NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.56K subscribers
27.7K photos
1.89K videos
191 files
6.63K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Tez kunlarda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalariga start beriladi

⚡️ Joriy yilning 12-may sanasidan boshlab olimpiya sport turlari bo‘yicha davlat sport ta’lim muassasalari sportchilari bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullantirish xizmatini ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shahslarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari (15-17 yosh 2008-2010 yillar) o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalariga elektron ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.

🟡 “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari 3 bosqichda (mintaqaviy (tuman-shahar), viloyat hamda Respublika) tizimda o‘tkaziladi.

⚡️ “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport turlari quyidagilar;

🟢 🥊 Boks (ayol, erkak)
🟢 🥋 Taekwondo WT (ayol, erkak)
🟢 🥋 Dzyudo (ayol, erkak)
🟢 🤼‍♂️🤼‍♀️ Erkin kurash, ayollar kurashi (ayol, erkak)
🟢 Yunon rum kurashi (erkak)
🟢 🏃🏻‍➡️🏃🏻‍♀️‍➡️ Yengil atletika (ayol, erkak)
🟢 🏓 Stol tennis (ayol, erkak)
🟢 🏋🏻‍♂️ O‘g‘ir atletika (ayol, erkak)
🟢 🤸🏻‍♀️ Badiiy gimnastika (ayollar)
🟢 🏀 Basketbol 3х3 (ayol, erkak)

🗣 Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili 10-20-dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan “Prezident olimpiyadasi” sport musobaqalarida ishtirok etadi.

🟦 “Prezident olimpiyadasi” sport musobaqalari g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi, shuningdek birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash mrkaziga qabul qilinadi va markazning 1-2-kurs o‘quvchilarining barchasiga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi joriy etiladi.

Musobaqalarda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar tuman va shahar sport maktablarida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" shtablariga murojaat etishlari talab etiladi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🥰1
🔺2025-yil 11–20-aprel kunlari Toshkent shahrida sportning sambo turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo va Okeaniya chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Navoiy yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilari bilan mahorat saboqlari hamda davra suhbatlari tashkil etildi.

🔸Tadbir davomida sportchi yoshlarimiz chempionat sovrindorlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Sovrindorlar esa o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh sportchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilashdi.

✔️Tadbir yakunida esa Sambo assotsiatsiyasi tomonidan sovrindor sportchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qiziltepa tumanida 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ushbu ezgu sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda urush va mehnat faxriylari, yoshlar hamda turli soha vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida faxriylar sharaflandi, ularning mashaqqatli mehnati va mardligi alohida e’tirof etildi.

✔️Tadbirda tuman sport maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan namoyish etilgan sport chiqishlari va jismoniy ko‘riklar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, sportchilar faxriylarga hurmat bajo keltirib, ularning oldida vatanparvarlik va jasorat timsoli sifatida namoyon bo‘ldilar.

🎚️Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida faxriylarimizga nisbatan hurmat, Vatanga sadoqat va yurtga xizmat qilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11👍1
▶️▶️▶️▶️▶️

🔹Ayni vaqtda, Navoiy viloyatida joylashgan "Kimyogar" oʻyingohida  "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻgʻil bolalar oʻrtasida sportning gandbol turi boʻyicha mahalla uyushmasi kubogi musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆21
Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan "Kimyogar" oʻyingohida mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun o‘tkazilayotgan 🤾🏻‍♀️gandbol sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi:

🥇-o'rin - Karmana tumani
🥈-o'rin - Qiziltepa tumani
🥉-o'rin - Navbahor tumani


💼 Navoiy viloyati Sport boshqarmasi axborot  xizmati

🌐Web-Sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM