NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.87K videos
191 files
6.55K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🔺2025-yil 20–28-iyun kunlari Vyetnamda bo‘lib o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar (U17) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Navoiy viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchisi Bunyod Hasanov 48 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

💠Yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan yosh sportchini shahrimizda sport mutasaddilari, murabbiylar, yurtdoshlari ishtirokida tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. G‘olib sportchiga esdalik sovg'alari topshirilib, yutuqlari alohida e’tirof etildi.

🔹Mazkur yutuq Bunyod Hasanovning tinimsiz mehnati, murabbiylar jamoasining professional tayyorgarligi va sportga berilayotgan e’tibor natijasi bo‘lib, kelgusida yurtimiz sportchilaridan yana-da ulkan zafarlar kutishga asos bo‘ladi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Regbi-7 bo‘yicha U-15 O‘zbekiston chempionati Navoiy shahrida yuqori saviyada tashkil etildi

🔺O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Regbi federatsiyasining 2025-yil uchun tasdiqlangan rasmiy taqvim rejasiga muvofiq, Navoiy shahrida regbi-7 sport turi bo‘yicha o‘smir o‘g‘il-qizlar (U-15) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari o‘tkazildi.

🔺Mazkur chempionatda Navoiy viloyati Sport boshqarmasi tasarrufidagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining regbi bo‘limi sportchi-o‘quvchilari ham faol ishtirok etdilar. Musobaqalar yuqori saviyada, katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindor bo‘lishdi:

🥇 1-o‘rin — Navoiy viloyati jamoasi
🥈 2-o‘rin — Namangan viloyati jamoasi
🥉 3-o‘rin — Toshkent viloyati jamoasi


🏆G‘olib va sovrindor jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi hamda Navoiy viloyati Sport boshqarmasi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5
🏆 DXX Kubogi – Final bosqichi!
🗓 29-iyun, soat 19:00
📌 Navoiy shahri, “Yoshlik” stadioni

Futbol va mini-futbol ishqibozlari uchun super final kechasi!

⚽️Futbol bahsi:
💠Navbahor tumani 🆚Xatirchi tumani

⚽️Mini-futbol bahsi:
💠G‘ozg‘on shahar 🆚Navbahor tumani

Kuchli jamoalar, keskin to‘qnashuvlar va chempionlik yo‘lida murosasiz kurash sizni kutmoqda! 💥

🎉 Keling va o‘z jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!
Kirish bepul!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Kurash bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining Navoiy viloyat bosqichi g'oliblari aniqlandi

⚡️Navoiy shahridagi Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Besh tashabbbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining Navoiy viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

🔺Musobaqada 18-30 yosh toifasidagi erkaklar va ayollar 9 ta vazn toifasida murosasiz bellashdilar.

🏆Yakunda barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanib diplom va medal hamda qimmatbaho va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
📸Jarayondan fotolavhalar

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1