NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.56K subscribers
27.7K photos
1.89K videos
191 files
6.63K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
📋 Yurtimizda oʻzbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari estafetasi Navoiy viloyatida davom ettiriladi. Bugun OʻFA vakillari, faxriylar, OAV va keng jamoatchilikdan iborat delegatsiya Navoiy viloyatiga yoʻl olmoqda.

Mazkur bayram tadbirlarini OʻFAning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib boring.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 Toshkentdan yoʻlga chiqqan delegatsiya Navoiy viloyatiga yetib keldi. Mehmonlarni Navoiy futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, OAV va keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 Oʻzbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan bayram festivali davom etmoqda. Navoiy viloyatiga yetib kelgan delegatsiya dastlab Alisher Navoiy maydoniga tashrif buyurib, buyuk bobokalonimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍2
📸 Viloyat futboli tarixining yorqdin damlarini xotirlash hamda boʻlgʻusi futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida “Nuroniylar maskani”da uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida futbolimizning olis va yaqin tarixidagi sportchi hamda mutaxassislar, viloyat futboliga xissa qoʻshgan shaxslar eslab oʻtildi. Shuningdek, futbolimiz faxriylari yosh avlod vakillari bilan suhbatlashib, ularga omad tiladilar.

Shundan keyin viloyatda futbolning rivojiga xissa qoʻshgan bir qator faxriylarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oʻzbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida oʻtkazilayotgan futbol festivalidan videolavha

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 Karmana tumanida joylashgan “Yoshlik” oʻyingohida OʻFA hamda Navoiy viloyati faxriylari oʻrtasida futbol uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Qiziqarli oʻtgan uchrashuvda jamoalar harchand urinishmasin, darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.

Festival doirasida, shuningdek, bir qator futbol faxriylari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 Bugun Navoiy viloyatida oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlab yosh oʻgʻil-qizlar oʻrtasidagi bayram festivaliga start berildi. Unda 50dan ortiq bolalar ishtirok etdi. Ular tajribali murrabiylar qoʻl ostida mashgʻulotlar oʻtkazib, koʻngilochar dasturlarda qatnashishdi.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 O‘FA delegatsiyasi va OAV vakillari Navoiy viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. Ushbu akademiya 154 oʻringa moʻljallangan boʻlib, 12 yoshdan boshlab bolalar qabul qilinadi.

Bugungi tashrif davomida futbolimiz afsonalari yosh sportchilar bilan suhbatlashdilar. Boʻlgʻusi futbolchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv yakunida faxriylarimiz yoshlarga maslahatlar berib, ularga kelajakdagi faoliyatlarida omad tiladilar.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 Bugun Navoiy viloyati hokimligida oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, oʻzbek futboli faxriylari, yosh futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Normat Tursunov viloyatda futbol rivoji yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va boʻlajak rejalar bilan oʻrtoqlashdi.

Uchrashuv soʻngida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Quvondiq Sanaqulovga “Oʻzbekiston futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriy hamda mutasaddilarga esdalik sovgʻalari berildi.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍2
📸 Navoiy viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvdan fotolavhalar

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1
📸 Birozdan soʻng “Yoshlik” stadionida Coca-Cola Superligasining 16-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Dinamo” bahsi start oladi.

Uchrashuvdan oldin bir qator futbolimiz faxriylarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, Navoiy futbol akademiyasiga viloyat hokimligining maxsus sovgʻasi — avtobus topshirildi.

#110yil #Navoiy

📲 t.me/FAUzbekistan
👍1