Ahmet Batman // Yoz bulutlari
Dasturxonni men tuzaman, ammo palovni sen tayyorla! 🍚
Oshxonaga birgalikda kirasizlar, ammo avvaliga u chiqadi, shunday emasmi? 👩🍳 Sen oshxonaning hokimi kabi yashar ekansan, u mehmon kabi yuradi bu yerda. Go‘yo hamma narsaga begona va u boshqa insonning uyida yurgandek tuyuladi senga. Masalan, hatto choy finjonlarining doimiy joyini bilmaydi.
“Choynak ostiga olov yoq”, desang, “Bu tugma qaysiniki?” deb so‘raydi. 🤔 Ko‘p hayratlanmaslik kerak, vaziyat, ming afsus, ana shunday.
Onam dasturxonni tayyorlardi, dadam esa hatto salat qilmas, limonning suvini chiqazardi, xolos. 🍋 Axir kuch talab qiladi, shunday emasmi? Dadam salat tayyorlamasligi uni yomon insonga aylantirmasdi, albatta, chunki u butun oilasi uchun yashaydigan inson edi. Ammo oshxona bilan kelishmasdi, chunki onam uning qahramoni, qo‘li shirin pazandasi edi. 🍳
Har bir ayol superqahramon! 🦸♀️ Balki hammasi ham emas, ammo aksariyati o‘zini shunday hisoblasa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mas’uliyat tushunchasi bir erkakning nazdida juda o‘zgacha va chegarasiz. Ayollar esa hamma narsaga ulguradi. ⏰
Biz erkaklar avtobusga ulguramiz yoki shunga o‘xshash narsalarni bajaramiz, bu ham qandaydir ma’noga ega. 🚍 Ammo ayollar uy ichidagi har narsaga ulguradilar va bu vaziyat vaqt o‘tib erkakni mas’uliyatsizlikka yetaklaydi. Dastlab “Salatni men qilaman” degan odam, keyinchalik limon sharbatini chiqarish bilan cheklanib qoladi.
Nega? Chunki uyning farishtasi, oshxonaning qahramoni bor. 👩🍳
Ammo oshxona — faqat ayolning maydoni emas, xuddi mehmonxona erkakning doimiy yashash joyiga aylanmasligi kerak bo‘lganidek. To‘g‘ri, xonadondagi har burchak hammaga tegishli. Gazni yoqishni bilmaydigan erkak, rafigasi xasta bo‘lsa, sho‘rvani tashqaridan buyurtma qiladi. 🍲
Limonning sharbatini birga chiqaraylik, choyni birga damlaylik. ☕
Dasturxonni men yozaman, ammo palovni sen tayyorla, uddalay olmayapman — o‘rgat menga. 🙌
@nodirbek_abdulhaev

❤2
Baxtli inson
Baxtli inson “baxtliman” deya o‘zini ko‘rsatishga urinmaydi. 😊
Nima bo‘lsa ham tabassum qiladigan inson, albatta, azob chekkan bo‘ladi, aks holda bunday qilmagan bo‘lardi.
O‘zini chindan ham yaxshi his etayotgan inson buni isbotlashga ehtiyoj tuymaydi. ☕
Bir chetda qahvasini ichib, huzuridan bahra oladi. Dengizni kuzatadi, samoni kuzatadi, yaqinlari bilan suhbat quradi, ammo:
“Men yaxshiman, qarang, hanuz oyoqdaman, qanchalar kuchliman, qanchalar baxtliman,” — deya o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaydi.
Ahmet Batman

