Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Ilon Mask Grok’ka kirish imkonini ochdi — ChatGPT raqobatchilari xavf ostidami?

Endi Grok barcha xohlovchilar uchun mutlaqo bepul! Har bir odam quyidagilarni qila oladi:
• Har ikki soatda 10 ta qiyin savollarga javob bera oladi;
• MidJourney bilan taqqoslanadigan sifatda 10 ta rasm yaratadi;
• Kuniga 3 ta yuklangan rasmni tahlil qiladi.

Asosiy afzallik — Grok rus tilini juda yaxshi tushunadi va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

@nodirbek_abdulhaev
🔥2
📚 Ba’zi insonlar oddiygina muqovali, ko’rimsiz ammo mazmunli va bebaho kitobga o’xshaydi.
Ba’zi kimsalar esa g’ilofi chiroyli, yaltiroq bo’lgani bilan mazmuni qup-quruqdir.

⚠️ G’ilofga mahliyo bo’lib, aldanib qolma!

@nodirbek_abdulhaev
💯1
Aytishlaricha, bugun aynan FLUGGI kompaniyasida Rahbar lavozimiga kirganimga 3 yil bo’lipti.

Ammo eslatib o’taman, FLUGGI g’oyasi va umuman bu orzu kelganiga 10 yil bo’ladi 4-aprelda!

04.04.2016 - G’oya kelgan
08.11.2021 - Davlat ro’yxatidan o’tkan kun
11.11.2021 - Birinchi Fluggi o’quv markaziga asos solganmiz.
10.12.2021 - IT kompaniyaga asos solingan.

3 yil davomida bu orzuni amalga oshirish yo’lida shaxdam qadamlar tashab kelmoqdamiz. Alhamdulillah 😊

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥2🔥2🎉21👍1👏1
🛑 Yangi mahsulotni bozorga chiqarishdagi qiyinchiliklar

Muammo: Yangi mahsulotni bozorga chiqarish juda qiyin bo‘lishi mumkin. Mahsulot yaxshi sifatga ega bo‘lsa ham, uni to‘g‘ri targetlash va marketing qilish muhim. Mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli chiqarish uchun kuchli va aniq strategiya zarur.

Yo‘qotishlar narxi: Yangi mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli chiqarish uchun resurslar sarflanadi. Agar bu jarayon noto‘g‘ri rejalashtirilsa, kompaniya 10-25% daromadni yo‘qotishi mumkin, chunki mahsulotni ishlab chiqarish va reklama xarajatlari foydasiz bo‘lishi mumkin.

Yechim:

1. Bozorni tahlil qilish: Yangi mahsulotni chiqarishdan oldin, bozorni to‘g‘ri tahlil qilish kerak. Mijozlarning ehtiyojlari, raqobatchilar va bozor sharoitlarini yaxshi o‘rganish zarur.

2. Targeting va reklama: Yangi mahsulotni targ‘ib qilish uchun aniq targeting va marketing kampaniyasini ishlab chiqish kerak. Mahsulotni qanday taqdim etishni va kimga yo‘naltirishni yaxshi bilish kerak.

3. Pilot-test va tajriba: Mahsulotni keng jamoatga chiqarishdan oldin, kichik guruhda test qilish va uning bozorga qanday javob berishini kuzatish muhim.

4. Mijozlar fikrini olish: Mahsulotni chiqarish jarayonida mijozlarning fikrlarini to‘plash va uni takomillashtirish, yangi mahsulotni bozorga chiqarishda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim.

Muvaffaqiyatli misollar:

🎯 Tesla: Tesla o‘zining yangi model avtomobillarini bozorga chiqarishda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ular bozorni tahlil qilish, mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va kuchli marketing kampaniyalari orqali mahsulotlarini muvaffaqiyatli targ‘ib qildilar.

🎯 Nike: Nike yangi mahsulotlarini bozorga chiqarishda doimiy ravishda mijozlar fikrlarini to‘plab, o‘z mahsulotlarini takomillashtiradi va yaxshi marketing strategiyalarini qo‘llaydi. Bu ularning bozordagi pozitsiyasini mustahkamlaydi.

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 10-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!

Esimda xar bir tadbir va musobaqamiz boshlanishidan oldin albatta Madhiya eshitamiz kegin biz uchun muhim bir ishlar boshlanadi. Shu asnosida man uchun asotsiatsiya qolgan. Madhiya = muhim ish.

Ayniqsa Armiyada esimda Ofitserlardagi madhiyaga bo’lgan muhabbati. Xar kuni eshitsa ham, birinchi marta eshitayotkandek. Gaplari esimdan chiqmaydi:

- Bu madhiyani biz bemalol eshitishimiz uchun, bizni qancha akalarimiz qanchadan-qancha qonlarini ketkizishgan, ular haqqi xurmat qilishga majbursiz!

Armiyada nima o’rganding desa, hamma bemalol “Madhiyani yodladim” desa kerak 😅 shunaqa yigitlar ham albatta bor edi biz bilan.

Barchani tabriklayman! 🔥
Barchamizga O’zbekistonni dunyo miqyosida tanitish va madhiyamizni biz sababli yangrashi nasib qilsin 🤲

@nodirbek_abdulhaev
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.

🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

@ibratfarzandlari
@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢2
⚙️ Ish jarayonlaridagi avtomatlashtirilmaganligi

Muammo: Ish jarayonlarida avtomatlashtirishning yetishmasligi kompaniyaning samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Ko‘plab vazifalar qo‘lda bajariladi, bu esa vaqtni va resurslarni isrof qiladi.

Yo‘qotishlar narxi: Avtomatlashtirishning yo‘qligi kompaniyaga 15-30% gacha samaradorlikni yo‘qotishiga olib keladi. Bu esa ishni kechiktiradi va xatoliklar sonini oshiradi, bu esa mijozlarga ta’sir qiladi.

Yechim:

1. Asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish: O‘zgarishlarga tez moslashish va ish jarayonlarini tezlashtirish uchun CRM tizimlari, e-mail marketing platformalari va hisob-kitob dasturlarini joriy etish zarur.

2. Vazifalarni prioritetlash: Avtomatlashtirish mumkin bo‘lmagan vazifalarni optimallashtirib, eng ko‘p vaqt talab qiladigan jarayonlarni qisqartirish zarur.

3. Xodimlar uchun o‘qitish: Xodimlarni yangi avtomatlashtirish tizimlariga o‘rgatish va ularni samarali foydalanishga yo‘naltirish kerak.

Muvaffaqiyatli misollar:

Amazon: Amazon avtomatlashtirilgan ombor tizimlari va logistika jarayonlari yordamida samaradorlikni oshirib, tezkor yetkazib berish xizmatini taqdim etadi.

Salesforce: Salesforce o‘zining CRM tizimi yordamida kompaniyalar uchun marketing va sotuv jarayonlarini avtomatlashtirib, samaradorlikni sezilarli darajada oshirdi.

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Ahmoqlar bilan tortishmang!

🔻 Nega bunday qilish kerak emas? Chunki ular bilan muloqot qilish natijasida siz faqat va faqat asabiylashasiz va energiyangizni bekorga yo'qotasiz.

🔻Shuning uchun, mana bir maslahat: fikringizni 2-3 marta turli usullarda tushuntirishga harakat qiling.

🔻 Agar suhbatdosh baribir o'z noto'g'ri tushunchalarida qotib qolsa, ortiqcha vaqt va kuchni yo'qotmaslik uchun suhbatni yakunlang.

Shunday vaziyatlar bo'lib turadimi?
😁 – Ko'p bo'ladi menda
🔥 – Bo'lmagan hali unaqasi

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@nodirbek_abdulhaev
⚖️ Ish va shaxsiy hayot muvozanatining yo‘qligi

Muammo: Xodimlar ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlay olmasalar, ularning ishdagi samaradorligi pasayadi va stres darajasi oshadi. Bu o‘z navbatida, kompaniya ichidagi ruhiy muhitni yomonlashtiradi.

Yo‘qotishlar narxi: Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qligi kompaniyaga 15-25% gacha samaradorlikni yo‘qotishiga olib keladi, chunki xodimlar stress, charchoq va yomon kayfiyat tufayli ishlab chiqarish jarayonlarida kam samarali bo‘lishadi.

Yechim:

1. Moslashuvchan ish rejimlari: Xodimlarga ish vaqti va joyini moslashtirish imkoniyatini berish, ularni shaxsiy hayotiga ko‘proq vaqt ajratishga yordam beradi.

2. Stressni kamaytirish dasturlari: Xodimlar uchun stressni kamaytirish va motivatsiyani oshirish maqsadida treninglar va seminarlar o‘tkazish zarur.

3. Ish joyida sog‘lom muhit yaratish: Jismoniy va ruhiy sog‘likni yaxshilash uchun ish joyida sport zallari yoki dam olish xonalari yaratish.

Muvaffaqiyatli misollar:

✔️ Microsoft: Microsoft kompaniyasi xodimlarga moslashuvchan ish vaqti va uzoq muddatli ta’til imkoniyatlarini taklif etadi, bu esa ularning ish samaradorligini va shaxsiy hayotini muvozanatda saqlashga yordam beradi.

✔️ Salesforce: Salesforce xodimlarining ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlashga katta ahamiyat beradi va kompaniya ichida ruhiy salomatlik dasturlari taklif etadi, bu esa ularning ish samaradorligini oshiradi.

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🔹 ESET NOD32 Antivirusni yangilash 🔹

🌐 Asosiy: https://222.youface.uz
🔒 Login: @spyuz
🔑 Parol: ZimaXoloda

EsetNod32 yuklash 👉
O'rnatish va yangilash 👉
1
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Ranjish - ma'rifat emas!

"Ranjimang, afandim", deya mavzuni boshlashni istayman. Ranjimangki, yarashish uchun yo’l izlashga majbur bo'lmang. Kerak bo'lsa samimiyatingizni kamaytiring, ammo bolalar kabi "Yarashamizmi?" demang. Unday qilmang.

Ranjigan insoningiz bilan o'z vaqtida munosabatlaringiz bolgan. U bilan nimalarnidir baham ko'rgansiz.
Kuni kelganda uning yonida bo'lgansiz, kuni kelganda u siz uchun fidokorlik gilgan. So'ngra yoki sizning jahl ustida aytilgan so'zingiz, yoki uning bir xatosi, yoki batamom anglashmovchilik sababli o'rtangizdagi bog’ bir lahzada yakson bo’lgan.

Mana shu yerda inson "Arziydimi?" deya o'ylab ko'rishi kerak. Chindan ham shu narsaga ehtiyoj bormidi? Ya'ni ranjiydigan darajada uzoqlashishning keragi bormidi?
Inson ba'zan ranjitadi, ba'zan ranjiydi.

Tabiatimizda bu ko'p takrorlanadigan holatdir. Shunday ekan, bunday damlarda ranjish o'rniga bir chetda o'tirib, sokin holatda fikr qilishni o'rganishimiz darkor. Insonga vaqt bergan donolikni boshqa hech narsa taqdim eta olmaydi. Oradan vaqt o'tgach eng jiddiy xafagarchiliklar ham o'tib ketadi.

Endi esa, agar arzimas sabablarni deb biror do’stingiz bilan gaplashmayotgan bo'lsangiz, iltimos, unga qo'lingizni uzating.
Ushbu yozganlarim haqida ham so'zlab berishingiz mumkin.

Ishonginki, bu satrlar qarshingizga shunchaki chiqgani yo'q.

Dunyodagi hech narsa shunchaki bo'lmaydi.

Dunyo hayoti juda qisqa, ranjib yurish uchun esa yanada qisqa.


Hamma narsa birgina lahzaga bogliq.

Bir paytlar baham ko'rilgan qanchadan qancha narsalar hurmati haqi u bilan gaplashing. Bu meni baxtli qiladi, chunki bu dunyo sabablar dunyosidir va men mana shunday go’zal narsaga sababchi bo’lishni istayman.

Hayot ranjib yurish uchun juda qisqa, ishonaver...

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥3
Ahmet Batman // Yoz bulutlari

Bir devor qura olasanmi?

Shunday insonlarga duch kelamanki, devor bilan gaplashish mantiqliroqdek tuyuladi. Anglamagan inson bilan muammoyim yo'q, u bilan bir amallab kelishishim mumkin, mening va barchamizning asl muammoyimiz - anglamaslik uchun chiranadigan insonlar turiga duch kelishdir.

Devorga aytsangiz - devor tushunadi, ammo u inson aslo anglamaydi.
Hozirgi zamonning muammolaridan biri ham shu bo'lsa kerak, deb o’ylayman.

Bizni anglamasliklari - katta muammo.

Bizni anglamaydilar, chunki qarshimizda anglashni istaydigan insonlar yo'q.

Hamma o'zini anglatishni istaydi va bizlar ham ba'zan shundaymiz, ammo men kimnidir anglashni - meni anglashlaridan ko'proq yaxshi ko'raman. Kimnidir tushuna olganimda o'zimni ham unga anglata olaman, anglash o'zaro bo'lmasa, hamma narsa boshi berk ko’chaga kiradi.

Xullas, oxirgi paytlar farosat deya atalmish fazilatning qadri oshgandan oshdi.

Siz ham bu masalada ozingizni qiynamang, iltimos.

Qarshingdagi sizni anglashni istamasa, nima qilsangiz qiling, bari behuda. Qancha urinsangiz ham foyda bermaydi, anglamaydi.

Atrofingizda devor qurganlar bo'lmasa ham o'sha devorni siz o'zingizga qurib oling.

Ba'zan devor qurish behuda so'z sarflashdan kamroq charchatadi.

Bizni anglamaydilar, chunki qarshimizda anglashni istaydigan insonlar yoq.

@nodirbek_abdulhaev
1
«Кинопоиск» talqiniga ko’ra 2024-yilda eng ko’p man ko’rgan filmlar janri - bu Drama ekan.

2024-yilning 207 soatini «Кинопоиск» bilan o’tkazibman.

Umumiy hisobda:

23 ta film 🎥
284 seriya tomosha qilibman.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1