Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
139 subscribers
722 photos
266 videos
5 files
117 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
📌 Keys: 2 oyda +300% ko’proq ariza. Qanday qilib bu natijaga erishdik?

Bizga murojaat qilgan mijoz — tekstil ishlab chiqaruvchi kompaniya.
Ular reklama yo’lga qo’ygan edi, lekin arizalar deyarli yo‘q, savdo sust, xaridorlar chalkash.

Biz hammasini boshqatdan qurishga qaror qildik.
Na faqat reklama, balki butun tizimni yangiladik.

Natija:
2 oyda arizalar soni 3 baravarga oshdi
Sifatli mijozlar paydo bo‘ldi
Shahsan rahbarning so’zlariga ko’ra: “Endi reklama uchun emas, savdo uchun ishlayapmiz.”

🚀 Nima ishlar qilindi?
1. Bozordagi segmentlar tahlil qilindi.
– Kim ularning real mijozlari?
– Kimga nima kerak, nimani qadrlaydi?
2. Xar bir segment uchun UTT (Unikak Tijoriy taklif) ishlab chiqildi.
– Mijozlar uchun “nega aynan biz?” savoliga kuchli javob topildi.
– Narx emas, qadriyat oldinga chiqarildi.
3. Tijoriy taklif va katalog ishlab chiqildi.
– Zamonaviy, soddaligi bilan ajralib turadigan dizayn.
– Sifatli fotosessiya, matnlar, dizayn va bosma materiallar tayyorlandi.
4. Yangi veb-sayt yaratildi.
– Mijozga mos struktura, chaqiriqlar, qulay navigatsiya
– 3 tilda: o‘zbek, rus, ingliz
5. CRM tizimi joriy qilindi.
– Barcha arizalar endi tizimli hisobda
– Har bir mijozni kuzatish, eslatmalar, avtomatlashtirilgan javoblar
6. SMM strategiya ishlab chiqildi.
– Kontent-reja, vizual brending, highlights
– Savdo, ishonch va brand awareness uchun ishlaydigan postlar
7. Veb-saytning SEO + reklama orqali reklama.
– Google orqali qidiruvdan kirishlar
– Maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan kontekst reklama

📈 Natijada nima bo‘ldi?

✔️ Mijozlar o‘zlari bog’lanishyapti.
✔️ “Qimmat” emas, “sifatli” degan yondashuv paydo bo‘ldi.
✔️ Kompaniyada ichki tartib va monitoring paydo bo‘ldi.

🎯 Bu oddiy reklama emas. Bu tizimli marketing.

Agar sizda ham:
– Arizalar kam
– Raqobatchilar o‘tib ketayotgan bo‘lsa
– “Sifat bor, mijoz yo‘q” degan muammo bo‘lsa…

👉 Bizga bog’laning @develup_sales — sizning biznesingiz uchun individual strategiya ishlab chiqamiz.

@nodirbek_abdulhaev
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉 Nega MDHdagi 80% to‘qimachilik fabrikalarida mijozlar qaytmaydi?
B2B savdolaridan olingan tahliliy kuzatuv

Ko‘pchilik fabrikalar bir xil muammo bilan duch keladi: mijoz bir marta buyurtma qiladi — va boshqa aloqaga chiqmaydi. Sabab mahsulot sifatida emas, balki mijozlar bilan tizimli ishlashning yo‘qligida.

CRM tizimi yo‘q, mijozlar segmentatsiya qilinmaydi, B2B-kommunikatsiya muntazam emas. Natijada savdo jarayoni tartibsiz, marketing esa faqat rasmiyatchilik bo‘lib qoladi.


🧩 Biz nima qilamiz:
To‘qimachilik fabrikalariga B2B savdo va marketing tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beramiz — mijozni topishdan tortib, uni uzoq muddatli hamkorga aylantirishgacha.

📌 Xulosa:
Qayta buyurtmalar — bu omad emas, balki to‘g‘ri tashkil etilgan tizim natijasi. Agar bu tizim bo‘lmasa — siz mijozlaringizni 90% ini yo‘qotayapsiz.

📩 Agar fabrikangiz savdosini oshirishni istasangiz — @fluggi_sales ga murojaat qiling.

Direct’ga yozing yoki bizga bog’laning
📞 20 010 60 05— sizning kompaniyangiz uchun ham bepul audit o‘tkazamiz!

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
"Uyqudagi shahzoda" hayotdan ko‘z yumdi...

Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Valid ibn Xolid ibn Talal 37 yoshida vafot etdi. U 20 yildan ortiq komada yashadi — bu vaqt mobaynida u ko‘zlarini biror marta ham ochmadi...

Hamma narsa Londonda o‘qiyotganida, 16 yoshida ro‘y bergan avtohalokatdan boshlandi. Og‘ir bosh miyasi jarohati — va shundan beri hayotiy uskunalar yordamida yashab keldi.

Doktorlar yillar davomida oilasiga:
🛑 "U hech qachon uyg‘onmaydi. Hayotni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtating", — deya taklif berib kelishdi.

Lekin otasi ko'nmadi.
“Uyg‘onib ketadi!”
— deya umid bilan takliflarni rad etdi…

Bugun esa uzoq komadan so'ng olamdan o'tti.

@nodirbek_abdulhaev
🔍 Nega ayrim tadbirkorlar faqat kunini ko‘rib yuradi, boshqalar esa biznesini kengaytiradi? Farq qayerda?

Men ko’plab uchrashuvlar davomida turli darajadagi tadbirkorlar bilan suxbat qildim — kichik xizmat ko‘rsatish bizneslaridan tortib yirik ishlab chiqaruvchilargacha. Va bitta narsani aniq tushundim:
muammo — na bozor, na pul, na omadda.
Muammo — fikrlash kalibrida.

💡 Kichik tadbirkor:
— hech kimga ishonmaydi,
— hamma ishga o‘zi aralashadi,
— mutaxassis yollab, uni o‘qita boshlaydi (xuddi o‘zi undan yaxshi biladigandek),
— vaqtini strategiyaga emas, mayda-chuydalarga sarflaydi.
— ko’p noliydi, besabr.

U sharoit yaratmaydi — aksincha, to‘sqinlik qiladi. U “delegirovat” qilish o’rniga nazorat qilishga intiladi. Va oxir-oqibat, “routine”dan charchaydi.

🚀 Yirik biznes egasi:
— o‘zi hammasini o‘rganmaydi, u natija uchun pul to‘laydi,
— eng zo‘r mutaxassislarni yollaydi va ularga ishlash uchun qulay sharoit yaratadi,
— vaqtini emas, pulini sarflaydi — va bu bilan o‘z vaqtini qutqaradi,
— odamlarni faqat maosh bilan emas, hurmat va erkinlik bilan ushlab qolishni biladi.

Shuning uchun fikrlash kalibri — bu haqiqiy farq. Aynan shu narsadan bilsa bo‘ladi: odam yutuqqa ketayaptimi yoki yana bir yil «tirikchilik bilan» o‘tayaptimi.

🔑 Yillar davomida tushungan eng muhim haqiqatim:
katta biznes egasi hammasini o‘zi qilmaydi — u eng yaxshilarni topadi, ularga ishonadi, sabr qilib shoshqoloqlik qilmaydi va o‘zi keyingi bosqichga o‘tadi.
Shuning uchun ular rivojlanadi. Qolganlar esa band, charchagan va joyida turibdi.

💬 Endi savol:
Siz qaysi bosqichdasiz?
Mutaxassislarga ishonasizmi — yoki hali ham hammasini o‘zingi qilishga harakat qilyapsizmi?

Fikrlaringni kommentda kutaman👇

@nodirbek_abdulhaev
3
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
Kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

@nodirbek_abdulhaev
3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM