NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.57K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘quvchi-sportchilarning yozgi attestatsiya jarayonlari boshlandi.

⚡️Markaz sportchi-oʻquvchilarining attestatsiya jarayonlari yuqori darajada ochiqlik va shaffof tarzda oʻtkazildi hamda  attestatsiyasi jarayonlari toʻliq videotasvirga yozib olindi. Attestatsiya jarayonlarida sportchi-oʻquvchilarning erishgan natijalari, bilimi sarhisobi koʻrib chiqilib, tahliliy-tanqidiy baho berilib yil davomida fanlarni yaxshi oʻzlashtira olmagan, natijadorlik boʻyicha oʻsish sikli past koʻrsatkichni koʻrsatgan sportchi-oʻquvchilar atestatsiya komissiyasining qaroriga asosan sportchi-oʻquvchilar safidan chetlatiladi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀Navoiyda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining dzyudo bo‘yicha mintaqaviy bosqichi o'tkazildi.

🔺Yurtimizda yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy va texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining dzyudo yo‘nalishidagi navbatdagi mintaqaviy bosqichi Navoiy viloyatining Navbahor tumanida bo‘lib o‘tdi.

🔺Ushbu bosqichda G'ozg'on shahar, Navbahor, Konimex hamda Nurota tumanlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqalar davomida sportchilarning texnik tayyorgarligi, tezkorlik, aniqlik kabi ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

🔸Tadbirda Navoiy viloyat sport boshqarmasi sho'ba boshlig'i U.Qahhorov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Farhod Raxmonov, shuningdek jamoatchilik vakillari, sportchi va murabbiylar qatnashdilar.

🏆Yakunda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘oliblar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
❗️❗️❗️❗️

🔺2025-yil 9–15-iyun kunlari Tailandning Pataya-Rayong shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar (U-18) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida navoiylik sportchilar yuksak natijalarga erishdi.

🥇Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchisi Shahrizoda Mavlonova K1 – 1000 metr masofada ajoyib natija qayd etib, oltin medal sohibasiga aylandi. U 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga ishtirok etishi kutilayotgan istiqbolli nomzodlardan biri hisoblanadi.

🥇Shuningdek, markazning yana bir iqtidorli vakili Diyorbek Murodullaev K2 – 1000 metr masofada muvaffaqiyatli ishtirok etib, hamyurti bilan birgalikda 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

✔️Quvonarlisi, yoshlardan iborat terma jamoamiz xalqaro musobaqalarda munosib qatnashib, O‘zbekiston sporti nufuzini yuksaltirishda davom etmoqda!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍2🏆1
#Siyosiy_soat

Navbatdagi Siyosiy-ma'rifat soati

🔹Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.  Unda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi o'quv soatida Navoiy viloyati Sport boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM