NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.6K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Karmana tumanida nuroniylar ishtirokida ertalabki jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etildi

⚡️Karmana tumani sport maktabida Tuman "Nuroniy" jamg‘armasi hamda sport maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-443-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida nuroniylar uchun ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

✔️Mazkur sog‘lomlashtiruvchi tadbirda 100 nafardan ortiq nuroniylar faol ishtirok etmoqda.

🔺Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari E. Kenjayev hamda tuman "Nuroniy" jamg‘armasi rahbari O‘. Rajabov ochib berishdi.

🔸Shuningdek, nuroniylar o‘rtasida stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🏆2
UCHQUDUQ TUMANIDA "DXX KUBOGI" FINAL BOSQICHI YAKUNLANDI

⚡️“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “DXX Kubogi” futbol musobaqalarining final bosqichi yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida o‘tkazildi. Unda barcha jamoalar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Natijada quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:

Mini futbol – qizlar o‘rtasida:

🥇1-o‘rin – Shalkhar MFY
🥈2-o‘rin – Do‘stlik MFY
🥉3-o‘rin – Navoiy MFY

Mini futbol – yigitlar o‘rtasida:

🥇1-o‘rin – Aytim MFY
🥈2-o‘rin – Do‘stlik MFY
🥉3-o‘rin – Abay MFY

Katta futbol – o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇1-o‘rin – Navoiy MFY
🥈2-o‘rin – Mustaqillik MFY
🥉3-o‘rin – Do‘stlik MFY


🔹Final bosqich yakunida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uchquduq tumani hokimi Uchqun Yelmuatov, tuman prokurori Maqsud Ortiqov, IIB boshlig‘i Anvar Radjapov, DSI rahbari Anvar Usmonov hamda sport maktabi direktori Umrbek Salimov ishtirok etdi.

🏆Musobaqa davomida faol ishtirok etgan murabbiylar va sportchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🏆1
Navoiyda ot sportini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi

🔺Prezidentning 2021-yil 5-avgustdagi PQ–5212-sonli qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyatida Chavandozlar maktabi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ot sportini ommalashtirish maqsadida konferensiya tashkil etildi.

🔹So‘zga chiqqanlar yoshlarni ot sportiga keng jalb qilish, yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish hamda Chavandozlar maktabi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

🔸Konferensiya dolzarb 90 kun doirasida yoshlar uchun foydali tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qiladi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🏆1