Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
711 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Forwarded from Asrorbek Abdulhaev
#foydali
Bank kartasidagi 16 xonali raqam nimani anglatadi?

Bank kartasi raqami har biri 4 ta raqamdan iborat 4 ta blokka bo‘lingan 16 ta sondan tashkil topgan bo‘ladi. Bank kartasidagi sonning har bir raqami o‘ziga xos ma’noga ega.

Birinchi 6 ta raqam emitentning ( bankning) bank identifikatori hisoblanadi. Ular kartaning qaysi bank tomonidan chiqarilganini va karta turi (Uzcard, Humo, Visa va boshqalar)ni ko‘rsatadi.

7 dan 15 gacha bo‘lgan raqamlar bank kartasining identifikatsiya raqami hisoblanadi. U bank kartasining turi (debit yoki kredit karta), qaysi valyutadaligi, chiqarilgan hudud va boshqa ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.

Oxirgi 16-raqam kartaning haqiqiyligini tekshirish uchun ishlatiladigan kontrol raqamidir. U orqali muayyan algoritmga ko‘ra karta soni va tasdiqlash raqamining muvofiqligi tekshiriladi.
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bozor Iqtisodiyoti “Open Budget”ga kirib kelyapti.

Toshkent shahrida “Chilonzor” metrosi oldida odamlar yig’ilib o’z ovozini sotishmoqda. Narxlar 200 000 gacha chiqgan..

Nima xam deymiz, “spros” bor-ki narxlar oshmoqda. “Lyubaya biznes xorosha”.

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ulkan HTML/CSS komponentlari bazasi — 6000+ tayyor elementlar!

• Kodni darhol qo‘shish mumkin.
• Kategoriyalar bo‘yicha qulay navigatsiya.
• To‘liq BEPUL.

Yuklab olish

@nodirbek_abdulhaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Germaniyalik mehmonimizni Fabrikalar bilan tanishtiryapmiz.

@nodirbek_abdulhaev
🔥21
📝 Biz - bu qilayotgan ishlarimiz

Biz boshqa hech bir jonzot qila olmaydigan bir ishni qila olamiz, do'stlar. Biz real dunyoda yashaymiz. Bir vaqtning o'zida xayoliy dunyoda ham yashaymiz.

Tanishimiz uchrashuvga kech qolsa, "mas'uliyatsiz, meni kuttirdi" deymiz. O'zimiz kech qolsak: "ulgurmadim-ku, yo'l tirband, ishlar cho'zilib ketdi, o'zi nega bu vaqtga qo'yadi" deymiz. 

O'zimizni tanimoqchi bo'lsak hayollarimizga emas, o'zimiz haqimizdagi fikrimizga emas, qilayotgan ishlarimizga qarash kerak.

Niyat va hayollarimizni chetga surib qarasak ancha xatolarni ko'ra boshlaymiz. Ularni tan olish qiyin kechadi. O'sha qiyinchilik keyin o'zgarishga sabab bo'ladi. Zora shunda amallarimiz yaxshilanishni boshlasa. Chunki oxir oqibat amallarida yaxshi bo'lganlar, hayollarida yaxshi bo'lganlardan o'tib ketadi.

@nodirbek_abdulhaev
2🔥1💯1
Ertangi Navruzga tayyorgarlik 🔥

@nodirbek_abdulhaev
1
Omad yigitlar, yuzingiz yorug’ bo’lsin 🤲

@nodirbek_abdulhaev
1
JCh-2026 saralashi

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Qirg‘iz R. 🇰🇬

🇮🇷 Eron 2:0 BAA 🇦🇪 (Biz uchun yaxshi natija deb o’ylayman)

🇶🇦 Qatar 5:1 Shimoliy Koreya 🇰🇵

🇮🇷 Eron - 19
🇺🇿 Oʻzbekiston - 16
🇦🇪 BAA - 10
🇶🇦 Qatar - 10

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
DeepL endi ortda qoldi — yangi tarjimon Lara paydo bo‘ldi!

— Istalgan matnni aniq tarjima qiladi;
— Uchtа rejimga ega: aniq, adabiy va ijodiy;
— Kontekstni hisobga olgan holda sifatli tarjima qiladi;
— Hujjatlar va qo‘ng‘iroqlarni tarjima qiladi;
— Bepul, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Til to‘siqlarini buzamiz — shu yerda

@nodirbek_abdulhaev
👍1
📝 Zo'r ishlar qanday qilinadi

Ishlarni zo'r qilish uchun ularni maydalash kerak. Keyin har bir qismini zo'r qilishga harakat qilish kerak.

Dars berish uchun diqqatni qaratish, materialni yaxshi tushunish, sodda misollar keltirish, o'quvchilarni yaxshi tanish, ishni 80%i hisoblanadi. Har birini yaxshilasa, o'qitish yaxshilanadi.

Boshqarish esa vazifalar berish, olish, trening, majlislar, motivatsiya, o'stirishga o'xshash ishlardan iborat. Har birini maydalab chiqsangiz, yana bo'linib ketadi.

Zo'r vazifa berish nima degani? Nima qilish kerakligi, nega qilish kerakligi, tugash muddati qachonligi, tugamasa nima bo'lishini belgilab berish degani.

Ishlarni o'ziga qarasangiz, fokusi yo'qolgan kameraga o'xshaydi. Qarab tayinli narsa tushunmaysiz. Maydalashni boshlasangiz, rasm tiniqlashadi. Har bir ishni shunday bo'lib chiqsa, chiroyli bitta daraxt hosil bo'ladi.

Har birida zo'r bo'lishga 2-7 kun sarflansa, oylar o'tib ishimizni zo'r qilayotganimizga guvoh bo'lamiz.

Nima ish qilayotgan bo'lsak ham uni komponentlar (tarkibiy) qismlarga bo'lib chiqsa bo'ladi.

@nodirbek_abdulhaev
1
YouTube’dagi eng yaxshi sun’iy intellekt kanallari! Bu yerda kurslar, layfxaklar va neyrosetlar tahlili bor.

🔹 Uproger — amaliy kurslar va darslar.
🔹 Serrano Academy — mashinaviy o‘rganish tushunarli tarzda.
🔹 Jeremy Howard ([YouTube]()) — qo‘llanmalar va sun’iy intellekt ilovalari yaratish.
🔹 Hamel Husain — til modellari va ularning baholash usullari.
🔹 Jason Liu — RAG va sun’iy intellektda frilans haqida.
🔹 Dave Ebbelaar — bosqichma-bosqich sun’iy intellekt darsliklari.
🔹 StatQuest — yangi boshlovchilar uchun ML va statistika.
🔹 Andrej Karpathy — tendensiyalar va modellar taqqoslanishi.
🔹 3Blue1Brown — neyrosetlarning ichki ishlashi.
🔹 Lex Fridman — sun’iy intellekt falsafasi va rivojlanishi.
🔹 ML Street Talk — chuqur texnik tahlillar.


Saqlab qo‘ying va kelajak texnologiyalarini o‘rganing! 🚀

@nodirbek_abdulhaev
«До и после»

Bugun ogorodda ishladik 😅

@Skobelev99087 sizga katta rahmat 🔥

@nodirbek_abdulhaev
📝 Qachon amal qilishni boshlaymiz?

Mening kamtargina nazariyamga ko'ra, biz faqat majbur bo'lganda harakat qilamiz. Amal qilamiz.

Majbur bo'lish jabr chekish degani. Bizga zarar keladi degani. Zarar tanaga, nafsga, obro'ga, qalbga, pulga, yaqinimizga yoki boshqa narsalarga bo'lishi mumkin.

Shuni oldini olib harakat qilish – majburlikdan qilish deyiladi. Inson ovqatlanishga majbur – yo'qsa tanasi zarar ko'radi, uxlashga majbur – yo'qsa miyasi zarar ko'radi, o'zini oqlashga majbur – yo'qsa nafsi zarar ko'radi, chiroyli kiyinishga majbur – yo'qsa obro'si zarar ko'radi.

Nimani muhim deb bilsak, o'sha narsa bizni majbur qila oladi. Obro' muhim bo'lmagan odam oddiy yuraveradi, nasli muhim bo'lmagan odam bolalariga qaramaydi, dini muhim bo'lmagan odam xohlagan ishini qilaveradi.

Nima muhimligini bilish uchun qo'rquvlarimiz va istaklarimizga qarash yetarli bo'ladi.

Ishq ham majbur qiladi. Odam sevgani dardida ancha ishlar qilib tashlay oladi.

Har kim qaysi biri bo'lishini o'zi tanlaydi.

@nodirbek_abdulhaev