NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.87K videos
191 files
6.56K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Joriy yilning 5-8-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida 2004-2005-yillarda tug‘ilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi chempionatida 57 kg vazn toifasida Qiziltepa tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchis, Qiziltepa tumani 1-sonli maktab o‘quvchisi ASLONOVA SABINA faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉https://t.me/navoisport
Forwarded from YANGI QIZILTEPA
САБИНА - ЎЗБЕКИСТОН ЧЕМПИОНИ ВА МУДДАТИДАН ОЛДИН ТАЛАБАГА АЙЛАНДИ

Айни кунларда Қорақалпоғистон Республикаси пойтахти Нукус шаҳрида 2004-2005 йилларда туғилган ўсмирлар ва қизлар ўртасида кураш бўйича Ўзбекистон чемпионати мусобақалари ўтказилмоқда.

Унда туман БЎСМ шуғулланувчиси, 1-умумий ўрта таълим мактаби ўқувчиси Сабина Аслонова 1-ўринни эгаллади ва чемпионлик билан бирга муддатидан олдин олий таълим муассасаси талабаси бўлиш имконини қўлга киритди.
Forwarded from Sport vazirligi
“Parlament o‘yinlari” sport musobaqasi va “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovini o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil qilindi

Joriy yil 7-may kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ko‘rik tanlovlar va sport musobaqalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/442

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali
Forwarded from Sport vazirligi
Ayollar kurashi bo‘yicha kichik yoshdagilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlar ma‘lum

Xabar berganimizdek, Navoiy shahri ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi hamda kichik yoshdagi qizlar uchun mamlakat chempionatiga mezbonlik qildi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/455

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali
Forwarded from Sport vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gretsiyada og‘ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempioni bo'lgan Sharofiddin Amriddinov sharafiga yurtimiz madhiyasi yangradi.

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali
👍1
Joriy yilning 10-may kuni Nurota tuman Yoshlar jamg‘armasining shaxmat zalida xalqaro toifadagi sport ustasi, xalqaro toifadagi hakam, yunon-rum kurashi rivojlanishiga hissa qo‘shgan trener, sportchi, uslubchi-metodist, ko‘plab sport ustalarining ustozi SERGEY USMANOVning xotirasiga bag‘ishlab 7 yshdan 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar va kattalar o‘rtasida shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktabi birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. O‘tkazilgan sport musobaqasida bolalar-o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchilari, bolalar-o‘smirlar sport maktabi xodimlari, S.Usmonovning shogirdlari va oila a'zolari ishtirok etishdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉https://t.me/navoisport
👍2
Joriy yilning 10-may kuni (2009-2014) yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida sportning dzyudo turi bo‘yicha marhum utozlar Tohirov Normurod va Muhtorov Sultonlarning yorqin xotirasiga bag‘ishlab Qiziltepa tumani 43-sonli maktabda tuman ochiq turniri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati👉https://t.me/navoisport
Forwarded from OlympicUz
Yengil atletikachilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqalarda 36 ta medal qo‘lga kiritishdi

Turkiyaning Bursa shahrida yengil atletika bo‘yicha “Olimpik Deneme Yarışmaları” va “Nurullah İvak Atmalar Kupası’nda” xalqaro musobaqalari o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, turli yosh toifalarida o‘tgan bahslarda terma jamoamiz vakillari 17 ta oltin, 12 ta kumush va 7 ta bronza, jami 36 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

👉 https://olympic.uz/oz/news/2625

Легкоатлеты Узбекистана достойно выступили на международных стартах в Турции

В турецком городе Бурса на спортивном комплексе Shooters Athletic Track прошли соревнования Olimpik Deneme Yarışmaları (соревнования по Олимпийским испытаниям) и Nurullah İvak Atmalar Kupası’nda (Кубок Нуруллы Ивака по метанию), в которых принимали участие легкоатлеты сборной Узбекистана.

👉 https://olympic.uz/ru/news/2625

olympic.uz I YouTube I Instagram I facebook I

👇👇👇
https://t.me/OlympicUz
Forwarded from Sport vazirligi
Osiyo futboli rahbari O‘zbekistonda!

Bugun, 11-may kuni O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yilning iyun oyida Toshkent va Qarshi shaharlarida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, shuningdek, mamlakatimizda futbolni yana-da rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/474

👉 Sportni rivojlantirish vazirligining telegram kanali