NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.86K videos
191 files
6.54K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Forwarded from SEOUL consulting.uz
⚡️BESH TASHABBUS OLIMPIADASI O'TKAZILDI

Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari yaratildi. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazilib kelinmoqda.

G'ozg'on shahrida ham “Besh tashabbus olimpiada” lari star oldi. Jumladan, shahardagi umumta'lim maktablarida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat-shashka, stol tennisi, stritbol hamda workout turlari bo‘yicha besh bosqichda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqa 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni qamrab olgan.

G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Rasmiy sayt|Instagram|Facebook|Telegram|YouTube|TikTok
Navoiy shahridagi «Yoshlar» sport majmuasida Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi hamda Gimnastika federatsiyasining yillik taqvim rejasiga asosan sport gimnastikasi sport turi bo‘yicha Navoiy viloyati yoshlar chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mezbonlik qilgan Navoiy shahridan tashqari Zarafshon shahri hamda Qiziltepa tumanidan 2007-2011-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il hamda 2011-2014- yillarda tug‘ilgan qizlar ishtirok etishdi.
Musobaqa go'lib va sovrindorlari medal va diplom bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Facebook| Instagram
“Besh tashabbus olimpiadasi” – yoshlarni birlashtirishda muhim omil

So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanadiganlarning sonini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Batafsil: http://minsport.uz/oz/news/post/258

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Ta'ziyanoma

Ўзбекистон Республикаси исломий жамоатчилиги ва диний уламолари оғир жудоликка учради.
Бугун, 15 апрель куни Нурота тумани “Чашма” тарихий-меъморий мажмуаси директори, таниқли ислом намоёндаси Атоев Насриддин ҳожи Эшон бобо Мўъбинжон ўғли 63 ёшида бу фоний дунёни тарк этдилар.

Насриддин ҳожи Атоев узоқ йиллар республикамиз ва вилоятимизда Ислом динининг ривожи учун самарали меҳнат қилган аллома, имом-хатиб ва дин пешвоси эдилар.

Навоий вилояти ҳокимлиги раҳбарияти марҳумнинг фарзандлари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик изҳор этади ва сабру жамил тилайди.
Насриддин ҳожи Атоевнинг порлоқ хотираси қалбларимизда абадий яшайди.

Навоий вилояти ҳокимлиги
ахборот хизмати.
#E’LON

ЎТГАНЛАРНИНГ ОХИРАТИ ОБОД БЎЛСИН!

Бугун, 16 апрель соат 13:00 да Нурота туманидаги “Чашма” тарихий-меъморий мажмуаси "Чилустун" жоме масжидида ҳожи Насриддинжон Мўъбинжон ўғли Атоевнинг жанозалари пешин намозидан сўнг
ўқилади.

https://t.me/navoiuz_official
Forwarded from Sport vazirligi
Belbog‘li kurash: Navoiyda mamlakat chempionlari aniqlandi

Shu yil 14-15-aprel kunlari Navoiy shahridagi Yakkakurash turlariga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: http://minsport.uz/oz/news/post/263

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Forwarded from Sport vazirligi
Para dzyudo: Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Turkiyaga joʻnab ketishdi

Bugun, 18-aprel kuni para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan Gran-Pri musobaqasida ishtirok etish uchun Turkiyaga yoʻl olishdi.

Maʼlumot uchun, Turkiyada oʻtkazilayotgan para dzyudo boʻyicha Gran-Pri turniri 18-27-aprel kunlari oʻtkazildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha yunon-rum kurashi ixlosmandlarini joriy yilning 25-27-aprel kunlari sportning yunon-rum kurashi turi bo'yicha Navoiy shahridagi birinchi sport ustasi, Navoiy viloyatida yunon-rum kurashi maktabi asoschisi E.Raxmonov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turniriga taklif etamiz.
Manzil: "Sport saroyi"
Soat: 09:00 da musobaqalarga start beriladi 14:00 da ochilish marosimi
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Sport vazirligi
Suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

Respublika olimpiya zaxiralari kollejining suzish havzasida suzish bo‘yicha mamlakat chempionati bahslari start oldi.

Batafsil: http://minsport.uz/oz/news/post/288

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Forwarded from Sport vazirligi
Para suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga ham start berildi

Bugun, 19-aprel kuni para suzish bo‘yicha Respublika olimpiya zaxiralari kollejining suzish havzasida O‘zbekiston chempionati boshlandi. Mazkur mamlakat chempionatida jami 70 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Batafsil: http://minsport.uz/oz/news/post/290

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining hamda O‘zbekiston Regbi federatsiyasining 2022-yilga mo‘ljallangan musobaqalar o‘tkazish taqvim rejasiga asosan 19-22-aprel kunlari Toshkent shahrida regbi sport turi bo‘yicha 2004, 2005-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati I tur musobaqasiga start berildi. Navoiy jamoasi birinchi o‘yini Farg‘ona jamoasi ustidan 37-7 hisob bilan va Navoiy jamoasi ikkinchi o‘yini Namangan jamoasi ustidan 27-5 hisob bilan g‘alaba qozondi.Navoiy viloyati jamoasining boshqa o‘yinlarida ham omad tilaymiz.