NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.58K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Navoiyda trampolin sport turi bo‘yicha ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi.

🔺2025-yil 4–5-iyun kunlari “Yoshlar” sport majmuasida Navoiy viloyati Sport boshqarmasi tasarrufidagi Gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining yillik taqvim rejasiga muvofiq, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab trampolin sport turi bo‘yicha ochiq viloyat chempionati tashkil etildi.

🔺Musobaqada Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan jami 50 nafar sportchi, jumladan 5 nafar qiz ishtirok etdi.

Musobaqa natijalari quyidagicha:

2018–2019-yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida:


🥇 Imron Zokirov (Navoiy)
🥈 Mustafo Qurbonov (Navoiy)
🥉 Aslan Akbarov (Navoiy)

2016–2017-yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida:

🥇 Sherzod Suxrobjonov (Samarqand)
🥈 Yusuf Xodjayev (Samarqand)
🥉 Abdurahmon Anvarov (Samarqand)

2015-yilda tug‘ilganlar o‘rtasida:


🥇 Amirbek Sharipov (Samarqand)
🥈 Rahmat Shoxnazarov (Xorazm)
🥉 Baxtinur Baxtiyorov (Navoiy)

2010–2009-yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida:

🥇 Sardor Saidov (Samarqand)
🥈 Shaxriyor Asamov (Samarqand)
🥉 Sardor Xolmuratov (Samarqand)

2014–2015-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida:

🥇 Zulfiya Baxtiyorova (Navoiy)
🥈 Parizoda Baxtiyorova (Navoiy)
🥉 Iroda Bahriddinova (Navoiy)
🏆Bellashuvlar yuqori sport ruhida o‘tdi va g‘olib hamda sovrindorlar 1-, 2- va 3-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Navoiy viloyatida boks bo‘yicha o‘smirlar chempionati boshlandi

⚡️2025-yil 4–5-iyun kunlari Navoiy viloyat Boks markazida sportning boks turi bo‘yicha 2011–2012-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

🔺Musobaqada viloyatning barcha tuman va shaharlari sport maktablarining terma jamoalari ishtirok etmoqda. Umumiy hisobda 170 nafar yosh bokschi ringda g‘alaba uchun kurash olib bormoqda.

✔️Turnir yosh sportchilarning mahoratini oshirish, tajriba almashish va iqtidorli bokschilarni saralab olishga xizmat qilmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Sport vazirligi
Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligida sohadagi dolzarb vazifalar yuzasidan hududiy sport boshqarmalari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hududlarda "Besh tashabbus olipiadasi" doirasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish borasidagi ishlar holati, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilishni yakuniy natijalari tahlil qilindi.

Sport vaziri joriy yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish ishlarini namunali tashkil etganligi uchun Xorazm viloyati sport boshqarmasi jamoasiga hamda boshqarma mas’ul xodimi Bobur Sapayevga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining navbatdagi bosqichga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda sport infratuzilmasini kengaytirish borasidagi muhim vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
11
Zarafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari davom etmoqda

😀Zarafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining og'ir atletika yo‘nalishi bo‘yicha mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish marosimida Navoiy viloyati sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U. Qahhorov, Milliy Olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘limi ijrochi direktori Farhod Rahmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni tabriklashdi.

Mazkur musobaqada Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanidan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida mintaqaviy bosqich g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM