NAVOISPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
648 subscribers
18.8K photos
990 videos
191 files
4.05K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
⚽️DXX kubogi musobaqasi Navoiy shahrida qizg‘in davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, sport vazirligi, mahallalar uyushmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvatlash maqsadida har yili futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

⚽️ Navbatdagi DXX kubogi musoboqasida Navoiy shahar Yangiobod va  Yoshlik mahallalari o'rtasida birinchi tur o'yinlari o'tkazildi.

🏆Murosasiz kechgan musoboqada 3:1 hisobida  Yangiobod mahallasi Yoshlik mahallasi ustidan g'alabani qo'lga kiritdi.

Telegram|Facebook|Instagram
Ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoning 26-bandida davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi, xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalarini hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish vazifalari belgilangan.

Mazkur Farmonda belgilangan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida soat 7:00 dan 7:30 gacha korxona, tashkilot va davlat organlari ishchi xodimlari o‘rtasida ertalabki badantarbiya mashqlari olib borildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xabar berganimizdek, korxona va tashkilot rahbarlariga yoshlar bilan alohida individual ishlash vazifalari belgilab berildi.

Mazkur topshiriqqa asosan, Navoiy viloyati Sport boshqarmasi boshlig'iga biriktirilgan Nurota tumanidagi 15 nafar yoshlar bilan shaxsan mazkur haftada ham xonadonbay va indvidual ishlandi.

Har bir yoshning vakolat doirasida joyida muammolarini ijobiy hal etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda.

Bu borada Nurota tumanining barcha mahallalardagi "yoshlar yetakchilari" bilan hamkorlik ishlari yo'lga qo'yilganligini aytib o'tish lozim.


Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ortda qolgan hafta davomida sodir bo‘lgan, viloyatimiz futboliga oid tafsilotlar bilan tanishamiz.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube