Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Growth Mindset — o‘sishga yo‘naltirilgan fikrlash bo‘lib, inson qobiliyatlari va ko‘nikmalarini izchil mehnat, sabr-toqat va o‘rganish orqali rivojlantirish mumkinligiga ishonishni anglatadi.

Asosiy xususiyatlar:
🔍 Qiyinchiliklarga ijobiy munosabat
Muammolarni imkoniyat sifatida qabul qilish. Har bir xato yangi tajriba va saboq uchun imkoniyatdir.
📚 O‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish
Muvaffaqiyatsizliklarni o‘rganish jarayonining bir qismi sifatida ko‘rib, saboq olish. Insonning o‘z ustida ishlashi doimiy davom etishi lozim.
🌱 Qobiliyatlarni oshirishga ishonch
Iste’dod tug‘ma emas, uni mehnat va mashq orqali rivojlantirish mumkin. Rivojlanish uchun o‘z ustida ishlashga e’tibor qaratiladi.
🏆 Muvaffaqiyatga eltuvchi qat’iyat
Maqsadlarga erishish uchun tinimsiz harakat qilish va davomiy rivojlanishga e’tibor berish.

Growth Mindset’ga ega insonlar o‘zgarish va yangi imkoniyatlarga ochiq bo‘ladi, muvaffaqiyatni mehnat va sa’y-harakatlar natijasi deb biladi.

@nodirbek_abdulhaev
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Suflor mahsulotlari | Yengil va samarali foydalanish
🎥 Suflor video olish jarayonini tezlashtiradi.
3 xil model:
• TP10 | Kompakt va oson foydalanish
• TP13 | Katta ekran va aniq ko‘rinish
• TP16 | Professional darajadagi sifat

💬 Savollar va buyurtmalar uchun:
📞 +998 94 080 73 33
Uzum: https://uzum.uz/fluggi-store

📦 Sifat kafolati - Biz bilan xarid qiling!

#savdo #arzonnarx #video #aksessuar #aksessuar #videogames #teleprompter #suflör
1👍1🔥1
Bir ko'ylak bilan qalb ranjittingmi
yana o'sha ko'ylak bilan ko‘ngil ol-ki, ko'ylaging sendan shikoyatchi bo'lmasin.

Bir yerda gunoh qilganingda
yana o'sha yerda tezda tavba qilgin-ki, gunoh qilgan yer gunohingni shohidi bo'lmasin...

#Ibnul Arabiy

🌷 Lekin hozirgi o'lchamlarim meni hafa qilyapti...🙂

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1😁1
Tavakkal.

2024 -yilda ko'p narsalarga rizqim bor ekan, erisha oldim. Alhamdulillah bu yil, o'zimdagi bir kamchilikni vanihoyat yo'qata oldim. Bu "Perfectionism".

Men har bir mendagi sodir bo'lishi kerak bo'lgan narsalar "Perfect" bo'lishini, men qiladigan/qilayotgan/qilmoqchi bo'lgan ishlar 100/100% rejamdagidek ketishini xohlayman.

Lekin, har bir narsada Eng Zo'ri bo'lishim kerak emasligini, Boshqalardan Ajralib turishimning O'zi Yetarligini anglab yeta oldim.

"Perfectionism" ga intiladigan insonlar, Risk ya'ni Tavakkal qilishdan qo'rqadilar. Hali bo'lishi mumkin bo'lmagan muammolarga yechim izlab o'tiradilar.

Bu kamchiligim orqali juda ko'p imkoniyatlarimni o'tkazib yuborishadi. Miyamga Yangi G'oyalar quyilib kelgan vaqt, tavakkal qila olmaganim uchun mendan oldin boshqalar amalga oshirgan loyihalar juda ko’p.

Afsusda emasman. Ha shunday, Tavakkal Qila olish ham Bir Ne'mat.

