🖐 “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi🔺Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini tezlashtirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan musobaqalar Navoiy viloyatida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🔺Musobaqa do‘stona muhitda, yuqori sport kayfiyatida o‘tdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun astoydil harakat qildi va o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
🔸Eslatib o‘tamiz, viloyatda bo‘lib o‘tgan “Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqalarida
3 ming nafarga yaqin fuqarolar qatnashib, adaptiv sportning
10 dan ortiq turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
🏆Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan tadbirda, 13 ta sport turi bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan parasportchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube