NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.87K videos
191 files
6.55K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Navoiylik sportchidan xalqaro musobaqada rekord natija

🔺2025-yil 19–23-iyun kunlari Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “G. Arzumanov Meeting” (Continental Tour Bronze) xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Hindiston, Chexiya, Chili, Portugaliya, Misr, Ukraina va boshqa qator mamlakatlardan yuksak saviyadagi sportchilar ishtirok etmoqda.

🔺Mazkur nufuzli musobaqada Navoiy shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi, 2007-yilda tug‘ilgan Shavkatov Behruz Bekzod o‘g‘li ham qatnashdi. U 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish yo‘nalishida ishtirok etib, ajoyib natijaga erishdi.

🔸Avvalgi rekord 2023-yilda Voxid Iskandarov tomonidan 9 daqiqa 35.93 soniya bilan o‘rnatilgan edi. Behruz Shavkatov ushbu natijani 12 soniyaga yaxshilab, 9 daqiqa 24.13 soniya bilan musobaqa rekordini yangiladi va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


✔️Bu g‘alaba Navoiy sporti tarixiga muhim sahifa bo‘lib yozildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Sport vazirligi
#live

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" ning ayollar o'rtasida 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi Respublika bosqichi bahslari ko'tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Farg'ona shahrida oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada 22-30 yosh toifasidagi ayollar jamoasi quyidagi natijalarni qoʻlga kiritdilar:

🥇I-oʻrin Navoiy viloyati;
🥈II-oʻrin Andijon viloyati;
🥉III-oʻrin Farg'ona viloyati.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🎉5🏆31
⚡️Ayni damda Karmana tumanining “Shibzon” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹Ushbu tadbirlar "Dolzarb 90 kunlik" rejasi ijrosini ta'minlash va yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, 21-umumta’lim maktabida futbol hamda stritbol sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Navoiylik gimnastikachilardan “Jahon Challenge Cup”da yorqin start — 6 ta medal!

⚡️Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Gimnastika sport-saroyi” majmuasida sport gimnastikasi bo‘yicha “Jahon Challenge Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 14 ta davlatidan tashrif buyurgan 65 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.


🔹Musobaqada ishtirok etayotgan Navoiylik gimnastikachilarimiz turnirning ilk bosqichidanoq yorqin va muvaffaqiyatli natijalarni qayd etishdi. Jumladan, sportchilarimiz jami oltita medalni qo‘lga kiritishdi. Bu — yuqori raqobat fonida erishilgan katta yutuq!

🥇 Oltin medallar:

Abdulaziz Mirvaliev
Ahrorxon Temirxonov

🥈 Kumush medallar:

Oksana Chusovitina
Humoyun Islomov
Ravshan Komiljonov

🥉 Bronza medal:

Shahinabonu Yusufova


🔸Bugun esa musobaqaning navbatdagi finallari bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda gimnastikachilarimiz — Abdulaziz Mirvaliev, Xumoyun Islomov (parallel panjaralar) hamda Ahrorxon Temirxonov yana medallar uchun kurash olib borishadi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍311😁1
Uchquduq tumanida yoshlar uchun yangi WORKOUT maydonchasi foydalanishga topshirildi

⚡️2025-yil 20-iyun kuni Uchquduq tumanida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi muhim qadam tashlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-sonli qarori hamda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ijrosi doirasida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.


🔹Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan 5 bosqichli sport musobaqalarining Respublika bosqichida Shashka sport turi bo‘yicha faxrli uchinchi o‘rinni egallagan Abay mahallasi yoshlari uchun tuman 20-sonli umumta’lim maktabi hududida zamonaviy WORKOUT maydonchasi barpo etildi va foydalanishga topshirildi.

🔸Yangi sport inshootining ochilish marosimida Uchquduq tuman hokimi o‘rinbosari N. Muratov hamda sport maktabi direktori U. Salimov ishtirok etib, yoshlarni ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirishdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1🏆1