NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.86K videos
191 files
6.53K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🏴 Hakamlar nazariy oʻquv-seminari.

Bugun Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasining hakamlar va nazoratchi hakamlar tayyorlash boʻlimi tomonidan navbatdagi nazariy oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Ushbu seminarga viloyat futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchi hakamlar tayyorlash boʻyicha mutaxassislari R.Bobomurodov hamda Z.Qodirovlar boshchilik qilishib, hakamlarga uchrashuv davomida boʻladigan qoʻpolliklar borasida tushunchalar berishdi.

Shuningdek viloyatda joriy yil oʻtkazilishi belgilangan OʻFA birinchiligi musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish borasida ham koʻrsatmalar berildi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
Forwarded from ZO'R TV NAVOIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy

25.02.2022

SOG'LOM HAYOT UCHUN 5000 MING QADAM

Muxbir: Sabina XO'JAYEVA🎤

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇
https://t.me/ZUR_TV_NAVOIY
"SOG'LOM HAYOT SARI" futbol festivali yana qaytmoqda.

Joriy yil 24-26-fevral kunlari Zarafshon shahrida mini-futbol boʻyicha umumta'lim maktablarining 2012, 2013 hamda 2014-yillarda tugʻilgan oʻquvchilari o'rtasida "Sogʻlom hayot sari" futbol festivali boʻlib oʻtdi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
IKA тақвим режасига асосан жорий йилда бўлиб ўтадиган қитъа ва Жаҳон чемпионатлари, Осиё ўйинлари ва халқаро турнирларда иштирок этувчи курашчиларни саралаш учун 2022 йил Ўзбекистон Кураш федерацияси календарь режасига асосан 25-28 февраль кунлари Самарқанд шаҳрида эркаклар ва аёллар ўртасида кураш спорт тури бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди. Ушбу мусобақага Навоий вилояти Якка кураш турларига ихтисослаштирилган болалар-ўсмирлар спорт мактабининг спортчилари 66- кгда Сафаров Қурбонали 3-ўрин, Ахмедова Севинч 52-кгда 3-ўринларни қўлга киритди ҳамда Бозорова Шахноза 70-кгда 1-ўрин, Умиджон Эсанов 81-кгда 1-ўрин эгаллади ва хар иккала чемпион спортчиларимиз Жорий йилнинг 17 -21 март кунлари Тожикистон давлатида ўтказиладиган Осиё чемпионатига иштирок этиши, ундан ташқари Хитой Тайпейида ўтадиган Осиё ўйинларига ва Жаҳон чемпионатига қатнашиш учун йўлланмани қўлга киритишди. Навоийликлар барчамиз ушбу ғалаба билан курашчиларимизни Табриклаймиз ва қўллаб қувватлаймиз.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
FUTZAL–QIZLAR LIGASI-2022.

Joriy yil 24-25-fevral kunlari Navoiy shahridagi "Sputnik qoʻrgʻoni" sport majmuasida oʻtkazilgan 12 va 14 yoshli qizlar oʻrtasidagi futzal boʻyicha "Qizlar ligasi" musobaqasidan videolavhalar.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
Futzal – Sport maktablar futbol ligasi Oʻzbekiston chempionati.

Joriy yil 2022-yil 1-mart kunidan boshlab Fargʻona viloyatida futzal bo‘yicha 2005-yilda tugʻilgan BO‘SM va IBO‘SM va OMSTBDIMI tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Sport maktablari futbol ligasi” O‘zbekiston chempionatining final bosqichi start oladi.

Ushbu musobaqada viloyatimiz sharafini U.Umarov, S.Abdullayev hamda S.Rahmatov murabbiyligidagi 2005-yilda tugʻilgan viloyatimiz terma jamoasi himoya qilishadi.

Terma jamoamizning guruh bosqichidagi raqiblari va guruhdagi oʻyinlari bilan tanishing. Jamoamizga esa musobaqada faqat va faqat omad tilab qolamiz.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation