NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.61K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
😀 Navoiyda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichlari davom etmoqda

💬Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan butun respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining navbatdagi  mintaqaviy bosqichi Navoiy viloyatida davom etmoqda.

⚡️Mazkur musobaqaning yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar Navoiy shahridagi "Sugʻdiyona" oʻyingohida o‘tkazildi.

🔘Tadbirda Sport vazirligi vakili A.Shadixodjayev, Navoiy viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i J.Murtozayev ishtirok etdi.

🫥Ushbu bosqichda Navoiy shahar, Karmana, Xatirchi hamda Qiziltepa tumanidan tashrif buyurgan sportchilar faol ishtirok etdilar. Musobaqalar yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

🏆 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun arqonda sakrash kerak?

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Sport vazirligi
Buyuk Britaniyaning
InsideTheGames.biz xalqaro sport portalida
Oʻzbekiston sporti yutuqlari e’tirof etilmoqda

Xabaringiz bor, yaqinda Sport vazirligida nufuzli xalqaro tashkilot IBSA delegatsiyasi bilan oʻtkazilgan hamkorlik uchrashuvida xalqaro sport nashri — InsideTheGames.biz saytining katta muharriri va rivojlanish bo‘yicha direktori Raul Daffunchio Picazo ham ishtirok etgandi.

Yurtimizga tashrifdan so’ng mazkur nashrda O‘zbekiston sporti haqida bir nechta maqolalar e’lon qilindi:

🔗
IBSA visits future Games venue in Tashkent — Mazkur maqolada Xalqaro ko‘zi ojizlar sport assotsiatsiyasi (IBSA) delegatsiyasining Toshkentga safari va O‘zbekistondagi infratuzilmaning xalqaro talablar darajasida ekanligi qayd etilgan.

🔗
Uzbekistan and IBSA underline shared vision — Bu maqolada esa O‘zbekiston va IBSA o‘rtasidagi hamkorlik, uning istiqbollari va mamlakatimizning jahon sport maydonida. tutgan o‘rni tahlil qilingan.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔺Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan “Otchopar” Markaziy Ippodromida Milliy gvardiya va O‘zbekiston Polo federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ot sportining polo turi bo‘yicha musobaqaning Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔺Mazkur bellashuv Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mintaqaviy saralash bosqichlarining yakuniy bosqichi bo‘lib, musobaqa polo sport turi qoidalari asosida yuqori saviyada tashkil etildi.

G‘olib va sovrindor jamoalar quyidagicha aniqlandi:

🥇Oltin medal — Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabi jamoasi;

🥈Kumush medal — Milliy gvardiya Navoiy viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi;

🥉Bronza medal — Milliy gvardiya Xorazm viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi.


Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalarga kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
FIFA Jahon chempionati birinchi marta qaysi yili o‘tkazilgan?
Anonymous Quiz
19%
1940
39%
1938
26%
1930
17%
1927
KARMANADA “DXX RAISI KUBOGI” MUSOBAQALARI YAKUNLANDI

⚡️“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Davlat xavfsizligi xizmati raisi kubogi” musobaqalarining tuman bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

🔹Bugun tuman bo‘ylab mahallalardagi faol sportchi yoshlar ishtirokida futbol va mini-futbol yo‘nalishlari bo‘yicha final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mini-futbol yo‘nalishida o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslar quyidagi natijalar bilan yakunlandi:

🥇 “Uyrot” MFY — 1-o‘rin
🥈 “Beshkent” MFY — 2-o‘rin
🥉 “Nurafshon” MFY — 3-o‘rin

✔️Ushbu jamoalar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Mini-futbol bo‘yicha “NKMK Bosh direktori kubogi” turniri oʻz yakuniga yetdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Forwarded from Sport vazirligi
Xalqaro triatlon ittifoqi Prezidenti Fernandes Arimani bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrat muzeyida Xalqaro triatlon ittifoqi Prezidenti Fernandez Arimani bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayevlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida F.Arimani muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirildi, o‘zbek sportining tarixi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va uning bugungi kundagi natijalari haqida axborotlar berildi.

Uchrashuv davomida xorijiy mehmon tomonidan yuqori darajadagi mehmondo‘stlik, sportga bo‘lgan e’tibor va triatlonni rivojlantirish borasidagi sa’yi harakatlar uchun minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek kelgusida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda o‘zbek sportchilarining munosib ishtiroki, qolaversa mamlakatimizda ham triatlonning nufuzli musobaqalarini o‘tkazish takliflari muhokama qilindi.

Qayd etish lozimki, Samarqand shahri bir necha yillardan buyon triatlon bo‘yicha bir qator nufuzli sport musobaqalariga mezbonlik qildi va bu F.Arimani janoblari tomonidan ham alohida qayd etildi.

Xalqaro triatlon ittifoqi Prezidenti Fernandes Arimani yurtimizga tashrifi davomida Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari jarayonlarida ishtirok etib, qadimiy shahardagi bir nechta tarixiy obidalar bilan ham tanishdi.

Bundan tashqari, F.Arimani poytaxtimizning Yashnobod tumanida bunyod etilayotgan Olimpiya shaharchasidagi sport obyektlari, inshootlar va u yerda sportchi-murabbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube