NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.87K videos
191 files
6.55K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🇺🇿🇰🇿 Gimnastika sport turlarini rivojlantirishga oid PQ-449-son qaror ijrosi amalda!

⚡️2025-yil 13–20-iyun kunlari Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-449-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔺Mazkur mashg‘ulotlar viloyat katta murabbiyi I. Qambarov hamda Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan sport gimnastikasi bo‘yicha sport ustasi S. Rahimov boshchiligidagi 7 nafar sportchi ishtirokida, ikki davlat o‘rtasida imzolangan memorandum asosida o‘tkazilmoqda.

🔸Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, sport gimnastikasini yanada rivojlantirish hamda malakali mutaxassislar ishtirokida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishdir.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun velosiped haydash kerak?

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sport vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📢 Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025–2026-yillarda davlat xizmati sohasida professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan yangicha tizim joriy etiladi.

📱 “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi 2025-yil 1-sentabrdan ishga tushiriladi. Bu ilova orqali xodimlar o‘z ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘zaro muloqotni kuchaytiradi.

2025-yil 1-avgustdan:
• Davlat tashkilotlarida har kuni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
• Sport zonalari yaratiladi;
• Tana vazni indekslari muntazam o‘lchanadi va hrm.argos.uz platformasiga yuklab boriladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺📺
SPORT TA'LIM MUASSASALARI XODIMLARI "RAHBAR KUBOGI"DA O'ZARO RAQOBATLASHDI

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiylik sportchidan xalqaro musobaqada rekord natija

🔺2025-yil 19–23-iyun kunlari Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “G. Arzumanov Meeting” (Continental Tour Bronze) xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Hindiston, Chexiya, Chili, Portugaliya, Misr, Ukraina va boshqa qator mamlakatlardan yuksak saviyadagi sportchilar ishtirok etmoqda.

🔺Mazkur nufuzli musobaqada Navoiy shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi, 2007-yilda tug‘ilgan Shavkatov Behruz Bekzod o‘g‘li ham qatnashdi. U 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish yo‘nalishida ishtirok etib, ajoyib natijaga erishdi.

🔸Avvalgi rekord 2023-yilda Voxid Iskandarov tomonidan 9 daqiqa 35.93 soniya bilan o‘rnatilgan edi. Behruz Shavkatov ushbu natijani 12 soniyaga yaxshilab, 9 daqiqa 24.13 soniya bilan musobaqa rekordini yangiladi va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


✔️Bu g‘alaba Navoiy sporti tarixiga muhim sahifa bo‘lib yozildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Sport vazirligi
#live

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" ning ayollar o'rtasida 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi Respublika bosqichi bahslari ko'tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Farg'ona shahrida oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada 22-30 yosh toifasidagi ayollar jamoasi quyidagi natijalarni qoʻlga kiritdilar:

🥇I-oʻrin Navoiy viloyati;
🥈II-oʻrin Andijon viloyati;
🥉III-oʻrin Farg'ona viloyati.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🎉5🏆31
⚡️Ayni damda Karmana tumanining “Shibzon” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹Ushbu tadbirlar "Dolzarb 90 kunlik" rejasi ijrosini ta'minlash va yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, 21-umumta’lim maktabida futbol hamda stritbol sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1