Musobaqalar qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tib, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg va +90 kg, qizlar o‘rtasida esa 57 kg, 63 kg, 70 kg va +70 kg vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
NAVOIYLIK SPORTCHI OSIYO CHEMPIONATIDA YUQORI NATIJA QAYD ETDI!
🔺 Xabaringiz bor, 2025-yil 9–15-iyun kunlari Tailandning Pataya-Rayong shahrida para kanoe sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Navoiy shahar Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchisi Yoʻldoshev Oybek Oltinovich ham ushbu chempionatda munosib ishtirok etdi.
🔺 U KL-200 metr masofaga eshkak eshish bahslarida qatnashib, yuqori mahorat namoyish etdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🥈 Sportchimizni ushbu gʻalaba bilan tabriklaymiz!
💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Web-Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
DXX KUBOGI QUR’A TASHLASH MAROSIMI
⚽️ Futbol, mini-futbol oʻrtasida oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan DXX kubogi-2025 musobaqasi viloyat bosqichiga qur’a tashlandi.
🔺 Marosimda viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Jasur Murtazoyev, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Dilmurod Davronov, ma’sullar hamda mahalla yetakchilari ishtirok etishadi.
📝 Qur’aga koʻra ushbu mavsumda jamoalar hududlarga boʻlingan holda birinchi bosqichda bahslarni olib borishadi hamda yakuniy bosqichga yoʻl olishadi.
✔️ Shuningdek marosim davomida musobaqani tashkil etish, jamoalarning ishtirok etishdagi tartib-qoidalari borasida ham tushunchalar berildi.
💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐 Web-Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
🇺🇿🥋 Laziza Haydarova Olimpiya chempioniga munosib qarshilik ko‘rsatdi
Yaqindagina yoshlar toifasidan kattalar safiga o‘tgan Navoiy shahar Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tarbiyalanuvchisi 18 yoshli dzyudochi Laziza Haydarova (-48 kg) o‘zining ilk yirik sinovida kuchli raqib bilan to‘qnash keldi.
U dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining ilk bosqichida Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sohibi, Olimpiya o‘yinlarining jamoaviy bahslarida chempion, jahon chempionatining kumush medali g‘olibi, to‘rt karra Yevropa chempioni bo‘lgan fransiyalik Shirin Bukliga qarshi gilamga chiqdi.
Mazkur nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Laziza nomdor raqibasiga qarshi munosib bahs olib bordi. Bellashuv taqdirini faqat qo‘shimcha daqiqalarda olingan shido jazosi hal qildi va Haydarova raqibaga imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Laziza Haydarova joriy yilda Upper Austria Grand Prix turnirida bronza medalini qo‘lga kiritgan, shuningdek, kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham bronza medali bilan taqdirlangan.
Bu — katta sportdagi birinchi qadami. Eng muhimi — bu yo‘ldan to‘xtamaslik. Oldinda hali ko‘plab yutuqlar kutmoqda.

👍4❤2⚡1