NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.61K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🖐Navoiy viloyatining Navoiy shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida shashka sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📝Bellashuvlarga respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

🏆Gʻoliblar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🏆1
⚽️Navoiy shahri hududida joylashgan, 2 gektar yer maydoniga ega sport stadioni bugungi kunda qarovsiz holatga kelib qolgan. Aholi undan foydalanmay qo‘yganiga ancha muddat bo‘lgan.

Viloyat hokimi Normat Tursunov shahar bo‘ylab o‘rganish olib borayotgan vaqtda bu sport maydonining taqdiri Viloyat Sport boshqarmasi foydasiga hal etilib, stadionni boshqarma tasarrufiga o‘tkazishga qaror qilindi. Zero, shaharning har qarich yeridan aholi foydasiga unumli foydalanish zarur.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Regbi-7 bo‘yicha (U-15) viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

⚡️2025-yil 21-may kuni 2008-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Regbi-7 sport turi bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi. Musobaqa ishtirokchilari g‘ayrat va yuqori sport ruhida bellashdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘oliblar quyidagicha taqdirlandi:
🥇 1-o‘rin — Navoiy shahar 2-sonli sport maktabi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Navoiy shahar 1-sonli sport maktabi jamoasi

Qizlar o‘rtasida esa quyidagi jamoalar sovrindor bo‘lishdi:
🥇 1-o‘rin — Navoiy shahar 1-sonli sport maktabi qizlar jamoasi
🥈 2-o‘rin — Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Navoiy shahar 2-sonli sport maktabi qizlar jamoasi
✔️ G‘olib va sovrindor jamoalar Navoiy viloyat sport boshqarmasi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Sport vazirligi
⚡️ Xabar berganimizdek, vazir o‘rinbosari Murad Ismailov Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga mas’ul vazirlik hamda idoralari rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvda qatnashmoqda.

🔘Uchrashuv mobaynida vazir o‘rinbosari yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

💬 Tadbirlar davomida Murad Ismailov Xitoy Xalq Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport bosh boshqarmasi direktori Gao Chjidan bilan uchrashib, sport sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlanish va xalqaro o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olishdi.

⚡️ Shuningdek, Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida janob Yerbol Kuantayevich tomonidan o‘zbekistonlik sportchilarning sport sohasida erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, mamlakatimizda sohada olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar va sport infratuzilmalari o‘rganish istagini bildirdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda “Bosh prokuror kubogi” uchun erkin kurash bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

⚡️Navoiy shahar sport majmuasida erkin kurash sport turi bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (U-15) o‘rtasida “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatimizning barcha tumanlaridan kelgan polvonlar oʻzaro bellashishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi sportchilar g‘olib va sovrindorlikni qo‘lga kiritdi:

38 kg vazn toifasi:

1. Mizomov Erkinjon (2010 y., NOPSTTM)
2. Oripov Azizbek (2010 y., NOPSTTM)
3. Xamdullayev Raximjon (2010 y., NOPSTTM)
4. Xalimov Shohrux (2012 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)

44 kg vazn toifasi:

1. Rabbimov Azizbek (2010 y., Navoiy yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi )
2. Ismatullayev Suxrob (2011 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)
3. Baxriddinov Komoliddin (2010 y., Uchquduq sport maktabi)
4. Iskandarov Shaxob (2010 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)

52 kg vazn toifasi:

1. Ramazonov Asadbek (2010 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)
2. Toshbotirov Sardor (2011 y., NOPSTTM)
3. Xikmatullayev Asad (2011 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)
4. Saidov Aziz (2010 y., Xatirchi sport maktabi)

62 kg vazn toifasi:

1. Ramazonov Kamron (2010 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)
2. G‘ayratov Jaffar (2010 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)
3. Bahriddinov Zohirshox (2010 y., Navbahor 2-sonli sport maktabi)
4. Xasanov Abubakir (2011 y., Xatirchi sport maktabi)

85 kg vazn toifasi:

1. Isaqulov Muxammadjon (2010 y., YKTSM)
2. Kamolov Ulug‘bek (2011 y., NOPSTYM)
3. Quldashov Nurbek (2010 y., Xatirchi sport maktabi)
4. Arziqulov Mamurjon (2010 y., Uchquduq sport maktabi)


🥇Gʻoliblar diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🏆1