Nodirbek Abdulxayev | Shaxsiy blog
138 subscribers
710 photos
258 videos
2 files
111 links
FLUGGI MCHJ Korxonasi Rahbari.
@fluggi_group

Tekstil sohasidagi marketing va sotuv autsorsingi @develup_uz

Loyihalarim: @fluggi_tours, @fluggi_edu, @vinetki_namangan

@nodirbek_abdulhaev
Download Telegram
Rossiya bozori: trikotaj mahsulotlari uchun 5 muhim xususiyat
1. Sifat va narx balansi muhim. Rossiya mijozlari o‘rtacha narxdagi, lekin chidamli va qulay kiyimlarni qadrlaydi. Yaxshi trikotaj = iliqlik + uzun umr.
2. Klassik va bazavoy dizaynlar talabda. Minimalistik, oddiy, har kuni kiyiladigan kiyimlar (casual)— aynan shu segment eng ko‘p sotiladi (futbolka, xudi, sport kostyumlari).
3. Sezonlik muhim rol o‘ynaydi. Kuz-qish kolleksiyalari (jinsi bilan ketadigan sviterlar, issiq kostyumlar) – katta talabga ega. Bahor va yozda esa yengil futbolkalar va polo.
4. Logistika va yetkazib berish tezligi — hal qiluvchi omil. Rossiya xaridorlari (ayniqsa, B2B segmenti) tez yetkaziladigan, muammosiz bojxona va hujjatlar bilan ishlovchi yetkazuvchilarni qadrlaydi.
5. Mahalliylashtirish va rus tilidagi xizmat muhim. Sayt, katalog, aloqa va sotuvdan keyingi xizmat rus tilida bo‘lishi kerak. Bu sotuvni kuchaytiradi.



Xulosa: Uzoq muddatli hamkorlik uchun sizga nafaqat sifatli mahsulot, balki professional xizmat, mos narx va tayyor kataloglar kerak. Rossiya bozori katta — lekin raqobat ham kuchli. Sizni boshqalardan ajratib turadigan narsa kerak.

P.S. Agar mahsulotni chet elga sotish niyatida bo’lsangiz, noo’rin “vatanparvarlik” qilishni to’xtating.

*O’zbek tilida reklama qilishni.

Mijoz bilan bir tilda muloqot qilish kerak!

Siz ko’p eksport qiling, eng katta “vatanparvarlik” manimcha shu bo’ladi.


@nodirbek_abdulhaev
1👍1
🇨🇳 Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushdi.

Yuklab olish — 9834 Mbit/s, uzatish — 1008 Mbit/s, kechikish esa atigi 3 millisekundni tashkil etadi.

Ikki soatlik 8K filmni 72 soniyada yuklab olish mumkin.

@nodirbek_abdulhaev
😱21
2025-yilda brendlar orasida ommalashishi kutilayotgan trendHuman Claw

Beis va Hero Cosmetics brendlari yaqinda juda qiziqarli aksiyalar o‘tkazdi.
Aksiyada ishtirokchilar havoda osilgan holatda mahsulotlar bilan to‘ldirilgan maydonga tushiriladi. Beis esa ishtirokchilarga pushti rangli chamadonlar ichidan o‘z sovg‘asini tanlab olish imkonini berdi.

Bu brendga qanday foyda keltiradi?

Ishtirokchilar mahsulotni reklamada koʻrib emas, shaxsiy tajriba orqali tanlaydi.

Kontent oqimi portlaydi. Bu kabi qiziqarli holatlarni videoga olishadi, TikTok/Instagram’da bo‘lishishadi, bu brendga bepul reklama va taniqlilik olib keladi.

6 soatgacha cho‘zilayotgan navbat kutishda, voqea o‘tkazilayotgan joyga yetib borishning o‘zi “prestij”ga aylanadi va FOMO effekti ishga tushadi.

Odamlar oddiy banner yoki video reklama emas, aynan ko‘ngilochar kampaniyalarni qoʻllab-quvvatlashadi.
Brendlar esa bu orqali bir vaqtning ham o‘zida auditoriya, ham kontent, ham PR'ga ega boʻladi.

2025-yilda bu format trend boʻladi. Chunki odamlar zerikarli reklama koʻrishni emas, unda qatnashishni koʻproq yoqtirishadi.

@nodirbek_abdulhaev
1👍1😁1
🖥 Jannatga o'tish uchun — jahannamdan o'tish kerak.

Bu oddiy jumla mening hayotimni tag-tugi bilan o'zgartirdi. Chunki har qanday katta natija — tinimsiz mehnat, fidoyilik va chidamli sabr talab qiladi.


Ha, aynan sabr va og'riq.

Qorong'u, sokin tunlarda uxlamay dizayn ustida ishlash — og'riq.
Kodlar ichida adashib, xatoni soatlab topolmaslik — og'riq.
Shaxsiy hayotni qurbon qilib, loyiha, mijoz, deadline deb yashash — og'riq.

Lekin aynan shu azobdan so'ng natija keladi. Qancha mehnat qilsangiz, shuncha o'sasiz.

Hech nima oson emas. “Unda nega shuncha qiynalish kerak?” deb o'ylaysizmi?

Javobi oddiy: tanlov sizda. Siz yoki o'sishga olib boradigan mehnat azobini tanlaysiz, yoki hech narsaga erisha olmaslik azobini.

Ikkalasi ham og'ir.
Farqi faqat natijada.

Qaysi azobni tanlaysiz — masala shunda.

@nodirbek_abdulhaev
2👍1🔥1🤔1
Telegramdan yangi mini-ilova - Calendar

Telegramda uchrashuvlar va rejalaringizni boshqarish uchun alohida ilovalarga ehtiyoj qolmadi! Yangi "Calendar for Telegram" mini-ilovasi orqali barchasini bitta joyda amalga oshirish mumkin:

Tezkor kirish – Jadvalingiz har doim yoningizda.
Oson ulashish – E-mail shart emas! Do‘stlar va hamkasblarga chat yoki guruh orqali taklif yuborish mumkin.
Jamoa bilan ishlarni rejalashtirish – Ish, tadbirlar, sayohatlar yoki sport uchun umumiy jadval tuzish mumkin.
Bo‘sh vaqtni ko‘rsatish – Uchrashuvlar uchun qulay slotlar tayyorlash mumkin. (xuddi Calendly kabi).
Tezkor videoqo‘ng‘iroq – tCalendar ichida darhol Google Meet yaratish mumkin.
Google Kalendar bilan sinxronizatsiya – Barcha tadbirlar avtomatik ravishda yangilanadi.

Uchrashuv yoki biror tadbirni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz shunchaki telegram orqali uni rejalashtirib qo'ysa bo'ladi, Google calendarda ham o'zgarish paydo bo'ladi.

Endi sinab ko‘ring va vaqtingizni tejang!

@nodirbek_abdulhaev
👍32🔥1
🧠 Tuyg‘ular — eng kuchli dushman yoki eng buyuk ittifoqchi.

O‘z hissiyotlarini boshqara olmaydigan erkak — bu erkin emas. U o‘zining emotsiyalariga qul bo‘lgan.

Siz ikki yo‘ldan birini tanlaysiz:
📌 Yo emotsiyalarni boshqarishni o‘rganasiz yo tuyg‘ular — eng kuchli dushmanni ortirasiz.

Ulkan xatolar doim his-tuyg‘ular ta'sirida sodir bo‘ladi:
- Munosib bo‘lmagan ayolni tanlab qo‘yish.
- Bir lahzalik jahlda yaqinlaringizni ranjitish.
- Qattiq stressda o‘zingizni yo‘qotish.
- Siqilish, o‘zingizni yeb bitirish.

Savol tug‘iladi: “Bunday bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?”

Javob oddiy, lekin og‘ir:

O‘z hissiyotlarini boshqarishni o’rganishingiz lozim. To’g’ri bu bir kunlik ish emas.

Yoki miya, yoki yurak. Har ikkiyoqlama yuradigan yo‘l yo‘q.

Agar siz Sotuvda ishlayotgan bo‘lsangiz, sizga bu ayniqsa tanish:
— Kunlab monitor qarshisida, charchoq ustida xatoga yo‘l qo‘ymaslik.
— Mijozning asabiy yozgan xabariga sokin javob qaytarish.
— Ishda muammolar bo'lsa ham, bosim ostida xotirjam fikrlash.

🧩 Bu ratsional ong natijasi. Bu — o‘z ustida g‘alaba.

Analitika kuchaysa — emotsiyalar zaiflashadi.
Miyaning kuchi — sizni boshqaradi. Emotsiyalar emas.

@nodirbek_abdulhaev
3👍2🔥1
Devordagi teshikni nima bilan yopsa bo‘ladi?

IKEA navbatdagi reklamasida ta’mirsiz ham uyni bezash mumkinligini ko‘rsatdi.

Agar uyingizda chizilgan devor, ko‘chgan oboy yoki boshqa kichik nuqsonlar bo’lsa, ularni ta’mirlashga vaqt ketkazmasdan, o‘rniga arzon dekor bilan ham ko‘zdan yashirsangiz bo’ladi.

Yuqoridagi rolikda gilam va kichik javon yordamida xona qanday yangilanganini ko‘rish mumkin.

@nodirbek_abdulhaev
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Suzishdagila bilan 2 yilcha bo’lgandi oxirgi marta yig’ilganimizga ⚽️

@nodirbek_abdulhaev
👏21
https://t.me/tcalendar_bot/app?startapp=sl0ZmEVw

Mobodo kimdur uchrashmoqchi bo’lsa, oldindan uchrashuv belgilamoqchi bo’lsa bemalol shu ssilka orqali belgilashingiz mumkin😄

Xar bir xoxlovchiga bir soatgacha ajratishim mumkin 🙂

@nodirbek_abdulhaev
1
🔹 ESET NOD32 Antivirusni yangilash 🔹

🌐 Asosiy: https://together.mbcula.uz
🔒 Login: TRIAL-0410691775
🔑 Parol: bs7x3hkpnf

O’xshadimi? 👇 izohlarda yozib keting.

EsetNod32 yuklash 👉
O'rnatish va yangilash 👉

@nodirbek_abdulhaev
Bu ajoyib! ❤️
Baholanglar 🙂‍↔️

ChatGPT hayratlantirishda davom etmoqda 😊

Muallif: Damir Mubinov

@nodirbek_abdulhaev
👍31