Semirib ketyapsan" desangiz, ular operatsiya qildirishni maqul ko'radi.

Uzun yo'lni tanlaganlar sportni tanlaydilar. Tanani qiynashni tanlaydilar. "Sog'lom tana ham chiroyli bo'ladi, ham pand bermaydi" deb ishonadilar.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
🔥

Ozodi stadionida “Eron” terma jamoasini azoblash xammaga xam emas…

Zo’rg’a durang qivoldi Eron.

Gap yo’q 🔥🔥

@nodirbek_abdulhaev
🇺🇸🇮🇷 AS yozishicha, Eron mundialga chiqqani bilan AQSh hududiga kiritilmasligi mumkin.

Endi buyo‘gi prezident Tramp tuzadigan AQShga kirish uchun taqiq qo‘yilgan 43 davlatdan iborat ro‘yxatga bog‘liq.

@nodirbek_abdulhaev