#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Sport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish yanada takomillashtiriladi
“Sport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (583-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi
🔰 Qaror bilan davlat sport taʼlim muassasalariga hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:
📋 Reglamentga koʻra, davlat sport taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:
🔹Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham);
🔹Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustgacha (shu kuni ham).
✍️ Soʻrovnoma toʻldirilib, 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha sport taʼlim muassasasida tanlagan sport turi boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport taʼlim muassasasi biriktiriladi.
☑️ Ariza beruvchi murojaati boʻyicha yuborilgan sport taʼlim muassasasiga onlayn navbat boʻyicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
❕Shunga koʻra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
⚠️ Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
❌ Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.
🗓 Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab koʻrsatilishi belgilangan.
➡️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1-yanvargacha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, oʻz rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Ushbu tartib boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi.
Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.
Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligida tuziladigan Stipendiya komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar ro‘yxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.
Stipendiya komissiyasi masʼul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar ro‘yxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida ko‘rib chiqadi.
Stipendiya komissiyasi yig‘ilishida umumiy ovoz berish yo‘li bilan stipendiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risida yoki stipendiya tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Stipendiya bir yil muddat davomida har oy mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida to‘lanadi.
Stipendiya harbiylar o‘rtasidagi va talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lganlar uchun ham tayinlanadi.

👍6
Forwarded from Sport vazirligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📢 Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025–2026-yillarda davlat xizmati sohasida professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan yangicha tizim joriy etiladi.
📱 “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi 2025-yil 1-sentabrdan ishga tushiriladi. Bu ilova orqali xodimlar o‘z ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘zaro muloqotni kuchaytiradi.
2025-yil 1-avgustdan:
• Davlat tashkilotlarida har kuni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
• Sport zonalari yaratiladi;
• Tana vazni indekslari muntazam o‘lchanadi va hrm.argos.uz platformasiga yuklab boriladi.

👍1