NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.6K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Xabaringiz bor 18-21-iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu qit'a chempionatida 16 davlatdan 400 nafarga yaqin yosh dzyudochilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun tatamiga chiqadilar. O‘zbekiston terma jamoasi har ikki yosh toifasida to‘liq tarkib bilan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 12-maktab o‘quvchisi Shahobiddin Sharipov shogirdi Laziza Haydarova 40kg vazn toifasida barcha raqiblarni yengib Osiyo chempioni bo‘ldi.
Laziza Haydarovani barcha sport oilasi tabriklab qoladi va kelgusi chempionatlarda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
Joriy yilning 19-iyul kuni Navbahor tumani Sportni rivojlantirish bo'limi, tuman maktabgacha ta'lim boshqarmasi, tuman xalq ta'lim boshqarmai hamda tuman 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o'rtasida velomarafon sport musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada g'olib bo'lgan yosh sportchilar homiylar tomonidan taqdirlandilar.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
МУРОЖААТЛАР ЕЧИМ ТОПМОҚДА

Давлатимиз раҳбари ҳар доим халқни рози қилиш, аҳоли муаммоларини юзакилик билан эмас, тизимли равишда ўрганиш, шу муаммоларни келтириб чиқараётган туб сабабларни аниқлаш ва тезкорлик билан бартараф этиш юзасидан барча давлат органлари ва маҳаллий ҳокимликларга муҳим топшириқлар бериб келмоқда.

Албатта, бу топшириқларни бажаришга ўта масъулият билан ёндошиш, мурожаатчиларга қуруқ ваъда бермасдан, ижрога кучли эътибор қаратиш ҳокимлик мутасаддиларининг биринчи ўриндаги вазифаси бўлмоқда.

Жумладан, Конимех тумани ҳокими Р.Рўзиев томонидан маҳаллалар кесимида ўтказилаётган ҳар ҳафта қабуллар жараёнида аниқланган барча муаммолар тезкорлик билан бартараф этиб келинмоқда.

Шу мақсадда аҳоли томонидан туманнинг "Бирлик" маҳалласи ҳудудида бўш турган жойда болалар ўйингоҳи қуриш бўйича тушган мурожаати тегишли масъуллар билан келишилиб, режалаштириш ишлари олиб борилмоқда.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
Joriy yilning 20-iyul kuni sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining yoz mavsumida yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida "Ma'rifat" bog'ida maktabgacha ta'lim myassasalari ishchi xodimlari o'rtasida sportning shashka-shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
👍1
Joriy yilning 20-iyul kuni Navbahor tumani Sportni rivojlantirish bo‘limi, tuman xalq ta'lim boshqarmasi hamda tuman 1-2-sonli sport maktablari bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta'lim maktablari 2007-2008-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilari o‘rtasida "Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda" shiori ostida futbol musobaqasining Navbahor tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada faxrli I o‘rinni 1-sonli maktab jamoasi, II o‘rinni 6-maktab jamoasi, III o‘rinni 30-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook