Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
713 photos
260 videos
2 files
112 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Salqinlanyapmiz 💦
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 4 yil bilim, 40 yil begona soha.

HeadHunter Uzbekistan tadqiqotlariga ko‘ra, odamlarning aksariyati oliy ma’lumotiga mos bo‘lmagan sohalarda ishlamoqda.

Demak, biz:
– to‘rt yil jon kuydirib olgan diplomni devorga ilib qo‘yganmiz
– lekin hayotga pul, imkon va sharoit yo‘l ko‘rsatgan.

Bu — shunchaki statistik ma’lumot emas. Bu bir avlodning ichki qayg‘usi.

Savol tug‘iladi:
Diplom noto‘g‘rimi?
Yo hayot yo‘nalishini o‘zgartiradimi?
Yoki biz shunchaki o‘zimizni tanimay, o‘rgatilgan izdan ketamizmi?


Ko‘pchilik hayotining 40 yilini o‘z kasbiga emas, o‘ziga begona sohalarga sarflayapti.

Natijada:

Ishi bilan faxrlanmaydigan mutaxassis.
Oylikni kutib yashaydigan odam
Kuchli emas, chidagan kadrlar


Balki, biz bolalarni “qaysi sohani tanlaysan?” deb emas,
“qanday muammo yechishni istaysan?” deb so‘rashimiz kerakdir?

Bittasi men! Mening maqsadim O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, aksincha dimlomim esa, O’zbek sportini rivojlantirish. Mensiz xam bu sohani zo’r eplashyapti.

@nodirbek_abdulhaev
🔥5😁21
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokotuh!

Yoshlar ishlari agentligi boshchiligida viloyatning har xil sohalarida eng faol yoshlari qatorida Toshkentga yo’l olyapmiz.

Toshkentda Respublika eng faol yoshlari bilan Yoshlar festivali va Davlat rahbari bilan uchrashuvga borish kutilyapti.

@nodirbek_abdulhaev
🔥63👏2
🧠 “Xodimlar yutuqqa erishsa – bu faqat kompaniya sharofati bilanmi?”

Yaqinda yana eshitdim:

“Bizga kelganida hech kim tanimasdi uni. Biz tarbiyaladik, biz yo‘l ochdik…”


Bu gaplar tanishmi? Ehtimol, siz ham eshitgandirsiz. Balki o‘zingiz ham aytgandirsiz.

Lekin bir haqiqat bor:
Har bir odam bu yerga noldan kelmagan.
U sizning eshigingizni qoqishidan oldin ham yashagan, o‘rgangan, yiqilgan, turgan.

📚 Har bir tajriba – maktab.
💥 Har bir og‘riq – saboq.
🔍 Har bir muvaffaqiyatsizlik – hozirgi natijaning soyaboni.

Siz uning imkoniyatlarini ochgandirsiz, lekin o‘sha imkoniyatga tayyorlab kelgan yo‘l — bu uning o‘zi bosib o‘tgan yo‘l.

“Faqat biz sababchimiz” degan fikr – motivatsiyani o‘ldiradi.
“Sen bu yutuqqa o‘zing ham munosib eding” degan gap esa – ichki ishonchni uyg‘otadi.

👥 Rahbar sifatida sizdan faqat bitta narsa so‘raladi:
Odamni ko‘ring. Mehnatini qadrlang. Yuragini sinmang.

Chunki sizga qarab ishlayotgan har bir xodim – bu yurakdir.
Bu yurак esa eng katta sarmoyangizdir.

@nodirbek_abdulhaev
👍81
Biz kettu 🔥

Afsuski Telefonlar mumkinmas ekan olib ketish mehmonxonadan xatto.


Barchaga hayrli kun tilayman.

@nodirbek_abdulhaev
🔥61
Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
Biz kettu 🔥 Afsuski Telefonlar mumkinmas ekan olib ketish mehmonxonadan xatto. Barchaga hayrli kun tilayman. @nodirbek_abdulhaev
📍 Yana bir muhim bosqich ortida

Bugun men uchun hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri bo‘ldi. Ilk bor shunday yirik va nufuzli tadbirda asosiy ishtirokchilar qatorida bo‘lish – juda katta mas’uliyat va faxr bag‘ishladi.

Televizor orqali kuzatib kelgan yoshlar jamoasi orasida o‘zimni ko‘rish — bu go‘yoki orzuning ro‘yobga chiqishidek bo‘ldi. Eng ta’sirli jihati esa – mamlakatimiz rahbari bilan juda yaqin masofada turib, u kishining so‘zlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bu holat meni ilhomga, yangi maqsadlar va motivatsiyaga to‘ldirdi.

Bugun yana bir bor davlatimiz yoshlarimizga qanday katta e’tibor qaratayotganiga amin bo‘ldim. Bir yigit rahbarlik lavozimiga tayinlandi, bir jurnalist qiz Prezidentimiz bilan Ozarbayjonga tarixiy safarda ishtirok etadi. Yana biri esa Surxondaryoga tashrif buyurib, u yerdagi o‘zgarishlar haqida keng jamoatchilikka ma’lumot beradi. Va yana bir yigitimiz Boshqaruv akademiyasiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Eng muhim jihati – ushbu tadbirga Respublika bo‘ylab tanlab olingan 300 nafarga yaqin yoshlar qatorida men ham bor edim. Bu so‘nggi 5 yildagi tinimsiz mehnatimning natijasi, mevasidir.

Alhamdulillah.

Bunday yuksak ishonch va imkoniyat uchun chuqur minnatdorman. Bu men uchun endigina yangi davrning boshlanishidir.


@nodirbek_abdulhaev
👍102
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezident parasportchi qizga uy sovg‘a qildi

Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz velosport bo‘yicha Paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovani shaxsan tabrikladi.

Davlat rahbari uni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga topshiriq berdi.

Shu joyida ko’p tadbir ishtirokchilarining ko’zlariga yosh keldi.

@nodirbek_abdulhaev
7🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda AI-Study platformasi ishga tushiriladi.

100 000 dan ortiq yoshlar Sun’iy intelektlarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Shuningdek aytib o’tish kerakki bu 1 000 000 sun’iy intelekt loyihasining bir qismi.

@nodirbek_abdulhaev
👍3🔥31👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O’zbekiston to’qimachilik sanoati uchun dizayn va marketing EU bozoriga yondashuv” treningidamiz.

@nodirbek_abdulhaev
🚀 NOYOB IMKONIYAT: BUGUNDAN BOSHLAB KELAJAKNING BIR QISMI BO‘L!

2 OYLIK VOLONTYORLIK UCHUN TANLOV 🔥 (Namangan shahri)

Inqilobiy loyiha jamoasiga qo‘shiling — biz orzular jamoasini yaratmoqdamiz!
Faqat 2 oy, lekin bu tajriba sizning kelajakdagi karyerangizni butunlay o‘zgartirishi mumkin.
Bu oddiy amaliyot emas — bu o‘sish uchun platforma!

💼 OCHIQ POZITSIYALAR:

1. SMM-MENEJER (volontyor)


Siz: kontentni sevasiz, Reels'larni yaxshi ko‘rasiz va Instagram’da auditoriyani jalb qilishni bilasiz.
Bizda sizga taklif etamiz:
Portfolio uchun haqiqiy keýslar
Marketologlar bilan mentorlik
Jasur g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyati
Tomoshabinlarning minnatdorchiligi va e’tirofi

2. BREND-FACE (volontyor)


Siz: xarizmatiksiz, auditoriyani ushlashni bilasiz va kuchli brend yuziga aylanishni xohlaysiz.
Bizda sizga taklif etamiz:
Shaxsiy brendni prodyusserlik asosida rivojlantirish
Foto va video suratga olish jarayonlari
Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashish
Biznes auditoriyasi bilan networking

3. SOTUV BO‘LIMI MENEJERI (volontyor)


Siz: muloqotni yoqtirasiz, savdoni sevasiz va muzokara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchisiz.
Bizda sizga taklif etamiz:
Skriptlar asosida savdo va trening
Haqiqiy mijozlar va CRM tizimi
KPI va birinchi savdodan boshlab maosh
Doimiy jamoaga qo‘shilish imkoniyati

4. WORDPRESS DASTURCHI (volontyor)


Siz: amaliyotda bilimlaringizni oshirib, kuchli portfolio yig‘moqchisiz.
Bizda sizga taklif etamiz:
Biznesdagi jonli loyihalar
Mentorlik ko‘magida ishlash
Kuchli jamoa bilan tajriba
Tijorat vazifalari bilan tanishish

🎓 BARCHA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROKCHILARGA BONUS:

Siz FLUGGI GROUP marketing kompaniyasi — dan rasmiy *INTERNSHIP* sertifikatiga ega bo‘lasiz, u:
Resume'ingizni kuchaytiradi
Xorijiy universitetlarga topshirishda yordam beradi
Portfolio uchun katta keýs bo‘ladi

🎯 NEGA BU QADRLIDIR:


* Haqiqiy keýslar, haqiqiy jamoa, haqiqiy imkoniyatlar
* Yopiq chat va ichki ta’limga kirish
* Fotosessiya, tadbirlar va brend faolliklarida ishtirok
* 2 oydan so‘ng haq to‘lanadigan lavozimda qolish imkoniyati

🕒 SHARTLAR:

* OFLAYN, Namangan shahri
* 2 oylik o‘sish jarayoni
* Kuniga 3–4 soat, moslashuvchan jadval

* Qadrli va kuchli jamoa

🔥 Tayyormisiz? Tez orada boshlaymiz!
Mini-rezyume yoki qisqa video bilan ariza yuboring: \[pozitsiya] deb belgilang

💬 @develup_sales
🌐 Telegram: @fluggi_group
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Nvidia Microsoft’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Iyun oyida Nvidia o‘zini yana dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatida ko‘rsatdi va Microsoft’ni ortda qoldirdi. Chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 3,86 trillion dollarga yetdi.

@nodirbek_abdulhaev
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪲 Chik-chik-chik! Siz xam oldin buni eshitkansiz. Mana u qanday ovoz chiqararkan!

Bunaqa jonzotni ko‘p marta eshitganman, lekin biror marta ham ko‘rmagan edim.

Bugun hovlimda ovqatlanib o‘tirganimda, qulog‘imga yana o‘sha “chik-chik” ovoz chalinib qoldi.

❗️Bu safar shunchaki eshitmadim — tosh ottim eshitkan tomonimga ko’z oldimda bir nima sakragandek bo’ldi. Qanday jonzot ovoz chiqaryapti degan sir nihoyat ochildi.

Zudlik bilan kamerani yoqdim. Qarsem, kichkina qora qong‘iz toshlar orasidan chik degan ovoz chiqaryapti!

🎥 Videoga tushirib oldim — bu rostakamiga tabiat mo‘’jizasi!

Keyin bilsam, bu shilqim (yoki ilmiy nomi bilan shchelkunchik): u ichidagi maxsus “qulf” mexanizmi orqali chik-chik ovoz chiqaradi va o‘zini havoga otadi.

Tirik mexanizm desak ham bo‘ladi. Tabiyatda shunaqa jonzotlar borligiga ishonish qiyin!

Shuncha yildan beri eshitib, birinchi marta ko‘rganim — haqiqiy “kayip”😅


@nodirbek_abdulhaev
3