Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
136 subscribers
721 photos
264 videos
2 files
115 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bravo! 👏

Bo’larkanku-ey!

Kreativlikka gap yo’q!


Bugun 17-noyabr, Birlashgan millatlar tashkilotining yo’l tranport hodisalarini xotirlash kuni ekan.

Videoda esa 2024-yil Superliga ramziy jamoasi edi.

@nodirbek_abdulhaev
🔥42👍2
📈 “Nega savdolar oshmayapti?”

Muammo: Ko’p kuch va mablag’ sarflaysiz, marketing rejalari ishlab chiqasiz, reklama kampaniyalariga sarmoya kiritasiz. Ammo natijada savdolar o‘smaydi va ko‘zlangan daromadga yetib bo‘lmaydi. Raqobatchilar savdoni oshiryapti, lekin sizda o‘sish sust yoki umuman yo‘q.

Yoqotishlar narxi: Savdo o‘smasligi daromadni 20-80% gacha kamaytirishi mumkin. Yiliga yo‘qotishlar hisobsiz albatta, shu jumladan noto‘g‘ri reklama va marketing kampaniyalari xarajatlari tufayli.

Yechim:

1. Savdo voronkasini tahlil qilish: Savdo jarayonini bosqichlarga ajrating — mahsulot yoki xizmat haqida xabardorlik, qiziqish, qaror qabul qilish va sotib olish. Qaysi bosqichda mijozlar jarayondan chiqib ketayotganini aniqlang. Misol uchun, ko’pchilik mahsulot haqida bilib, lekin uni xarid qilishdan to‘xtab qolayotgan bo‘lsa, qaror bosqichini yaxshilash kerak.

2. Maqsadli auditoriyani chuqur o‘rganish: Mahsulotingiz maqsadli mijozlaringizning ehtiyoj va muammolarini qanchalik qondiradi? Agar sizning taklifingiz ular istagan narsani aks ettirmasa, bu savdolarni cheklashi mumkin. Maqsadli auditoriyaga moslangan marketing xabarlari savdoni sezilarli darajada oshiradi.

3. Qayta ishlangan reklama xabarlari: Reklama materiallaringiz aniq va qiziqarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Mahsulot qiymatini ko‘rsatadigan va mijozga haqiqiy foyda beradigan xabarlar tayyorlang.

4. A/B testlar va tahlil qilish: Bir nechta reklamalar yoki savdo strategiyalarini sinab ko‘ring va ularning natijalarini taqqoslang. Qaysi reklama yoki strategiya eng samarali ekanini bilib olganingizdan keyin asosiy resurslarni unga yo‘naltiring.

5. Mijozlarning fikrini o’rganish: Mijozlar nimani yoqtirgan yoki yoqtirmaganini aniqlang. Ularning sharhlari va mulohazalari marketing strategiyangizni yaxshilashda juda qimmatli ma’lumotlar beradi.

Muvaffaqiyatli misollari:

🔶 Amazon: Amazon mijoz tahliliga katta e’tibor beradi, xarid voronkasidagi har bir bosqichni o‘rganib, qaysi nuqtalarda mijozlar jarayondan chiqishini aniqlaydi. Ular bu ma’lumot asosida sayt va reklama xabarlarini yangilaydi.

🔴 McDonald’s: Har bir yangi mahsulot uchun mijozlarga yo‘nalgan turli xil reklama testlari o‘tkaziladi va ulardan eng muvaffaqiyatli bo‘lgani keyingi reklama kampaniyalarida ishlatiladi. Bu yondashuv ularga savdoni oshirishda yordam beradi.

@nodirbek_abdulhaev
🇹🇷 Turkiyada tushkan rasmlar ichidan TOP🔝-10 talik.

@nodirbek_abdulhaev
❤‍🔥5👍3🔥2👏1
📉 Reklama mijoz olib kelmayapti

Muammo: Trafik oqimiga ko‘p sarmoya qilasiz, lekin kutilgan konversiyalar yo‘q. Xarajatlar oshmoqda, ammo mijozlar reklama orqali sotib olishga undirilmayapti. Reklama byudjeti noto‘g‘ri sarflanmoqda, lekin foydali natija bermayapti.

Yo‘qotishlar narxi: Konversiyaning pastligi tufayli reklama byudjetining 50-70% i behuda ketishi mumkin. Har oyda minglab $ yo‘qotish ehtimoli mavjud, bu esa yil davomida sezilarli miqdorga yetishi mumkin.

Yechim:

1. Maqsadli auditoriyani aniq belgilash: Reklamani maqsadli auditoriyaga yo‘naltiring. Misol uchun, yosh, jinsi va qiziqishlariga qarab maqsadli mijozlarni aniqlab, reklama xabarini ularga mos ravishda tayyorlang.

2. Kontentni optimallashtirish: Reklama mazmunini mijozlar ehtiyojlariga muvofiq qilib tayyorlang. Qisqa va aniq xabar, foyda va qiymatni aks ettiradigan mazmun mijozlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

3. Qayta sotishga urg‘u bering: Saytingizga tashrif buyurgan, ammo xarid qilmagan foydalanuvchilarga qayta reklama bering. Bu orqali ular bilan aloqani mustahkamlay, sotib olishga undashingiz mumkin.

4. A/B test va optimizatsiya: Bir necha reklama variantlarini sinovdan o‘tkazing va eng samaralisini tanlang. Natijalarga qarab reklama xabarini optimallashtiring.

Muvaffaqiyatli misollar:

😎 Facebook: Ularning algoritmlari orqali maqsadli auditoriyani aniqlash va reklama mazmunini optimallashtirish, foydalanuvchilarning o‘ziga xos qiziqishlariga muvofiq kontentni taklif qilish reklama samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Nike: Mijozlarning qiziqishlari asosida reklama segmentlarini yaratadi. Bu strategiya ularga maqsadli auditoriyaga mos keladigan aniq reklama xabarlari tayyorlashda yordam beradi, natijada konversiya ko‘rsatkichlari ortadi.

@nodirbek_abdulhaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 JCh-2026 saralashi

🇰🇵 KXDR 0:1 Oʻzbekiston 🇺🇿

44’ | GOOOL. Fayzullayev hisobni ochdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tugadiyaaaaa-eyyy bay bay bay… 🔥 yonib kettim o’zi xam.
😁6
Qilich sostav 🚀🗡️💣🔥❤️

@nodirbek_abdulhaev
👍5
Hasan Basriy Rahimahullohdan:

“Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir”(“Shuaro” surasi, 100-101) oyatlari haqida so‘ralganda shunday dedilar:

“Bu qiyomat kuni bo‘ladi. Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirib bo‘lgandan keyin, jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi:

– Ey Robbim, falonchi hamrohim qayerda, falonchi do‘stim qayerda? Uni jannatda ko‘rmayapman-ku! - deydi. Shunda unga:

–U do‘zaxda, - deyiladi. Shunda haligi kishi:

– Ey Robbim, yo Parvardigoro! Uning yonimda emasligi sabab jannat menga tatimayapti, - deydi.

Shunda Alloh taolo uning do‘stini do‘zaxdan chiqarilishiga buyruq beradi. U do‘zaxdan chiqib, jannatga kirarkan, do‘zax ahli:

– Uni kim shafoat qildi, uni kim chiqardi?! Uning solih amali bormi?! - deydilar.

– Yo‘q, - deb javob beriladi.

– Unda shahid otasi yoki shahid akasi shafoat qildimi? - deydilar.

– Yo‘q, - deyiladi.

– Unda, payg‘ambarlar va rasullar shafoat qilishdimi? - deydilar.

– Yo‘q, uni solih bir do‘sti shafoat qildi, - deyiladi.


Shunda do‘zax ahli faryod qilishadi va

“Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir. Bas qaniydi yana bir marta (yashashning iloji) bo‘lsa-yu, bizlar ham mo‘minlardan bo‘lsak, deydilar. (“Shuaro” surasi, 100-102-oyatlar).

Koshki dunyoga bir zumga bo‘lsada qaytarilsagu, yaxshi insonlar bilan tanishsak, deydilar...


Jannat egalari jannatga kirganlarida dunyoda ezgu yo‘lda birga yurgan do‘stlarini ko‘rmasalar izzat sohibi (buyuk Alloh)dan “Ey Robbimiz, dunyoda biz bilan birga namoz o‘qigan ro‘za tutgan do‘st birodarlarimiz bor edi, ularni ko‘rmayapmiz”, deb so‘rashadi!

Alloh taolo: “Do‘zaxga boringlar, yuragida zarra og‘irligicha iymoni borlarni olib chiqinglar”, deb marhamat qilar ekan!

Hasan Basriy Rahimahulloh: “Mo‘min do‘stlarni ko‘paytiringlar, qiyomatda ular shafoat qiladilar” dedilar. Sizni jannatga yetaklagan do‘st chin vafodordir!

Alloh bizlarni Jannatda jam bo‘ladigan do‘stlardan qilsin.

@nodirbek_abdulhaev
👍3❤‍🔥211🔥1👏1