NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.5K photos
1.88K videos
191 files
6.57K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
Навоийлик спортчи Осиё чемпионатида бронза медални қўлга киритди

🇲🇳 Мўғулистон пойтахти Улан-Батор шаҳрида спорт курашлари бўйича катталар ўртасидаги Осиё чемпионати бўлиб ўтмоқда.

Унда -65 кг вазн тоифасида иштирок этган навоийлик спортчи Аббос Раҳмонов асли келиб чиқиши доғистонлик, ҳозирда Баҳрайн шарафини ҳимоя қилаётган Ҳажи Муҳаммад Алига қарши гиламга чиқди. Баҳсда Аббос Раҳмонов рақибини муддатидан аввал (9-0) ҳисобида мағлубиятга учратди ва бронза медалига сазовор бўлди.

🤼 Осиё чемпионати, -65 кг:
🥇Раҳман Амоуадхалили (Эрон);
🥈Бажранг Бажранг (Ҳиндистон);
🥉Аббос Раҳмонов (Ўзбекистон);
🥉Кайки Ямагучи (Япония).

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
👍1
Joriy yilning 6-may kuni Qiziltepa tumanida sportning stol tennisi, yengil atletika, mini-futbol turlari bo‘yicha sektor musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 1-sektor 2-bosqichida mini-futbol sport turi musobaqasida faxrli birinchi o‘rinni "Xumo" MFY jamoasi, yengil atletika sport turi bo‘yicha "Saroy" MFY jamoasi, stol tennis sport turidan ham "Saroy" MFY yoshlari qo‘lga kiritib tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 6-may kuni Nurota tumani Yoshlar jamg‘armasida sportning shaxmat turi bo‘yicha 4-sektor bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. G‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.
Bugun 7-may kuni Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab sportning suzish turi bo‘yicha Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada 100 dan ziyod o‘smir va qizlar ishtirok etdi.
Bugun 7-may kuni Navoiy shahar "Yoshlik" ko‘lida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab sportning baydarka va kanoeda eshgak eshish turi bo‘yicha Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.