Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
723 photos
270 videos
5 files
117 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
https://youtu.be/Rl8HXAt2WeM?si=i7v808d-uc-ajbRE

Man o’zi juda xam aktivist insonman deb xisoblayman.

Namangan Davlat Universitetidagi o’qish davomida kam bo’lsada xar-xil konkurslarda ishtirok ettik.

Shulardan biri Zakovat intelektual tanlovi, fakultetlar aro.

Lekin tog’risini aytaman, bu tanlovdan kegin tushungan narsam shuki:

Na Fakultet rahbariyatiga, na studentlarga bu turdagi tanlovlar kerak. Bizni fakultetimiz rahbariyatiga ochiq aytishim mumkin “davomat”dan boshqa xech nima ko’ziga ko’ringan emas. Bir og’iz qo’llab quvvatlash eshitkanimiz yo’q, aksincha darsda qatnashmaganimiz uchun jazolandik.

Shu-shu qaytib bu fakultet uchun kurashishni istamadim. Lekin o’zim uchun juda xam qiziqarli NamDU dan qolgan xotira..
👍4🔥31❤‍🔥1👏1
https://youtu.be/tvMNivMEyCM?si=Hv-Qx6SdCBAFnEhD

UzTextile Expo 2021

Fabrikadan ketkanimga qaramay, tekstil sohasiga qiziqishim so’nmagan.

Navbatdagi xalqaro ko’rgazmada o’zimizning yangi maxsulot AR-katalogni tekstil korxonalarga taqdim ettik.

Xozirgi kunda 5 ta fabrika kataloglariga va boshqa sohadagi xizmatlar uchun aktiv xizmat ko’rsatib kelmoqdamiz.
👍3🔥3211❤‍🔥1👏1
Faqatkina yutuqlarim haqida emas, balkim aksincha xatolarim xaqida xam gapirmoqchiman.

AR-katalog loyihasi bo’yicha fabrikalar bilan muloqotga chiqishni boshladik va birma-bir uchrashuvlar jarayonida taniqli klassik kostyumlar ishlab chiqaruvchisidan taklif tushdi

- SMM xizmatlarimizni qilish kerak..

Ko’p o’ylab o’tirmay rozi bo’ldim. Birinchi xatoim kichik summaga - shu bilan o’z qadrimni tushurdim, ikkinchidan - o’z imkoniyatlarimga notog’ri baxo berdim.

Natijada: birinchi fotosessiya va loyihani yopilishi. Eng yomoni bu albatta loyallikni yoqotilishi.

Alhamdullillah, shunday xatolar borki biz rivojlanamiz va o’sishga yangi motivatsiyalar qabul qilamiz.
🔥4❤‍🔥1111👍1👏1🤔1💯1
👍5🔥2❤‍🔥111👏1🤔1💯1🤗1
Tasavvur qiling, sizning orzuingizni amalga oshishiga kimdur pul tikmoqchi?

Xa, mani hayotimda shunday ish bo’ldi.

Bir kuni bir yangi fabrika katalog uchun fotograf izlayotgani xaqida xabar topdim. Tezda aloqaga chiqdim.

Va oldinroq “Issiqlik manbai” dagi fotosessiyamizni yubordim, mijozga ishimiz yoqdi va tezda katalog uchun fotosessiyani kelishib oldik.

To’g’risi juda xam xursand edim shu kuni. Chunki Professional Fotoapparat bu mani bir kichik orzularimdan edi. To’g’ri xali sotib olmadim lekin buni ishlatish xam katta zavq.

Fotosessiya juda xam omadli o’tti mijoz mamnun.

Va bu tanishuv xam ko’p imkoniyatlar olib keldi hayotimga 🔥
🔥5❤‍🔥1👍1👏1😍1💯1
👍7🔥31👏1😁1💯1🆒1
Startup Tashabbuslari 5-davri

FLUGGI GROUP
nomi bilan ushbu grant loyihada ishtirok ettik.

Biz uchun juda xam yangi bilimlarga boy o’tti. Namangan viloyati miqyosida 1-o’rin.

Respublika loyihalari ichida Peachment yakuniga ko’ra 5-o’rinda ko’rildik.

Bu albatta bizning birinchi bu kabi tanlov edi, natija a’lo deb xisoblayman.

Aytkancha biz aynan AR-maxsulotimiz loyihasi bilan ishtirok etgan edik.
👍5🔥21❤‍🔥1👏1💯1🏆1🆒1
👍5🔥41❤‍🔥1👏1💯1🏆1🆒1
👍6🔥3❤‍🔥111👏1💯1🏆1
11.11.2021 - Navkent filiali
10.12.2021 - Afsona filiali
02.02.2022 - Isfarxon filiali
08.02.2022 - Nanay filiali

FLUGGI o’quv markazlar tarmog’i yaralishi.

2021-yilning bahor oylarida Mirzohid bilan o’quv markaz loyihasiga qattiq qiziqib qoldik.

Albatta chin dildan xoxlasangiz Alloh ishlaringizni ochiq qiladi. Uzoq vaqt o’tmay bizning g’oyalarimizga naqd 3 ta investor topildi! 🫨

Yangi qo’rg’ondagi loyihalarimizni bir investor bilan.

Shahardagi loyihalarni esa boshqa ikki investor bilan boshlashga qaror qildik.

O’quv markaz ochishdan asosiy maqsadimiz - bizning yuksak maqsadimiz IT kompaniyamiz shakllantirish uchun sifatli kadrlarni tayyorlash.

