NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.61K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
📋 Bugun 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi.

🔴 "Qizilqum U-16" – "Buxoro U-16" 5:0

Yosh iqtidorli qizlarimiz dastlabki uchrashuvda qoʻshnilari buxorolik tengdoshlari ustidan yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi.

Eslatib oʻtamiz turnirda Ayollar Superligasi va Pro-liganing jami 18 ta klubi ishtirok etmoqda. Turnirning dastlabki ikki bosqichi uy-safar tizimida boʻlib oʻtadi, soʻngra markaziy tarzda oʻtkaziladigan final bosqichiga 10 ta jamoa yoʻl oladi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
👍1
📋 Bugun 2022-yil 24-iyul "Ishonch" yozgi oromgohda dam olayotgan bolalar oʻrtasida Navoiy viloyati futbol assotsiatsiyasi "Yoz oʻtmoqda soz" shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada jami 4 ta jamoa ishtirok etib, dastavval ochilish marosimi oʻtkazildi va soʻng qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Musobaqani tashkil etishdan viloyat futbol assotsiatsiyasining asosiy maqsadi oromgohda dam olayotgan bolalar vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda ular orasida seleksiya ishlarini amalga oshirish edi.

Musobaqa qiziqarli tarzda oʻtib, gʻolib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.

Obuna boʻling 👉 https://t.me/navoiregionfootballassociation
👍1