NAVOIYSPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)
2.58K subscribers
27.4K photos
1.87K videos
191 files
6.55K links
© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali
Tel: (55) 351 29 91

You tube: http://youtube.com/navoisport
Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz
Facebook: https://facebook.com/navoisport

Murojaat uchun: @navoisport_uz_press
Download Telegram
🇺🇿🤼‍♂️🏆Навоий вилояти эркин кураш бўйича Ўзбекистон кубоги соҳиби!

Икки кун давомида Тошкент вилоятининг Келес шаҳарчасида ўтказилган эркин кураш бўйича Ўзбекистон кубоги якунига етди.

Мусобақада Қашқадарёдан ташқари барча вилоятлар, Тошкент шаҳри ҳамда Қорақалпоғистон Республикасидан 2002-2005 йилларда таваллуд топган жами 300 нафарга яқин курашчилар 10 та вазн тоифасида медаллар учун гиламга чиқишди. Кубокнинг сўнгги куни 61, 70, 79, 92 ва 125 кг вазн тоифаларида ғолиб ҳамда совриндорлар номи маълум бўлди.

Икки кунлик беллашувлар якунида Навоий вилояти курашчилари 2 та олтин, 2 та кумуш, 3 та бронза медали билан умумжамоа ҳисобида биринчи ўринни эгаллашди ва Ўзбекистон Кубоги соҳибларига айланишди.

🥇🥈🥉Иккинчи кунги ғолиб ва совриндорлар:

61 кг вазн тоифаси

1. Сарвар Худойбергенов (СШОР)
2. Нодиршоҳ Ҳикматов (Бухоро)
3. Муҳаммадқодир Қўлдошев (Наманган)
3. Абдулло Камолов (Тошкент вилояти)

70 кг вазн тоифаси

1. Зафар Отахонов (СШОР)
2. Амирбек Дилмуродов (Навоий)
3. Шавкат Ғаниев (Навоий)
3. Акмал Саидов (Бухоро)

79 кг вазн тоифаси

1. Сардор Худоёров (Бухоро)
2. Далер Чўлибоев (СШОР)
3. Шерзод Алламбергенов (Қорақалпоғистон)
3. Асадбек Каримов (Бухоро)

92 кг вазн тоифаси

1. Жонибек Муратов (Қорақалпоғистон)
2. Беҳруз Кадамов (Хоразм)
3. Жаҳонгир Муҳаммадиев (Навоий)
3. Равшан Жумабоев (Сирдарё)

125 кг вазн тоифаси

1. Айназар Базарбаев (Қорақалпоғистон)
2. Аҳмад Хабибов (Навоий)
3. Суннат Ҳамидов (Бухоро)
3. Мурод Мухторов (Навоий)

Изоҳ: СШОР - Миллий гвардия қошидаги Ихтисослаштирилган олимпия захиралари мактаби

Ўзбекистон спорт курашлари ассоциацияси матбуот хизмати

Обуна бўлинг
👉 UzWrestling
👍1
Assalomu alaykum!
Muqaddas oy yakunida tutilgan va barcha ezgu niyatlarga yo‘g‘rilgan ro‘zalar dargohida qabul aylasin.Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo,qalblarimizda hotirjamlik,oilalarimizga baxt-saodat, dasturxonlarimizga to‘kin-sochinlik bo‘lsin. Sportchilarimiz doimo shoxsupaning yuqori marralariga ko‘tarilib yurtimiz dovrug‘ini yuksaltirsinlar. Ramazon hayiti muborak aziz birodarim!😊
Navoiy viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🎉1
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilanchin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/396

Vazirlikning Facebook dagi rasmiy sahifasi
3-may kuni «Bilim uchun 100 million» loyihasining 5-tur savollari @bilimtestbot’da e’lon qilindi. Ishtirokchilar mazkur turning savollarini 9-mayga qadar oʻzlariga qulay soatda kirib ishlashlari mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki 1-, 2-, 3- va 4-tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni 5-turdan ham boshlash mumkin!

Eslatma:
5-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
Forwarded from Sport vazirligi
Jahonda tengsiz bo‘lgan yosh shaxmatchilarimiz tantanali kutib olindi

Bugun tunda jahon chempioni Umida Omonova, shuningdek, Humoyun Bekmuratov hamda Almas Rahmatullayevdan iborat shaxmatchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/418

Vazirlikning Facebook dagi rasmiy sahifasi
Forwarded from Sport vazirligi
O‘zbekistonda UEFA Assistʼning ayollar futbolini rivojlantirishga doir dasturi ishga tushirildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi so‘ngi yillarda UEFA Assist bilan hamkorlikda futbolni rivojlantirish borasida turli yo‘nalishlarda dasturlarni ishga tushirib kelmoqda.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/414

Vazirlikning Facebook dagi rasmiy sahifasi
ЗДРАВСТВУЙТЕ, ДОРОГИЕ ДРУЗЬЯ!

Предлагаем Вашему вниманию очередной номер газеты "Знамя дружбы"!

Читайте и делитесь с друзьями!
Forwarded from Sport vazirligi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi 30 yoshda!

“O‘zbekiston” Xalqaro Forumlar saroyida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/435

Vazirlikning Facebook dagi rasmiy sahifasi
Joriy yilning 6-may kuni Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida sportning badminton turi bo‘yicha 2006, 2007, 2008 va 2010-yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida Navoiy viloyati chempionati start oldi.
Навоийлик спортчи Осиё чемпионатида бронза медални қўлга киритди

🇲🇳 Мўғулистон пойтахти Улан-Батор шаҳрида спорт курашлари бўйича катталар ўртасидаги Осиё чемпионати бўлиб ўтмоқда.

Унда -65 кг вазн тоифасида иштирок этган навоийлик спортчи Аббос Раҳмонов асли келиб чиқиши доғистонлик, ҳозирда Баҳрайн шарафини ҳимоя қилаётган Ҳажи Муҳаммад Алига қарши гиламга чиқди. Баҳсда Аббос Раҳмонов рақибини муддатидан аввал (9-0) ҳисобида мағлубиятга учратди ва бронза медалига сазовор бўлди.

🤼 Осиё чемпионати, -65 кг:
🥇Раҳман Амоуадхалили (Эрон);
🥈Бажранг Бажранг (Ҳиндистон);
🥉Аббос Раҳмонов (Ўзбекистон);
🥉Кайки Ямагучи (Япония).

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
👍1
Joriy yilning 6-may kuni Qiziltepa tumanida sportning stol tennisi, yengil atletika, mini-futbol turlari bo‘yicha sektor musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 1-sektor 2-bosqichida mini-futbol sport turi musobaqasida faxrli birinchi o‘rinni "Xumo" MFY jamoasi, yengil atletika sport turi bo‘yicha "Saroy" MFY jamoasi, stol tennis sport turidan ham "Saroy" MFY yoshlari qo‘lga kiritib tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.