2023-yil yanvar oyida barcha filiallarimizni missiyamiz bajarilganligi sababli yopdik va investor ulushlarini sotib olishga muvaffaq bo’ldik. Barcha xodimlar va yetishib chiqqan o’quvchilarimizni bir manzilga jamladik.

Xozirda jamoamiz 20 kishidan ortiq va to’laqonli IT va marketing sohasidagi xizmatlarni muvaffaqiyatli bajarib bormoqdamiz.
👍5🔥2❤‍🔥111👏1💯1🏆1
Mustaqillik bayrami muborak 💐

Yangi O’zbekiston - yangi natijalar davri.
❤‍🔥1
https://youtu.be/wFJuURwzp6U?si=vhccwQHdr6rZ8jlM

Ready for Trade - Xalqaro marketpleyslardagi savdolar bo’yicha treningda ishtirok ettim.

Barcha voqealar Intercontinental mehmonxonasida bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida juda qiziqarli bo’lgan networkinglar topishga muvaffaq bo’ldim. Ikki kishilik tandemda qisqa biznes rejalar tuzishni praktikum qildik.

Bizning loyiha shundan iborat edi-ki:

Milliy ayollar oyoq kiyim brendini yaratish va uni xalqaro marketpleyslarda sotuvini amalga oshirishni rejasi.

Qiziqarli kunimdan videolavha.
6👍2
“Биз энди 37 миллионлик катта халқмиз.

Ўзбекистон ҳозирги кунда аҳоли сони бўйича жаҳондаги энг йирик 40 та давлатдан бири ҳисобланади.

Бу рақамни ислоҳотларимиз, меҳнатимиз, билим ва қобилиятимиз билан катта салоҳиятга айлантиришимиз керак.

Денгизга чиқиш имкониятимиз чекланганини инобатга олиб, эътиборимизни креатив соҳаларга қаратишимиз, уларни жадал ривожлантиришимиз зарур. Жаҳонда креатив саноат маҳсулотлари экспортидан йилига миллиардлаб доллар даромад топаётган мамлакатлар кўп.

Бинобарин, шундай маҳсулот ишлаб чиқаришга бел боғлаган ижодкор ишбилармон-ларимизни, айниқса, ёшларимизни ҳар томонлама рағбатлантирамиз”,

- деди Шавкат Мирзиёев.
5👍2❤‍🔥1
Bilasizmi?

Ikki xil fikrlashning turi mavjud:

1. Ijrochi firklash — bu insonning belgilangan ko‘rsatmalarga yoki rejaga rioya qilib, vazifalarni samarali bajarish qobiliyatidir. Bu fikrlash tarzi tafsilotlarga e'tibor qaratish, intizomli va tartibli bo‘lish, shuningdek, boshlangan ishni oxirigacha yetkazish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Ijrochi fikrlash vazifalarni belgilangan muddatlarda yuqori darajada bajarishni ta'minlash uchun muhim bo‘lib, bu ayniqsa, jamoaviy ishda va loyihalarni boshqarishda qimmatli hisoblanadi.

2. "Rahbarlik fikrlashi" — bu jamoani va tashkilotni boshqarishga yo‘naltirilgan strategik va tizimli fikrlashdir. Rahbar umumiy manzarani ko‘ra olish, qarorlarning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish, resurslarni taqsimlash, xodimlarni motivatsiya qilish va yuzaga keladigan muammolarni samarali hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu fikrlash turi yetakchilik, rejalashtirish, qaror qabul qilish ko‘nikmalarini va natijalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Tashkilotning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlash va jamoani belgilangan maqsadlarga erishishga olib borish uchun rahbarlik fikrlashi zarurdir.

Endi sizga savol:

Faberlik kabi “tarmoqli marketing”da muvaffaqiyatli faoliyat olib boruvchi xodimlar qaysi fikrlashga mansub?

Albatta “ijrochi”. Bunday tipdagi insonlar uchun rejalar aniq berilishi va rejani bajarish qulayroq. Bularni ustida albatta rahbarlik bo’lishi lozim. Strategiyalarga va qarorlarga bu tipdagi insonlar tog’ri kelmaydi.

Aksincha man kabi insonlar esa rahbarlik fikrlashidamiz. Biz muhim qarorlarni o’zimiz qabul qilishni istaymiz, intizomni talab qilamiz ammo o’zimizda bu muammo bo’ladi.

Siz ko’rib turgan videoda man 1 soat davomida “Rahbarlik fikrlash”im asosida “Ijrochi fikrlash”ga mansub xodimlarni fikrini o’zgartirishga xarakat qilibman. Bu albatta xato!

Buni marketingda - Notogri Auditoriya Analizi deyiladi.
👍42❤‍🔥1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 2-sentabr kuni mamlakatimizda 1-prezidentni xotirlash kuni bo’lib o’tmoqda.

Bundan roppa-rosa 8 yil avval O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov vafot etgan edi.

Tarixda o’z muxrini qoldirgan, shaxsan mening fikrimcha yaqin tariximizdagi eng katta “Renessans” ustida bizga boshlovchilik qilgan inson. Har joyda o’zining jasorati va aql-idroki bilan odamlar qalbida joy ola-olgan inson.

Alloh rahmatiga olgan bo’lsin.
❤‍🔥1
Angren Charm Invest - Tog’ bag’rida joylashgan so’lim go’sha ekan o’zi xam.

Teri qayta ishlab chiqish korxonasida katalog fotosessiyasiga keldik.

3 kun davomida tog’da mazza qilib “dam” oldik.

Juda shinam ishchilar uchun yotoqxonalar bilan ta’minlangan ekan.
👍42❤‍🔥1🔥1