NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.56K subscribers
27.7K photos
1.9K videos
191 files
6.63K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Para kanoe bo‘limi sportchilari O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etishdi!

🔺2025-yil 6–8-may kunlari Toshkent viloyatidagi “Tuya bo‘g‘iz” suv omborida para kanoe sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli natijalarga erishdilar.

🥇Oybek Yoʻldoshev KL-2 toifasida 200 metr masofaga bahs olib borib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥉Farrux Sunnatov esa KL-3 toifasida 200 metr masofada musobaqalashib, 3-o‘rinni egalladi.


✔️Quvonarlisi, Oybek Yoʻldoshev ushbu natijasi bilan 2025-yil 12–16-iyun kunlari Tailandda o‘tkaziladigan para kanoe sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉1🏆1
Sog‘lom tananing siri — suvda!

🔺Ko‘pchilik unutadi: kam suv ichish — mushaklarning o‘sishiga, mashq samaradorligiga, hatto kayfiyatga ham salbiy ta’sir qiladi.

💧Katta yoshdagi odam kuniga 2–3 litr suv ichishi kerak.

🔻Sport bilan shug‘ullangan kunda bu miqdor oshadi.

🔺Gazli ichimliklar suvni o‘rnini bosa olmaydi!

Har tongni 1 stakan suv bilan boshlang – bu tanangizga "uyg‘onish" belgisi bo‘ladi.


💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈#Сўровнома_2025

😛😌💛😛😌☺️💛😛😌☺️

📊Бутун Ўзбекистонимизда давом этаётган ижобий ислоҳотлар Навоий вилоятида ҳам кенг қамровли олиб бориляпти. Ҳар бир соҳа ривожига энг малакали мутахассислар ўз беминнат ҳиссасини қўшиб келмоқда. Уларнинг меҳнатини кенг жамоатчиликка, аниқроғи бутун дунёга кўрсатиб бериш эса Медиа соҳаси вакилларининг кундалик ҳаётидир.

27 июнь — Матбуот ва Оммавий ахборот воситалари куни муносабати билан соҳада ўтган йил давомида энг самарали фаолият юритган ходимларни аниқлаш мақсадида жамоатчилик сўровномасини эълон қиламиз.


Ҳурматли вилоятдошлар, сизнингча 2024 йилнинг иккинчи ярим йиллиги ва 2025 йилнинг илк ярим йиллиги мобайнида вилоятимиз ҳудудида ахборот ва медиа фаолият, очиқлик, шаффофлик масалалари бўйича энг фаол бўлган ҳоким, бошқарма, ташкилот ва муассаса, журналист, матбуот котиби ким бўлди? Вилоят билан боғлиқ, ҳудуд ривожи учун фойдали қайси янгилик сизнинг ёдингизда муҳрланди?

📉Марҳамат, танлаш имкониятини сизнинг эътиборингизга ҳавола этамиз.


📊 Энг кўп овоз тўплаган иштирокчилар 27 -июнь — Матбуот ва Оммавий ахборот воситалари кунида тақдирланади.

🔜 ОВОЗ БЕРИШ 🔚

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" mini futbol musobaqasining Navbahor tuman bosqichi finalchilari aniqlandi

🔺Navbahor tumanida mahallalararo yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" mini futbol musobaqasining tuman bosqichi qizgʻin bahslarga boy tarzda davom etmoqda.

🔹Musobaqa doirasida oʻtkazilgan yarim final uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Uchtut MFY 0 – 2 Qiziloy MFY
Halovattepa MFY 1 – 0 Gulbogʻtepa MFY


🔸Shu tariqa, finalda Halovattepa va Qiziloy MFY jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib boradi. 3-oʻrin uchun esa Uchtut va Gulbogʻtepa MFY jamoalari maydonga tushadi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Karmanalik kikbokschilar O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etishdi!

🔺Joriy yilning 6–10-may kunlari Toshkent shahrida kattalar o‘rtasida sportning kikboksing turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

🔺Ushbu musobaqada Karmana tumani sport maktabi jamoasi sportchilari ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishishdi:

🥉Islom Tog‘ayev– 84 kg, kik layt yo‘nalishida 3-o‘rin
🥉Fayoz Ixtiyorov – 81 kg, full contact yo‘nalishida 3-o‘rin
🥈Dilshoda Ergasheva – 56 kg, low kick yo‘nalishida 2-o‘rin
🥇Hayotjon Roʻziqulov– 54 kg, full contact yo‘nalishida 1-o‘rin


🏆Sportchilarimizni chin dildan tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆211
#Tabrik

Bugun Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktor o‘rinbosari Turdiev Jasur Shavkatovichning tavallud ayyomi munosabati bilan Navoiy viloyat sport boshqarmasi tomonidan sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, yurtimiz ravnaqi yo'lida muvaffaqiyatli faoliyat tilaymiz🎉🎉🎉                 

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉51❤‍🔥1🏆1
Futbol to‘plarining rangi doim oq bo‘lmaganini bilarmidingiz?

⚽️Dastlabki futbol to‘plari bugungi zamonaviy shakldan juda farq qilgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ishlatilgan to‘plar jigarrang rangdagi tabiiy teridan yasalgan bo‘lib, og‘ir, suvni o‘ziga shimib oladigan va notekis shaklli bo‘lgan. Yomg‘irli ob-havoda o‘ynash esa futbolchilarga haqiqiy sinov bo‘lgan — og‘ir to‘p bosh bilan zarba berishda jarohatlarga ham olib kelgan.

📺Televizion inqilob to‘p dizaynini o‘zgartirdi. 1950-yillarga kelib, futbol o‘yinlari keng ommaga televideniye orqali namoyish etila boshlandi. Ammo jigarrang to‘plar qora-oq ekranda yomon ko‘rinar, to‘pni ajratish qiyin bo‘lgan. Shuning uchun futbol to‘plarini oq rangda tayyorlash g‘oyasi paydo bo‘ldi.

⚽️Ammo eng katta o‘zgarish 1970-yilgi Jahon chempionatida sodir bo‘ldi. Adidas kompaniyasi tarixda ilk bor “Telstar” nomli qora-oq naqshli futbol to‘pini taqdim etdi. Bu to‘p 32 burchakli bo‘lib, 12 ta qora va 20 ta oq paneldan iborat edi. Dizayn maxsus televizor ekranida to‘pni aniqroq ko‘rsatish uchun ishlab chiqilgan.

✔️Telstar modeli nafaqat televizorlar uchun qulaylik tug‘dirdi, balki futbol to‘plarining eng mashhur klassik ko‘rinishiga aylandi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan ko‘plab to‘plar zamonaviy texnologiyalar bilan tayyorlansa-da, ularning dizaynida shu tarixiy elementlar hamon saqlanib qolgan.

Shunday qilib, futbol to‘pining shakli va rangi — bu faqat o‘yin vositasi emas, balki sport tarixining qiziqarli bo‘lagidir!

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2👍1💯1
Forwarded from Sport vazirligi
Sport vaziri Adkham Ikramov Olimpiya shaharchasidagi qurlish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Bugun Sport vaziri poytaxtimizning Yashnobod tumanida bunyod etilayotgan Olimpiya shaharchasi hududidagi inshootlarning qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, hududda qurilayotgan sport obyektlarida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o‘z vaqtida va sifatli tarzda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🖥Karmana tuman sport maktabida sportning kurash turi boʻyicha mahorat darslari tashkil etilmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM