NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.57K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida qatnashish orqali siz nafaqat oʻz salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki bu orqali qimmatbaho sovgʻalarni yutib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Buning uchun siz:
1) karantinda uyda qolib oila aʼzolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda oʻzingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;
2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.
Shuningdek, vazirlik rasmiy sahifalarida bu xabar bilan boʼlishadi.
Videoroliklarni baholashda:
taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila aʼzolari uy sharoitida sport bilan shugʻullanish jarayoni aks etganligi;
uyda sport bilan shugʻullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;
videorolikning sifati;
ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shugʻullanishga daʼvat etgan (chaqiriq) boʻlishi;
videoroliklar 2 daqiqadan oshmasligiga eʼtibor qaratiladi.
Chellenj joriy yilning 6-26-aprel kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Har toʻrtinchi kunda chellenjning uch kunlik gʻoliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.
#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida faol ishtirok eting va sovgʻalarni qoʻlga kiriting.
Ўзбекистон Республикаси Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги ҳамда БМТнинг Марказий Осиёдаги Наркотиклар ва жиноятга қарши кураш бошқармаси ҳамкорлигида ташкил этилган #uydaqol! #hayotgaqo'shil оилавий спорт челленжининг 22-26 апрел кунги натижаларига кўра фахрли 1-ўринни қўлга киритган Навоий вилояти Қизилтепа тумани Ғардиён ҚФЙ Майта МФЙ да истиқомад қилувчи Жабборовлар оиласига кимматбаҳо совғаси бошқарма бошлиғи Ш.Нарзиева томонидан ўз эгаларига такдим этилди.
https://www.navoiysport.uz/viloyat-yangiliklari/1420-uydaqol-hayotgaqoshil-chellenzhi-oliblariga-sovalar-etkazib-berildi.html
#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji yakuniga yetdi, tanlovga 20 mingdan ortiq yurtdoshimiz qamrab olindi
#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji yakuniga yetdi, tanlovga 20 mingdan ortiq yurtdoshimiz qamrab olindi
6-aprel – Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni munosabati bilan tashkil etilgan #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasli ham yakuniga yetdi.
Karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni keng targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan ushbu aksiya vatandoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Buni chellenjga yurtdoshlarimiz 10 mingdan ortiq videoroliklar yuborishganidan ham bilish qiyin emas.
Chellenj shartlariga koʻra, yurtdoshlarimiz uy sharoitida va oila aʼzolari davrasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni targʻib qilishlari kerak edi. Tanlovga kelib tushgan aksariyat videoroliklarda butun oila aʼzolari qatnashganligini inobatga olsak, chellenjga kamida 20 ming, balki undan ham koʻproq yurtdoshlarimiz qamrab olindi.
Bugun yakunlangan chellenjning ikkinchi fasl soʻnggi turiga ham mingga yaqin video kelib tushdi. Ular orasida Navoiy viloyati Nurota tumanida istiqomat qiluvchi Hayitovlar oilasi tomonidan yuborilgan videorolik koʻpchilikning hayratiga sabab boʻldi. Unda 86 yoshli buvi hamda ularning 68 yoshli oʻgʻli va 63 yoshli kelini farzandlari-yu nabiralari bilan birga jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanayotgani aks etgan.
Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra bu safar quyidagi roliklar gʻoliblikka munosib koʻrildi:
1-oʻrin: Toshkent shahar Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Ahmedbabayevlar oilasi;
2-oʻrin: Navoiy viloyati Nurota tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Hayitovlar oilasi;
3-oʻrin (ikkita): Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi Normoʻminovlar hamda Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi Islomovlar oilasi.
#uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenji yakuniga yetgan boʻlsa-da, sport ixlosmandlari aslo zerikib qolishmaydi. Ertadan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan eʼlon qilingan yangi aksiya – shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasida birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatiga start beriladi.
Shunday ekan, sport bilan oʻyinda qoling!
#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenji gʻoliblariga sovgʻalar yetkazib berildi.

Yakunlangan chellenjning ikkinchi fasl soʻnggi turiga ham mingga yaqin video kelib tushdi. Ular orasida Navoiy viloyati Nurota tumanida istiqomat qiluvchi Hayitovlar oilasi tomonidan yuborilgan videorolik koʻpchilikning hayratiga sabab boʻldi. Unda 86 yoshli buvi hamda ularning 68 yoshli oʻgʻli va 63 yoshli kelini farzandlari-yu nabiralari bilan birga jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanayotgani aks etgan.

Bugun ular oʻzlariga atalgan sovgʻani qabul qilib olishdi. Ularga sovgʻani tashkilotchilar nomidan Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shahlo Narziyeva topshirdi.
Batafsil👇
https://www.navoiysport.uz/viloyat-yangiliklari/1545-uydaqol-hayotgaqoshil-sportchallenge-chellenji-goliblariga-sovgalar-yetkazib-berildi.html