NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.57K subscribers
27.6K photos
1.89K videos
191 files
6.6K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Forwarded from YANGI QIZILTEPA
ҒОЛИБЛАР ТАНТАНАЛИ КУТИБ ОЛИНДИ

28 июнь-3 июль кунлари Тошкент шаҳрида кикбоксинг бўйича "Uzbekistan open" 2-очиқ Халқаро турнири ўтказилди. Унда 27 та мамлакатнинг 1700 дан ортиқ 10 ёшдан 40 ёшгача бўлган спортчилари иштирок этишди. Улар орасида Қизилтепа туманининг бир қатор ёшлари ҳам мусобақада муносиб қатнашишди ва ўз йўналишлари ҳамда вазн тоифларида туманимизга бир қатор ғалабалар билан қайтишди.

Хусусан,
Муҳаммадали Нажмиддинов, Назокат Ҳамидуллаева, Самандар Рашидов, Далер Қодиров, Муроджон Негбоев, Эъзоза Раимова, Лола Азаматова 1-ўринни;

Шаҳзода Шуҳратжонова 2-ўринни;

Муҳаммадамин Муродуллаев, Шарофат Иноятова, Моҳларойим Негбоева, Бафо Раҳимов 3-ўринни эгаллаб қайтишди.

Спортчилар ва уларнинг мураббийлари туманимизда муносиб кутиб олинди.
Forwarded from YANGI QIZILTEPA
28 июнь-3 июль кунлари Тошкент шаҳрида кикбоксинг бўйича "Uzbekistan open" 2-очиқ Халқаро турнири ўтказилгани, унда 27 та мамлакатнинг 1700 дан ортиқ 10 ёшдан 40 ёшгача бўлган спортчилари иштирок этишгани, улар орасида Қизилтепа туманининг бир қатор ёшлари ҳам мусобақада муносиб қатнашиб, ўз йўналишлари ҳамда вазн тоифларида туманимизга бир қатор ғалабалар билан қайтишгани ҳақида маълум қилган эдик.

Шунингдек, ушбу мусобақада мураббий Достон Хожамовнинг 8 нафар шогирдлари иштирок этиб, 6 нафари совринли ўринларни эгаллади.

Хусусан, Асилбек Содиқов, Ҳумоюн Нусратуллаев ва Шерзод Комилов 1-ўринни;

Жавоҳир Юсуфжонов 2-ўринни;

Данил Шомуродов ва Жавоҳир Рустамов 3-ўринни эгаллашди.
Joriy yilning 13-iyul kuni Konimex tumani sportni rivojlantirish bo‘limi va Konimex tumani Milliy gvardiya hamkorligida tuman sport maktabida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada ishtirok etib, namunali natija ko‘rsatgan sportchilarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va medallar topshrildi.


Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
Joriy yilning 13-iyun kuni Navbahor tumani Sportni rivojlantirish bo‘limi, Navbahor tumani XTB hamda tuman 2-sonli bolalar sport maktabi hamkorligida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda" shiori ostida 2007-2008-yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook
To‘dako‘lda zamonaviy shaxmat maktabi quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida "Kelgusi yilda To‘dako‘lda dunyo standartlariga javob beradigan xalqaro shaxmat maktabini qurib, foydalanishga topshiramiz. Bu yerda jahonning eng mashhur grossmeysterlari kelib, bolalarimizga shaxmatning sir-asrorlarini o‘rgatadi", deya ta'kidlagan edi.

Bugun O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va boshqa tashkilotlarning mas'ul xodimlari To‘dako‘l sohillarida bo‘lib, ushbu zamonaviy maktab qurilishini boshlash uchun joylarni ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha "Kovorking markazi"da Qiziltepa tumani hokimi U. Fayziev tegishli mas'ullar bilan uchrashdi hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉telegram|instagram|facebook