❤5
Farg’onada ish boshladim.
Oldin ham aytkan edim, tekstil sohasi menga juda xam yaqin. Yaxshi tushunarli soha.
Yaqinda yaxshi taklif kelib tushdi.
Farg’onada “O’zto’qimachilik sanoat” uyushmasining hududiy boshqarmasi qayta tashkil qilinyapti ekan, yangi darajada.
2 oy davomida shu tashkilotning Bosh mutahassis lavozimida ishlashga rozi bo’ldim.
Bu mani fikrimcha hayotimda bo’layotgan “Выгорание” dan chiqishga yordam beradi. Balkim bu yer aynan menga yetmayotgan narsalarni topishga yordam berar.
Allohning rejalari biznikidan yaxshiroq. Albatta u istamaganda bugun bu yerga kelib birinchi ish kunimni o’tkazmasdim.
Aytkancha, FLUGGI ni yig’ishtirib qo’yish niyatimiz yo’q albatta. Bu shunchaki qo’shimcha ish sifatida 🤑
FLUGGI har doim prioritetda birinchi o’rinda!
Sharoitla yaxshi ekan. Menga yoqyapti xozircha.

👍6❤🔥1
RASMAN
⚡️Amerikada Endi LGBT Yo‘q. Trump: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni – erkak va ayolni tan oladi.
U, shuningdek, «erkaklarni ayollar sportida ishtirok etishga yaqinlashtirmaslik»ka va’da berdi.
«Men bolalarning jinsiy mayib qilinishiga chek qo‘yish, harbiylar hamda boshlang‘ich, o‘rta maktablarda transgender siyosatiga barham berish to‘g‘risidagi buyruqni imzolayman», dedi Trump Arizona shtatining Feniks shahrida yosh konservatorlar uchun o‘tkazilgan tadbirda.

👍4
Jorj Oruell - “Molxona” asari haqida qisqacha.
Hayvonlar yashaydigan Mister Jounzning «Manel» nomli fermasida hayvonlar yig‘ilib majlis o‘tkazishadi va Keksa Mayor nomi bilan mashhur bo‘lgan cho‘chqa erkinlik, hurklik haqida hayvonlarga ma’ruza o‘qiydi va ularni ma’nan inqilobga tayyorlaydi. U ko‘zlagan insonlarga qarshi qo‘zg‘olon amalga oshmasidan avval Mayorning o‘zi vafot etadi.
Lekin uning sodiq izdoshlaridan Snouboll va Napoleon Keksa Mayor boshlagan ishni oxiriga yetkazishadi va odamlarni fermadan quvib solishadi. Boshqalarga nisbatan aqlliroq bo‘lgan cho‘chqalar qolgan hayvonlarni boshqarishadi. Dastlab barchasi Keksa Mayor aytgani kabi bo‘layotgandek tuyuladi, lekin voqealar rivoji boshqacha kecha boshlaydi.
Asarda mantiqiy obrazlar orqali “Manel ferma”sida ro‘y bergan voqealar tasvirlanadi. Sobiq Sovet Ittifoqi mustabid tuzumining g‘aroyib “o‘yinlari” asar mazmuniga singdirib yuborilgan. Hayvonlar mustaqillik, erk, ozodlik, baxt, farovon hayot uchun kurashadilar. Lekin ularning maqsadlari sarobga aylana beradi. Asarda qatag‘onlik davrining xalq boshiga solgan fojealariga ham alohida e’tibor berilgan.
Albatta tanlov o’zingizda. Hali xam shu “aqilli” cho’chqalar boshqaruv davri zo’r bo’lganmi?

❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1🤗1
YandexGO ilovasida endi reklama joylash mumkin!
BRB banki o’zining kreditlarini reklama qilipti.
Bir qiziqish kerak, YandexGO da qancha ekin..
@nodirbek_abdulhaev
BRB banki o’zining kreditlarini reklama qilipti.
Bir qiziqish kerak, YandexGO da qancha ekin..
@nodirbek_abdulhaev
❤1
❗️Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Bugun, 25-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:28 da Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot quladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Boku shahridan Rossiyaning Grozniy shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Samolyot bortidagi 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a'zosidan 32 nafari, jumladan, 2 nafar bola aviahalokatda omon qolgani xabar qilinmoqda. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.
Hozirda Qozog‘iston hukumati tomonidan tuzilgan komissiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Ba'zi taxminlarga ko‘ra, halokatga samolyot boshqaruv tizimining ishdan chiqqani, ikkala dvigatelning bir vaqtda ishlamay qolgani yoki parvoz vaqtida qushlar bilan to‘qnashib ketilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Hodisadan so‘ng, MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgda bo‘lib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev shoshilinch ravishda Bakuga qaytib ketdi.
26-dekabr kuni Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev samolyot halokati oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik bildirdi.
Inna Lillahi va Inna Ilayhi rojiun 🤲

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qarg'alar uchsa qaraylik, Marg'ilonning yo'liga"
- Nega aynan Marg'ilon yo'li?
- Nima uchun aynan qarg'alar uchgan vaqtda Marg'ilon yo'liga qarash kerak?
Ushbu she'rni yillar o'tib xalqimiz raqs bop, sho'x qo'shiqqa o'zgartirishgan. Aslida esa ushbu qo'shiqqa o'ynashimiz emas, yig'lashimiz kerak!
Ne-ne qonxo'rliklarni ko'rmadi bu Turkiston!
"Turkiston qayg'usi" asari shu haqida ekan.

Sababi SSSR davrida ozodlik uchun bosh ko'targan o'zbeklarning hammaga ko'rinishligi uchun Marg'ilon yo'lining daraxtlariga osishgan, jasadlarni dafn qilish taqiqlangan. Osilgan jasadlarni yeyish uchun qarg'alar to'dasi Marg'ilonga yopiriladi...
Ne-ne qonxo'rliklarni ko'rmadi bu Turkiston!
"Turkiston qayg'usi" asari shu haqida ekan.
@nodirbek_abdulhaev
😢2
Garchi bir qiz o'z
burchlaridan bo'lgan
satri avrat masalasida
chegarani buzsa ham,
sendan, zimmangdagi
ko'zni tiyish majburiyatini
soqit qilib qo'ymaydi...
@nodirbek_abdulhaev
burchlaridan bo'lgan
satri avrat masalasida
chegarani buzsa ham,
sendan, zimmangdagi
ko'zni tiyish majburiyatini
soqit qilib qo'ymaydi...
@nodirbek_abdulhaev
❤1👍1
Yandex Maps'da e'tiborga molik tarixiy binolarning 3D chizmasi ko'rsatilmoqda, tunda ularning chirog'i ham yonadi
Yandex Maps’ga Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xivadagi diqqatga sazovor joylarining uch o‘lchamli modellari qo‘shildi. Bu haqda kompaniyaning davlat organlari bilan aloqalar direktori Sardor Qodirov xabar berdi.
Hozircha jami 27 ta joyning 3D modeli chizilgan. Bunda Toshkentda Hazrati Imom ansambli, Ko‘kaldosh madrasasi va Chorsu bozori, Buxoroda Poy Kalon va Labi hovuz me’moriy ansambllari, Samarqandda Registon maydoni va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xivada esa Kaltaminor minorasini ko'rish mumkin.
Barcha modellarda arxitektura xususiyatlari, yozuvlar, ranglar, soyalar ko‘rinadi, tekstura aniqlanadi. Tungi vaqtda uning chiroqlari yoritiladi, xuddi real shaharda qosh qoraygandek bo‘ladi.
Xaritadagi 3D modellarni ko'rish uchun yuqoridagi keltirilgan joylardan birini qidirish va yaqinlashtirish kifoya.

Aytma!
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadi:
"Shayton insonga har
tomondan hiyla qiladi.
Uning amallarini sug'urib
olmagunicha qo'ymaydi.
Inson kechasi namoz o'qisa
bu qilgan amalini
"kechgi namoz juda lazzatli-da!"
— deb o'zi boshqalarga aytadi.
Agar ro'za tutsa
"saharlikka turish juda qiyin-da!",
"chanqash juda mashaqqatli-da!"
— deb boshqalarga ro'za ekanini
o'zi bildirib qo'yadi.
Natijada riyo qilgani uchun
amali bekor boʻladi".
Shu gap masjidga exson qilib, ismini “YOZDIRIB” ketadiganlarga xam tegishli bo’lsa kerak.

👍1
Startapchilar o‘qiydigan kitoblar
«Startup Garage» haqida eshitmagan bo‘lsangiz, hozir eshitasiz — startaplarni qo‘llab quvvatlab, ularni katta bozorga olib chiqishga yordam beradigan loyiha.
Yaqinda shu loyiha jamoasi har bir tadbirkor va ularning startaplari uchun muhim qo‘llanmani taqdim etdi — yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladigan 5ta yangi kitoblar:
1. Startup yo‘li: boshlovchilar uchun qo‘llanma
2. Startuplar uchun samarali biznes modeli
3. Startuplar uchun asosiy marketing strategiyalari
4. Startuplar uchun mukammal sotuv qo‘llanmasi
5. Venture mindset: startuplar uchun yangi nigoh
Yangi biznesni rivojlantirib, sotuvlar, ishlaydigan biznes modellar va «venture mindset» haqida kerakli bilimlarni olsangiz bo‘ladi.
Startup Garage ilovasida kitoblarni hammasi bepul. Ilovani shu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Barcha
bezovtaliging,
shubhalaring,
behuzurliging
— o'z yo'lingda emasligingdan...
@nodirbek_abdulhaev
bezovtaliging,
shubhalaring,
behuzurliging
— o'z yo'lingda emasligingdan...
@nodirbek_abdulhaev
👍2
Forwarded from Z|K NOTES (Зухро Курбанова)
Умрага кетиш учун рўйхатда турган отахон паспорти қолиб кетганини пайқаб қолди . Шунда ходимларга уйлари узоқлигини, бориб келишга икки соатча вақт кетишини тушунтирмоқчи бўлдилар. Ходимлар эса хеч нарса қила олишмаслигини. Рўйхатдан ўтиш хам тугаятанини, бир соатда самолёт учишини, улгира олмаслигини айтишди.
Чорасиз қолган отахон қўлини осмонга чўзиб аэропортни бошига кўтариб додлашга тушди:
Эй АЛЛОХ бу нима холат, мени эсимдан чиқибди сени эсингдан чиқмасдику, мен қариган бўлсам сен қаримайдиган зотсанку э, мен унитувчи бўлсам сен унитувчи зот эмассанку, мени хаёлимдан чиққан бўлса нега сен эслатмадинг деб қайта қайта такрорлаб бақириб йиғларди.
Бу ноласидан хама хайрон ва энсаси қотар эди.
Хатто ходимлар келиб кейинги сафарги рейсда кетишлари мумкинлигини айтиб юпатмоқчи бўлишди
Самолётга жўнашига озгина фақт қолганда
Хурматли йўловчилар тепада хавони кескин ўзгариб кетганлиги сабабли учиш тўрт соатга кечиктирилади деган хабар келди.
Орадан бир қанча вақт ўтиб Аллоху Акбар, Аллоху Акбар деган овоз билан отахон қўлида паспорт билан кириб келди. Унга қўшилиб хамма кўзизда ёш билан такбирни такрорлар эди отахон Роббисига шундайин ишонч билан, содиқлик билан савол беравердики, хеч кимга қулоқ солмай уни кўриб тургандек шикоят қилди - У бутун осмондаги хавони ўзгартириб, минглаб йўловчиларни куттириб, хар қандай сабабни хам инобатга олмай режа вақтидан кечикмай учадиган учоқларни жойидан жилдирмасдан саволига жавоб бердия!
Роббинг ижобат қилишни хохлайди сен сўрашни билмайсан, биз сўрашни билмаймиз!
@zuhrasss_vibe

👍2❤1🔥1🕊1💘1