@nodirbek_abdulhaev
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Grit (Qat’iyat va sabr-toqat) — bu uzoq muddatli maqsadlarga erishish yo‘lida doimiy ravishda mehnat qilish va qiyinchiliklarga bardosh berish qobiliyati. Bu shunchaki iste’dod yoki omadga tayanish emas, balki intizom, matonat va qat’iyatlilik bilan ishlashni anglatadi.

1. Maqsad sari uzoq muddatli intilish

🎯 ➡️ 🏆
“Katta orzuga erishish uchun uzoq vaqt mehnat qilish.”

2. Qiyinchiliklarga chidamlilik

⛰️ + 💪
“Har qanday to‘siqni sabr bilan yengish.”

3. Matonat va iroda

🔥 🛠️
“Motivatsiya so‘nganda ham davom etish.”

4. Xatolardan o‘rganish va o‘zgarish

➡️ 📘
“Xato qildim, lekin undan saboq olib o‘sishda davom etaman.”

Gritning asosiy belgilari:
Uzoq muddatli maqsadlar: Tezkor natijaga emas, balki katta marralarga intilish.
Qiyinchiliklardan cho‘chimay harakat qilish: To‘siqlar motivatsiyani so‘ndirmaydi.
Barqarorlik va doimiy mehnat: Maqsad sari muntazam qadam tashlash, hatto yo‘l qiyin bo‘lsa ham.

Grit tushunchasi kimlarga tegishli?

Grit — o‘quvchilarga, tadbirkorlarga, sportchilarga va o‘z sohasida muvaffaqiyat qozongan har qanday shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin. Bu tushuncha iste’dodning o‘zi muvaffaqiyat uchun yetarli emasligini, unga mehnat va sabr-toqat hamroh bo‘lishi zarurligini ko‘rsatadi.

@nodirbek_abdulhaev
1
⚡️ Binance O'zbekistonda ish boshlaydi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Binance” kripto-birjasi bilan O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalasini hal qildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, “Binance” hozirda belgilangan tartibda "CoinPay" mahalliy birjasi orqali faoliyat boshlaydi. Ya'ni O'zbekiston rezidentlari ushbu platformaga tegishli resurslar orqali “Binance”ga kirishi mumkin.

Tizimni ishga tushirish hamkorlar platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashganidan so‘ng amalga oshirish rejalashtirilgan.

@nodirbek_abdulhaev
❗️Kechadan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik sulhi kuchga kirdi

Sulhning dastlabki shartlari kelishilgan muddatdan bir necha soat o‘tib bajarildi.

Unga ko‘ra, HAMAS garovga olingan 3 nafar isroillik ayolni qo‘yib yubordi. Isroil esa qamoqxonalarda saqlanayotgan 90 nafar falastinlik mahbus ozod qilinganini e'lon qildi.

Kelishuvga binoan, tinchlik sulhi quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1⃣ bosqich 6 hafta davom etadi va unda HAMAS 33 nafar garovga olingan isroillikni (ayollar, bolalar va 50 yoshdan oshgan erkaklarni) qo‘yib yuboradi. 🇮🇱Isroil esa qamoqlarda saqlanayotgan yuzlab falastinliklarni ozod qiladi.

2⃣bosqichda barcha garovga olinganlar, xususan harbiy asirlar ham qo‘yib yuboriladi va o‘t ochish to‘xtatiladi. Isroil G‘azodan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi.

HAMAS jami 98 nafar garovdagi isroillikni, Isroil esa 2 mingga yaqin falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

3⃣bosqichda esa halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish hamda 🇪🇬Misr, 🇶🇦Qatar va 🇺🇳BMT nazoratida G‘azoni qayta tiklash nazarda tutilgan.

@nodirbek_abdulhaev
2
Resilience (Qiyinchiliklarga chidamlilik) — bu odamning og‘ir sharoitlarda, qiyinchiliklar va muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng o‘zini tiklash, davom etish va yanada kuchliroq bo‘lish qobiliyatidir. Bu ruhiy bardosh, moslashuvchanlik va irodani o‘z ichiga oladi.

1. Qiyinchiliklarni yengib o‘tish

🌧️ ➡️ 🌞
“Og‘ir kunlardan keyin ham o‘zgarish va o‘sishga tayyorlik.”

2. Qayta tiklanish qobiliyati

💥 ➡️ 🔄
“Qulaylikdan tushib, yana o‘zingni tiklash.”

3. Moslashuvchanlik

🌊 🌴
“Shamolga egilgan daraxt kabi moslashuvchan bo‘lish.”

4. Qattiq iroda va kuch

💪 🛡️
“Qiyinchiliklarga bardosh berib, mustahkam bo‘lish.”

Resilience’ning asosiy jihatlari:
Moslashuvchan fikrlash: O‘zgargan sharoitlarda yangi yo‘llarni topa bilish.
Ichki kuch: Salbiy holatlardan keyin ijobiy fikrlashni davom ettirish.
O‘zini boshqarish: Stress va tushkunlik holatida sovuqqonlikni saqlash.

Resilience qanday rivojlanadi?
Maqsadga yo‘naltirilgan fikrlash: Har qanday muammoni vaqtinchalik deb ko‘rish.
O‘rganish istagi: Har bir muvaffaqiyatsizlikdan saboq olish.
Qo‘llab-quvvatlovchi tarmoq: Yaqinlar bilan suhbat, yordam so‘rashdan uyalmay harakat qilish.

Resilience — inson hayotidagi har qanday to‘siq va qiyinchiliklarni sinov deb qabul qilib, ulardan rivojlanish uchun imkoniyat yaratish qobiliyatidir.

@nodirbek_abdulhaev
1
Kalmar o‘yini — vaziyat marketingi fenomeni

Kalmar o‘yini nafaqat serial, balki bugungi marketing olamidagi eng kuchli vositalardan biri. Serialning nafaqat o‘zi, balki uni o‘rab turgan har bir detal dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning e’tiborini tortmoqda.

Brend hamkorliklari (Co-branding)
Kalmar o‘yinining pushti soldatlari metro, stadion, okeanlar va hatto samolyotlarda ham paydo bo‘ldi. Bu global striming tarixidagi eng katta reklama kampaniyasi bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va hamkorliklar soni bo‘yicha misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Kroketchi “Wobbles” kabi tinch mashg‘ulotlarni serial mavzusi bilan uyg‘unlashtirgan ijodiy reklama — haqiqiy mahorat namunasi.

Ijtimoiy kuch
Serial ijrochilari oldindan yozib olingan yuzlab videolar, trendlar, va izohlar orqali muxlislar bilan aloqani saqlab kelmoqda. Bu — muxlislar jamoasini oziqlantirish uchun o‘ta muhim. San’atkorlarning ijodi va ijrochanligi serialning uzoq muddatli mashhurligini ta’minlaydi.

Misli ko‘rilmagan qamrov
Kalmar o‘yini — Janubiy Koreya kreativ sanoatining g‘alabasidir. Hozirda Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyoga eksport qilinmoqda va 15 dan ortiq xalqaro brendlar bu muvaffaqiyatdan ilhomlanmoqda.

Xo‘sh, bu kabi yondashuv boshqa serial va mahsulotlar uchun ham muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinmi? Agar ha bo‘lsa, ular qaysilar?

@nodirbek_abdulhaev
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chempionlar ligasida o’yinlar kecha juda 🔥🔥 bo’lipti a?

Barselona o’yinida nima uchun 4+ qo’shib, 5 daqiqada Barselona gol urishiga qo’yib berdi bilmadim.. ammo gollarni ko’rib mazza qilib kuldim 😂

Ayniqsa 1-3 dagi Rafinya goli (balkim raqib darvozaboni)🤣

Kegin Shesni bu o’yinda nimadurla qilib Benfika uchun o’ynagandek bo’ldi 😅

Atletiko va Bayer o’yinida xam ikkita qizil, Xulian Alvarez kuni ekan, juda irodali g’alaba..

@nodirbek_abdulhaev
👍1