NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.86K videos
191 files
6.53K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
#DXX_kubogi2023

DXX_KUBOGI_MUSOBAQALARINING UCHQUDUQ_TUMAN_BOSQICHIGA START BERILDI.

Uchquduq tumanidagi Yoshlar o'rtasida sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha "Davlat_xavfsizlik_xizmati_kubogi" tuman bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ramziy ma’nodagi musobaqalarning ochilish marosimida dastlab Uchquduq tuman hokimi Xamroyev Soli Farmonovich so‘zga chiqib, musobaqani ochib berdi.Tadbirda Uchquduq tuman DXX boshlig‘i, tuman sektor rahbarlari va Uchquduq tuman sport maktabi direktori, Yoshlar ishlari agentligi, XTB bo‘limi boshliqlari ham musobaqa ishtirokchilariga zafarlar yor bo‘lishini tilab qoldilar.

telegram| instagram| facebook| youtube|web site
#DXX_kubogi2023

Navoiy shahridagi "Yoshlik" o‘yingohida yoshlar o'rtasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha an’anaviy "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Ramziy ma'nodagi musobaqalarning ochilish marosimida
Dastlab Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Y. Dushanov so'zga chiqib, musobaqani ochiq deb e'lon qildi va ishtirokchilarni tabriklab, bo'lib o'tadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.

Tadbirda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i E.Urunov, shahar hokimi M.Egamqulov,Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i U.Baxromov ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqa Navoiy viloyati hokimligi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

telegram| instagram| facebook| youtube|web site
#DXX_kubogi2023

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Raisi kubogining Nurota tumani bosqichi start berildi.

Nurota tumani sektorlari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisi kubogining sektor bosqichiga start berildi.

Musobaqada tuman hokimi A.Fayziyev, tuman DXX boshligʻi A.Qudratov, sektor rahbarlari,tuman Sport maktabi Yoshlar Agentligi tuman boʻlimi hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

telegram| instagram| facebook| youtube|web site